Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы


 So’rov-ma’lumot xizmati tizimi


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/84
Sana06.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1752168
TuriУчебное пособие
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

 
5.8. So’rov-ma’lumot xizmati tizimi 
Ushbu tizim (YEZ elementi) tanlangan MBBT imkoniyatlaridan hamda mos
interfeys dasturlaridan foydalanib, ma‟lumotlarni quyidagilar asosida olish
imkoniyatini ta‟minlashga qaratilgan: 
- maxsus ro‟yxatlardan foydalanib, oldindan aniqlangan so‟rovlar; 
- hisobotlar generatorlaridan (to‟plovchilar) foydalanish (yangi hisobot 
jadvallarini shakllantirish uchun); 
- maxsus til vositalaridan (SQL so‟rovlar) foydalanish. 
Nostandartlash yer tuzish so‟rovlarini avtomatlashtirish pastki tizimi maxsus 
yer fondlarini shakllantirish, korxonalarni qayta tashkil etish, yerlarni qayta 
taqsimlash bilan bog‟liq turli xil yer tuzish ishlari hamda tabiatni muhofaza qilish 
choralarini amalga oshirish bo‟yicha boshqarish qarorlarini qabul qilish, yer 
munosabatlarini tartibga solishning yangi huquqiy va iqtisodiy mexanizmini tadbiq 
etish bilan bog‟liq masalalar majmuini o‟z ichiga oladi. Ularga, xususan, yerning 
bahosini aniqlash bo‟yicha, yer solig‟i va ijara haqini toifalash, yerdan oqilona 
foydalanishni iqtisodiy rag‟batlantirish va boshq. masalalar kiradi. 
 
5.9. Ijodiy vazifalarni modellashtirish 
Ijodiy ishlarni (EE elementi) modellashtirish pastki tizimida topqirlik 
kontseptsiyasi to‟la amalga oshiriladi. Ushbu element tizimning turli qanday 
elementi bilan ishlashda, qachonki izlanayotgan yechim berilgan masala uchun 
formallashtirilgan algoritmlardan tashqarida yotsagina foydalaniladi. 
Ekspert tizimlari (ES) - bu nafaqat ma‟lumotlarni, balki, bilimlarni ham 
qayta ishlashni ta‟minlavchi dasturlardir. ES ning asosiy bloki – bilimlar bazasi, 
mantiqiy 
yechimlar 
mexanizmi, 
ma‟lumotlar banki va «inson–EHM» 
interfeyslaridir. Bilimlar turli xil shakllarda, bilimlar bazasida yig‟ilishi mumkin. 


80 
«Agar–unda» ko‟rinishidagi munosabatlar eng ko‟p tarqalgan qoida shakli 
hisoblanadi. Bilimlarni ko‟rsatishning boshqa shakllari – semantik tarmoqlar, 
ro‟yxatlar, predikatli mantiqlardir. Bilimlar bazasidagi xar bir yozuv o‟zida 
ekspertlardan, darsliklardan, foydalanuvchilar uchun ko‟rsatmalardan va boshqa 
manbalardan olingan xususiy ma‟lumotlarni ifodalaydi. 
Ma‟lumotlar banki yechilayotgan muammoning hozirgi holati to‟g‟risidagi
ma‟lumotlarni saqlaydi. U o‟z ichiga boshlang‟ich va ishlab chiqarishdan yangidan 
olingan ma‟lumotlarni, deduktiv zanjirlarni oladi. 
Mantiqiy yechimlar mexanizmi o‟zida qo‟yilgan masalani yechish jarayo-
nida ma‟lumotlar bankini va bilimlar bazasini birlashtiruvchi zvenoni (bo‟limni) 
ifodalaydi. U o‟z ichiga qoidalar, nazorat strategiyalari, xarakat rejalarini inter-
pretatsiyalash ishlarini oladi. Masalani yechish jarayonida bilimlar bazasidagi 
ma‟lumotlar ma‟lumotlar bankidagi mavjud ma‟lumotlar bilan solishtiriladi, 
bunday solishtirish oraliq natijalardan foydalangan holda, ko‟p martalab 
o‟tkaziladi.
Ekspert tizimlarida ikkita tamoyilga katta e‟tibor qaratiladi: 
- qarorni, agar uning bilimi va tajribasi dasturga kiritilgan imkoniyatlaridan 
katta bo‟lsa odam qabul qiladi;
- tizim va foydalanuvchi orasidagi muloqat shunday ko‟rinishi kerakki, 
bunda foydalanuvchi nafaqat tizim savollariga javob berishi, balki o‟zi unga «nima 

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling