Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы
uchun?», «qanday qilib?», «nimaga yo’q?», «agar…»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i
uchun?», «qanday qilib?», «nimaga yo’q?», «agar…» kabi savollarni berishi
mumkin bo‟lsin. Ekspert tizimlarini loyihalashda uni barcha zarur qismlarini (mantiqiy chiqarish qurilmalari, bilimlar bazasi, bilimlarni olish, tushuntirish va muloqat qismlari) to‟la mustaqil qilib ishlash zarurati yo‟q. «Bo‟sh» ekspert tizimlari sifatida quyidagi bazaviy tizimlardan foydalanish mumkin: All-TX, Expert, Emycin, Exsys, Guru, Zoops, Mycin va boshq. Yuqori malakali mutaxassislar faoliyatini takrorlovchi avtomatlashtirilgan interpretatsiya texnologiyasini ro‟yobga chiqarish umumlashtirilgan hisob - logik 81 yoki taqsimlangan sun‟iy intellekt tizimlari shaklida amalga oshiriladi. Bunday tizimning dasturiy ta‟minoti ikkita qismni o‟z ichiga oladi: - avtomatlashtirilgan interpretatsiyalashning turli hil masalalarini yechish uchun mo‟ljallangan ishlov beruvchi dasturlar intellektual majmualari to‟plami; - ekspert tizimlari yig‟indisi. Intellektual majmualar funktsional dasturlash tamoyillarida yaratiladi. Ma‟lumotlarga ishlov berish jarayonlari bilimlar bazasini yaratadi. Ular hisoblash jarayonini amalga oshirish vaqtida aniq ma‟lumotlarga ishlov berishga qaratilgan, o‟zida yo‟naltirilmagan grafani ifodalovchi, funktsional semantik tarmoq shaklida amalga oshiriladi. Bu degani, aniq masalalarni yechishda ma‟lumotlarga ishlov berish qattiq emas, balki, o‟zi to‟g‟rilanadigan grafalar bo‟yicha bajariladi. Ular avtomatik shakllantiriladi, o‟ta murakkab vaziyatlarda esa mutaxassis qatnashuvida, qo‟yilgan talablar, boshlang‟ich ma‟lumotlar tarkibi va qator tekshiriladigan sturlioitlar hamda cheklashlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Ekspert tizimlari mutaxassis – ekspertlarda mavjud taxlil qilish, umumlashtirish va xulosalarni shakllantirish bo‟yicha shakllangan maxsus bilimlarni va nazariy asoslangan matematik jarayonlarni qo‟llab, bilimlar bazasidan foydalanish asosida, ma‟lumotlari chuqur avtomatlashtirilgan ishlov berish va qarorlarni shakllantirish tamoyillarini ro‟yobga chiqaradi. Yuqorida keltirilgan yondashuvlarga mos tarzda, YTLAT ishini barcha u bilan mantiqiy bog‟langan funktsional tizimlar bilan integratsiyalash, uning ayrim elementlarini kontsetual va fizik loyihalashni amalga oshirish yer tuzishnining ayrim tashkil etuvchilarini avtomalashtirishning oqilona va unifikatsiyalangan modelini yaratish va shuning hisobiga malumotlar ortiqchaligini nafaqat ayrim pastki tizimlarda, balki, butun tizim ichida tugatishga erishish mumkin. Bu esa loyihachilar mehnati unumdorligini va ishlanayotgan loyihalar sifatini keskin oshirish imkonini beradi. Shunday qilib, barcha turdagi yer tuzish ishlari uchun yagona ma‟lumot kengligini yaratish bo‟yicha aniq qadam va avtomatlashtirilgan yer tuzishni 82 loyihalash, xaritalash va Davlat yer kadastrini yuritishni bosqichma - bosqich amalga oshirish uchun poydevor qo‟yiladi. Download 3.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling