Udk 94(4/9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari m.blok va l.fevr tadqiqotlari misolida.
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARIX FANI METODOLOGIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI ( M.BLOK VA L.FEVR TADQIQOTLARI MISOLIDA). 5A110601
- Navoiy 2016-yil
- 1 Bob. Zamonaviy tаrix ta’limining metodologik muammolari
- Tadqiqotning obyekti
- Maqsad va vazifalari.
- Tadqiqotning vazifalari.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili.
1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Magistr akademik ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya Ilmiy rahbar: f.f.d., dots R.Rajabov Navoiy 2016-yil 2
M U N D A R I J A Kirish………………………………………………………………………...…3-15 1 Bob. Zamonaviy tаrix ta’limining metodologik muammolari 1.1. Tarix fani metodologiyasidagi ijobiy o’zgarishlarning tarix ta’limini samaradorligini taminlashdag o’rni ………………………………………...…15-25 1.2. Mustaqillik yillarida tarix ta’limi metodologiyasidagi ijobiy siljishlar. Tarix fani o’qituvchisiga qo’yiladigan metodologik talablar………………………..25-33
2.1. XX asrning birinchi yarmida tarix fanining metodologik muammolari….33-42 2.2. “Annallar” maktabi. Mark Blokning “Таrix apologiyasi yoki tarixchining kasbi” аsarida tarix fani metodologiyasi muammolari………………………...42-54 3 Bob. L.Fevrning ilmiy tadqiqotlarida tarix fanining metodologik muammolari 3.1. Lyusen Fevrning tarixiy metodologik qarashlari…………………………54-70 3.2. L. Fevrning “Tarix uchun janglar” asaridagi asosiy g’oyalar……………71-82 Xulosa…………………………………………………………………………82-85 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………..85
3
KIRISH. Kirib kelgan XXI asr insoniyatning taraqqiyotida yangi yuqori texnologiyalari, axborot texnologiyalari davri bo’lib insoniyat taraqqiyotida tub burilishlarni asosi bo’ladi. Bu yangi davr ta’lim sohasiga ham o’zining ta’sirini o’tkazadi ta’lim tizimi doimiy ravishda jamiyatning talab va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilgan. Hozirgi kunda bizning jamiyatimiz ham bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik taraqqiyot yo’lidan bormoqda bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat yuqori texnologiyalar va axborot texnologiyalariga asoslangan taqdirdagina ko’zlangan natijaga erishadi. Shu sababli hozirgi kunda milliy fanimiz oldida jahon fani yutuqlarini tahlil qilish o’zlashtirish hamda uni jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish dolzarb hisoblanadi. Yangi sharoitda jamiyatda yuz berayotgan, tub siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar tarix fanining sifat o’zgarishlarini talab qiladi O’tgan asrning 90- yillaridan tarix fanida uzoq vaqt hukm surgan metod va metodologiyadan voz kechildi. Hamda bu sohada yangi metod va metodologiyani tadqiq etish amalga oshirish boshlandi. Bizning milliy tarix fanimiz uzoq vaqt jahon tarix fani metodologiyasidan ajralib qoldi.
Hozirgi kunda
globallashuv va
integratsiyalashuv jarayoni jadal borayotgan bir davrda O’zbekiston suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatida dadil qadamlar bilan kirib bormoqda. Zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, jahon fani erishgan yutuqlarni o’zlashtirish mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Biz boshqa fanlar kabi jahon tarix fani erishgan yutuqlarni o’rganishimiz va ulardan tarixiy tadqiqot metodologiyasida, tarixni o’rganishda unumli foydalanishimiz hayotiy zaruriyat bo’lib qoladi. Shu jihatdan qaraganda, tarixning mazmun-mohiyatini tushunish, anglash va tarixiy tafakkurga doir zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish, demak, bugungi kunga kelib insoniyat bosib o’tgan zalvarli yo’l orqali o’tmish va hozirgi paytdagi tarixchi olimlarimiz va faylasuflarimizning xulosalarini hisobga olgan holda ularga yangicha yondashish lozim deb hisoblaymiz. O’tmishda to’plangan 4
boy tarixiy ilmiy merosni o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz I.Karimov takidlaganidek, ”Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o’zida mujassam etgan nodir qo’lyozmalarini jiddiy o’rganish vaqti keldi” 1 . Tarixiy tadqiqotlarni ilmiyligini ta’minlash, uning mazmun-mohiyatini xolisona ochib berish uchun biz nafaqat yurtimiz allomalarining asarlaridan balki, jahon tamaddun sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shgan G’arb faylasuflari, tarixchilari asarlarini tadqiq va tahlil qilish orqali erishishimiz mumkin. Tarix fani metodologik muammolarni chuqur o’rganish zamon talabi.
qo’lga kiritgach, jamiyatning turli sohalarida tub islohotlar, o’zgarishlar davr boshlandi. Boshqa sohalar kabi xalq ta’limi tizimida tarix fanini tadqiqotlari va uni o’qitish jarayonida umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan sivilizatsiya yondashuvida metodologik asoslarga tayanish uchun keng yo’l ochildi. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotini o’rganishda tarix fani ko’zga ko’rinarli va faxrli o’rinni egallaydi. XX asrning 90-yillaridan boshlab jahon tarixi fanida murakkab nazariy-ilmiy muammolar ko’tarila boshlandi. Tarix fani o’zining bashoratchilik funksiyasini bajara olmadi. Mustaqillikning asl mohiyatini teran tushunib, uning qadriga yetishda xalqning ozodlik kurashi tarixi, ushbu maqsadga erishish yo’lida yoshlarni tarbiyalash sohasidagi tajriba va g’oyalarni o’rganish nihoyatda zarurdir. Tarix fani jamiyat taraqqiyotining barcha tomonini, xususan, iqtisodiy tarixini, ijtimoiy- siyosiy tuzilishi-tarixini, davlat qurilish tarixini, ichki va tashqi hamda xalqaro miqyosdagi siyosatini, milliy va millatlararo munosabatlarni, madaniyatini tadqiqotlar asosida o’rganadi. Tarix fani metodologiyasi esa tarixiy bilim va falsafiy-tarixiy tafakkurning uzoq rivojlanishi natijasida aniq tarixiy tadqiqotning nazariy asosi sifatida shakllandi. Milliy tarix fani jahon tarixi fanining tarkibiy qismi bo’ladi. Milliy tarix fani rivojlanishi uchun jahon tarixi fani
1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q T.:, O’zbekiston, 1998-y. 133 b. 5
metodologiyasining erishgan yutuqlaridan unumli foydalanish lozim. Jahon tarixi fani metodologiyasi juda katta nazariy-ilmiy zaxiraga ega.
“Tarixga munosabat o’zgarayotganligi va tobora jiddiy tus olayotganligi ijobiy hodisa. Biroq hamon shoshma-shosharlik, masalaga yuzaki yondashish, har tomonlama puxta o’rganmasdan xulosalar chiqarish illatlari bizni tark etgani yo’q” 2
Ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan tarix fani va uning metodologiyasini amalga tadbiq etilishi mohiyat mazmunini tubdan o’zgartirish tomon yo’l tutilishi milliy tarix fanimiz bugungi va ertangi kuni uchun mustahkam poydevor vazifasini o’taydigan metod va metodologiyani shakllantirishni boshlab berdi. Har qanday fanning rivojlanishi uning metodi va metodolgiyasining mukammalligi asosida bo’ladi, tarix fanining bu sohadagi taraqqiyoti juda sekinlik bilan rivojlanishida ko’rishimiz mumkin. Hozirgi kunda tarix metodologiyasi bo’yicha to’plangan boy tajribani o’zlashtirib tarixiy tadqiqotlarda foydalanish tadqiqotning ilmiyligi, tarixiyligi va samaradorligini ta’minlaydi.
Aniq tarixiy voqealar va jarayonlarni o`rganish hamda daliliy ashyolarning to`planishi, turli metodologik qarashlarni qo`yish va tahlil qilish uchun zamin yaratib bermoqda. Hozirgi kunda milliy tarix fani uchun jahon tarix fanida mavjud bo’lgan turli ta’limot, konsepsiya va maktablarning boy nazariy bilimlarini tadqiq qilish zaruriyati mavjud. Shu bilan birga bizning fikrimizcha milliy tarix fanimizning tarix metodologiyasi bo’yicha bir necha yuz yillar davomida to’plangan ilmiy merosni tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Fransuz annallar maktabi ta’siri ostida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, tarix falsafasining yangi maktablari, oqimlari, jumladan, tarix falsafasining qator g’oyalari ilgari surildi. Bugungi kunda tarix fani metodologiyasini yangilanish ehtiyoji kuchaydi, shuningdek mavjud bo’lgan metodologik muammolar ustida ishlash tarix fanining keyingi taraqqiyotiga qulay shart-sharoit yaratdi.
2 Jo’rayev N. Tarix falsafasi. T.:, ”Ma’naviyat” 1999-y 29-b. 6
Tadqiqotning obyekti: XX asrning birinchi yarmidagi tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolarini o’rganishda Mark Blok va Lyusen Fevr ilgari surgan metodologik g’oyalar tashkil etadi.
Mark Blok va Lyusen Fevrning tarix metodologiyasi bo’yicha ilmiy tadqiqotlarini mazmun mohiyatini tadqiq qilish.
metodologik muammolar yuzaga keldi. Tarix fanining taniqli namoyondalari bu muammolarga javob topishga harakat qildilar. Ushbu dissertatsiya ishida ana shunday tadqiqotchilardan tarix fani metodologiyasining taniqli vakillari M.Blok va L.Fevrlarninig tarix metodologiyasi faniga qo’shgan ilmiy merosini o’rganish ko’zda tutiladi. Bu olimlarning ilmiy merosi asosida zamonaviy tаrix ta’limining metodologik muammolari: XX аsrning birinchi yarmida tarix fanida kechgan jarayonlar tarix fani va metodologiyasida yangi o’zgarishlarni ilmiy tadqiq etiladi. XX asrning 20-30 yillarida tarix metodologiyasi va metodi muammolarini L.Fevr va M.Blok ilmiy faoliyatini metodologik muammolar yechimi nuqtayi- nazaridan o’rganish muhim hisoblanadi. XX asrning boshlarida tarix fanining rivojlanish tarixida L.Fevr va M.Bloklarning tutgan o’rnini aniqlash muhim ekanligini hisobga oladigan bo’lsak, bu allomalarning ilmiy me’rosini har tomonlama chuqur o’rganishni talab etadi. ,,Annallar” jurnali tarix fanining metodologik muammollarini yechim usullarini tadqiq qilishni amalga oshirish dolzarb muammo ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda tarix fani metodologiyasini dolzarb muammolarini o’rganish hayotiy ehtiyoj bo’ladi, tarixni o’rganishda umum e’tirof etgan jahon tarixi fanidagi muammolarini o’rganishni taqazo etadi. Magistrlik dissertatsiyasi ishining maqsadi – XX asr boshlarida yuzaga kelgan tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolarini Mark Blok va Lyusen Fevr asarlari misolida tahlil va tadqiq etish, shuningdek hozirgi kunda tarixiy 7
tadqiqotlar metodologiyasi va tarix o’qitish metodologiyasi yo’nalishida jahon tarix fanida e’tirof etilgan mumtoz asarlarni atroflicha tahlil qilish va o’zlashtirish bo’yicha xulosa va metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
ilmiy-tadqiq etish vazifalari qo’yildi. - XX asrning birinchi yarmida tarix metodologiyasi va metodi muammolari. - XX asr oxiri - XXI asr boshlarida milliy tarix fani metodologiyasidagi ijobiy siljishlar. - Tarix fani metodologiyasidagi ijobiy o’zgarishlarning tarix ta’limini samaradorligidagi o’rni va ahamiyati. Tarix fani o’qituvchisiga qo’yiladigan metodologik talablar. - Mark Blokning “Таrix apologiyasi yoki tarixchining kasbi” аsarida tarix fani metodologiyasi muammolari. - Lyusen Fevrning tarixiy metodologik qarashlari. - L. Fevrning “Tarix uchun janglar” asaridagi asosiy g’oyalar.
muammolarining mazmun-mohiyati M.Blok va L. Fevr tadqiqotlari asosida tahlil qilish muammolarni aniqlashtirishga yordam beradi. XX asrda tarix fani metodologiyasida muhim o’rin egallagan fransuz olimlari M.Blok va L.Fevrning ilmiy merosi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilindi. M.Blok va L.Fevr o’z vaqtida tarix fanida vujudga kelgan metodologik muammolarni ilmiy tahlil qilib, tarix fanini tushkunlikdan chiqish yo’llarini ko’rsatib berdilar ular oddiy o’tmish odamlarining hayotini tadqiq etish tarixning asosiy muammolaridan biri ekanligi g’oyasini ilgari surdi. Metodologiyada mavjud bo’lgan tarixiy vaqt muammosi M.Blok tomonidan atroflicha tahlil qilindi. Dissertatsiyada XX asrning birinchi yarmida tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari M.Blok va Lyusen Fevr tadqiqotlari misolida metodologik tadqiqot obyekti sifatida tahlil etiladi.
8
Dissertatsiyada qo’yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar jarayonida asosan quydagi ilmiy yangiliklarni olishga erishiladi. XX asrning boshlaridagi tarix fani va tarix metodologiyasi tushkunlik jarayonlari va ularni bartaraf etish yo’llari, bu tushkunlik holatini tugatishda fransuz tarix metodologiyasining taniqli vakillari M.Blok va L.Fevrning ilmiy faoliyatining ayrim lahzalari tadqiq etildi. Ularning tarix metodologiyasini rivojlantirish bo’yicha asosiy g’oyalari ilmiy tahlil qilindi. Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili. Tanlangan mavzu doirasida olib borilgan tadqiqotlarning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda, tadqiqot mavzusi doirasida juda ko’plab ishlar qilingan bo’lib, ularni davr nuqtayi-nazaridan tadqiq qilishni taqazo etadi. Tarixan dastlab metodologiyaning muammolari bilan shug’ullangan faylasuf va olimlarni aytadigan bo’lsak, bular antik davr faylasuflari Suqrot, Aflotun, o’rta asrlarda F.Bekon, yangi davrda R.Dekart, G.Gegel, L.Gusserl shug’ullangan bo’lsa, XX asrdan boshlab tarix fanining metodologik muammolarini o’rganish G’arb olimlarining tadqiqotlarida kuchayganligini ko’rishimiz mumkin. XIX asrda statistik tadqiqotlarning yuzaga kelishi natijasida iqtisodiy tarixga qiziqish paydo bo’ldi.Shuningdek bu vaqtda madaniyat tarixiga ham e’tibor qaratila boshlandi. Qadimgi san’at va madaniy hayot tarixi va ijtimoiy hayot sohasida bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilib, adabiyotlar nashr qilindi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng “Annallar maktabi” ta’sirida “yangi tarix fani”, ya’ni tarixni o’rganishda antropologik yondashuv paydo bo’ldi. Endi tarixiy tadqiqotlarning diqqat markazida inson va uning faoliyati hamda ijtimoiy va madaniy mansubligi masalalari ko’rila boshlandi. Tarixiy antropologiya, tarixiy psixologiya, tarixiy sotsiologiya, demografiya, urbanizatsiya sohalari shakllandi, ayollar tarixini o’rganish, mahalliy yoki alohida tarixiy jarayonlarni o’rganish boshlandi. Shu vaqtlarda u yoki bu voqealarning bevosita ishtirokchilari bo’lgan insonlar xotirasiga asoslangan “og’zaki tarix” sohasi ham taraqqiy eta boshladi. Ayrim tarixchilar hatto ehtiyoj yo’qolishi natijasida tarix predmetining ham yo’qolib borishi haqida fikr bildira boshlagan bo’lsalar, ayrim tarixchilar
9
(E.Xobsboum) aksincha, ijtimoiy tarix asosida va ijtimoiy psixologiyaga, ya’ni fikrlash tizimi, xulqlar stereotiplari va odamlarning hayot tarziga alohida e’tibor qaratgan holda yaxlit tarix fani predmetini shakllantirish zarur, deb hisobladi. M.Blok va L. Fevrning ilmiy merosi tarixchi olimlar tomonidan atroflicha tadqiq qilingan va hozirgi kunda ham ilmiy tadqiq ishlari amalga oshirilmoqda ularni ijodi bo’yicha qator doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari tarix fani, uning yo’nalishlari hamda tarix falsafasi nuqtayi nazaridan keng qamrovli tadqiqot o’byekti hisoblanadi. Tarix fanida M. Blok va L.Fevrni faoliyatini atroflicha metodologik tadqiq qilindi. XX asr davomida ushbu ikki olimning metodologik me’rosini ilmiy nazariy tahlil va tadqiq qilishda qator monografiyalar, dissertatsiyalar hamda ilmiy maqolalar mavjud. Jumladan ushbu yo’nalishda rus tadqiqotchilaridan bir necha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini ko’rsatish mumkin: Т рубникова Н.В. « Историческое движение «Анналов». Институциональные основы: Традиции и новации»,
Ходонов А.С. «Теоретико-методологические взгляды Марка Блока»,
Шмаков В.С. "Методологические проблемы социального познания в философии истории",
Заклинский П. А. «Историческое время и историческая память» , Шкурат П. А. "Интерпретация научного наследия школы "Анналов" в отечественной историографии", Максимов С.Н. «Концепция «серийной» истории в трудах французского историка П. Шоню» 3 , Trubnikova N.V. o’z doktorlik
3 Qarang.
Т рубникова Н.В. « Историческое движение «анналов». Институциональные основы: Традиции и новации». Автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора исторических наук Томск-2007. Ходонов А.С. Теоретико-методологические взгляды Марка Блока. Автореф. дис. …канд. ист. наук. - Томск, 1985. Шмаков В.С. "Методологические проблемы социального познания в философии истории".
Автореф. дис. …канд. ист. наук. –Новосибирск 2000. Заклинский П. А. «Историческое время и историческая память». Автореф. дис. …канд. ист. наук. - Москва -1999. Шкурат П. А. "Интерпретация научного наследия школы "Анналов" в отечественной историографии". Автореф. дис. …канд. ист. наук. - Ярославль – 2005. Максимов С.Н. «Концепция «серийной» истории в трудах французского историка П. Шоню» Автореф. дис. …канд. ист. наук. - М., 1997;
10
dissertatsiyasida “Annallar” maktabining konsepsiya asoslarini tanqidi , XX asrning so’nggi o’n yilligida Annallar maktabidagi metodologik o’zgarishlar hamda annallar maktabi faoliyati misolida tarix fanining ilmiy muammolari tahlil qilinadi. Dissertant annallar maktabining ilmiy-nazariy tadqiqot yo’nalishlarini 70- yillardan ushbu maktab ta’siri ostida tarix fanida ijtimoiy-tarixiy psixologiya muammosini tadqiq qiladi. Shukrat P. A. o’zining nomzodlik dissertatsiyasida “Annallar” maktabi ilmiy me’rosini rus tarixshunosligida interpretatsiyasini ilmiy tahlil qiladi. Rus tarixshunosligida annallar maktabining ilmiy merosini qabul qilinishi, rus tarixshunosligida annallar maktabining interpretatsiyasining asosiy bosqichlarini tavsiflash vazifa qilib qo’yiladi. Shu bilan birga keyingi 20-yildagi jamiyatdagi va tarix fanidagi o’zgarishlar asosida Annallar maktabining tahlili va mummolardagi o’zgarishlar tahlil qilinadi. Xodonov A.S o’zining nomzodlik dissertatsiyasida M.Blokning nazariy metodologik qarashlarini marksistik nuqtayi- nazardan tahlil qiladi, komporotiv va retrospektiv yondashuv aniqlashtiradi. Mark Blok va Lyusen Fevrning ilmiy tadqiqotlari tarix metodologiyasi mutaxassislari tomonidan atroflicha ilmiy nazariy tahlil qilindi. Bu olimlarning metodologik konsepsiyalari asosida ilmiy tadqiqotlarni olib borishda qayta tanqidiy fikrlash yangi ananalar paydo bo’ldi. Fransiyaning o’zida qator tarixchilar fransuz tarix fanini taraqqiyoti bosqichlari Mark Blok va Lyusen Fevr atrofida tahlil qilib bu tahlilni XX asrning 90-yillarning ikkinchi yarmigacha olib bordilar. Nemis tarix maktabi annallar maktabi g’oyalari asosida o’z tarixiy tadqiqotlarini amalga oshirdi. XX asr tarix metodologiyasini o’rganishda L.Fevr va M.Blok faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, Гуревич А.Я. «О кризисе современной исторической науки», А.Гуревич «Марк Блок и «Апология истории», «Уроки Люсьена Февра. В кн: Люсьен Февр. Бои за историю», Ковальченко И.Д. «Теоретико-методологические проблемы исторических исследований. Заметки и размышления о новых подходах»,
11
Савельева И.М., Полетаев А.В. «История и время. В поисках утраченного», Могильницкий Б. Г. История на переломе: некоторые тенденции развития современной исторической мысли», Лубский А.В. «Альтернативные модели исторического исследования», Топольский Е. «Методология истории», Дьяков В. А. «Споры о месте истории в системе наук», Ясперс К. «Смысл и назначение истории», Конрад Н. «О смысли истории: Запад и восток», Иванов Г. М., Коршунов А. М., Перов Ю. В. «Методологические проблемы исторического познания», Лаптева М. П. «Теория и методология истории: курс лекций», Aymard M. «The Annales and French historiography (1929- 1972)», Manuel F.E. «The Use and Abuse of Psychology in History» , Burke P. «The French historical revolution: the Annales school, 1929-1989» 4 , Mustaqillikning birinchi kunlaridan milliy tarix fani metodologiyasi bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston olimlari tarx metodologiyasi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Jumladan M.Tojiboyev, Z. Ilhomov “O’zbekiston tarixini o’qitish metodologiyasi”, N. Jo’rayev “Tarix falsafasining nazariy asoslari” asari va R.Rajabovning “Tarix fanining metodologik asoslari” 5
o’quv darsligi chop etildi. Keyingi 20-yil ichida tarixiy tadqiqot metodologiyasi bo’yicha davriy matbuotda uning bazi bir muammolari bo’yicha ilmiy maqolalar
4 Qarang . Гуревич А.Я. О кризисе современной исторической науки // Вопросы истории. – 1991. Гуревич А. Марк Блок и «Апология истории». РГГУ. Проверено 23 апреля 2010. Архивировано из первоисточника 20 августа 2011. А.Я. Гуревич. Уроки Люсьена Февра. В кн: Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 532. Ковальченко И.Д. Теоретико-методологические проблемы исторических исследований. Заметки и размышления о новых подходах // Новая и новейшая история. - 1995. Савельева И.М., Полетаев А.В. История и время. В поисках утраченного. – М., 1997; Могильницкий C. Г. История на переломе: некоторые тенденции развития современной исторической мысли // Междисциплинарный синтез в истории и социальные теории: теория, историография и практика конкретных исследований. – М., 2004. Лубский А.В. Альтернативные модели исторического исследования. – М., 2005; Топольский Е. Методология истории. – Варшава, 1968. Дьяков В. А. Споры о месте истории в системе наук // Дьяков В. А. Методология истории в прошлом и настоящем. М., 1974. Ясперс К. Смысл и назначение истории. М., 1991. Конрад Н. О смысли истории: Запад и восток. – М.: 1972. Иванов Г. М., Коршунов А. М., Перов Ю. В. Методологические проблемы исторического познания. М., 1998 Лаптева М. П. Теория и методология истории: курс лекций / М. П. Лаптева; Перм. гос. ун-т. — Пермь, 2006. — 254. Aymard M. «The Annales and French historiography (1929-1972)» // Journal fo European Economic History. - 1972. - № I. - Р. 491-511; Chartier R. et Revel J. Lucien Febvre et les Sciences Sociales // Historiens et géographes. – 1979. - № 272. - Р.427-442. Manuel F.E. The Use and Abuse of Psychology in History // Daedalus. – 1971. – № C. - Р. 187-213.
5 Toshpo’latov T.G’afforov Ya. Tarix o’qitish metodikasi.-T.: Unversitet,2002.Tojiboyev M. Ilhomov Z.O’zbekiston tarixini o’qitish metodologiyasi.-T.:2003. Rajabov R. Tarix fanining metodologik asoslari.-T.: Istiqlol, 2013. 12
paydo bo’ldi. Bu maqolalar aynan tarix metodologiyasiga bag’ishlanmagan bo’lsada metodologiyaning ayrim masalalari to’g’risida qisman aytib o’tiladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling