Udk 94(4/9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana24.11.2020
Hajmi0.86 Mb.
#151197
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari m.blok va l.fevr tadqiqotlari misolida.


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

53

 

 



3 BOB. L.FEVRNING ILMIY TADQIQOTLARIDA TARIX FANINING 

METODOLOGIK MUAMMOLARI 

3.1. L. Fevrning tarixiy metodologik qarashlari. 

 

L. Fevr  XX asrning metodologik olimlaridan biri. U kishining metodologik 



tadqiqotlari  XX  asr  tarix  metodologiyasining  eng  dolzarb  muammolarini  qamrab 

olgan. U tarix va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlari foydalanadigan  “sivilizatsiya” 

iborasiga  keng  qamrovli  tushuncha  beradi.  Bu  ibora  bir  so’zdan  boshlanib  uning 

butun  bir  g’oyalar  guruhi  sifatida  evolyutsiyasini  ko’rsatadi.  Lyusen  Febr    Mark 

Blok  bilan    hamkorlikda  1929-yilda  Fransiyada    mashhur  bo’lgan    ,,Annal’’  deb 

nomlangan    jurnal  asoschilaridan  biri  edi.  Ular        Annallar    maktabi        asoschisi.  

Lyusen  Febr  1878-yilda 22-iyulda Fransiyaning Nansi shahrida tug’ilib, 1956-yil 

11-sentabrda  Sent-Amur    shahrida  vafot  etgan.  Lyusen  Febr  –  Strasburg 

uneversititida,  De  Frans  kollejida  o’z  faoliyatini  olib  borgan,  ya’ni  tarixiy 

voqealarini  o’rganish bilan shug’ullangan.     

Asarning  boshlanishida  yozuvchi  maqolasida      Lyusen  Febr  o’z  fikrini 

bayon  qiligan.  U  ,,Tarix  men  uchun  bir  shunchaki  qiziqish  edi

41

“  -deb  yozadi. 



Lyusen  Febr  o’z  asarida  ko’plab  mashhur  kishilar  haqida  o’z  fikrini  yozib 

qoldiradi.  O’tmish  tarix  sarhadlarida  qo’shgan  hissalari,  kimlar    uni  tarix  deb 

atalmish  go’zal  dunyoga  olib  kelgani    sayohatda  o’z  hissalarini  qo’shgani,  1895-

1902-yillar oralig’idagi ma’lum va mashhur voqealar haqida maqolalar yozadi.    

U  o’zi  haqida  shunday  deya  fikr  bildiradi:  “Men  o’zimning  dunyoyimda 

yolg’izman, lekin men harakat qildim, vaziyatdan kelib chiqqan holatda men asrlar 

davomida  qilingan  ishlarga  nazar  tashladim  ,  ularni  birinchi  marta  o’rganayotgan 

paytlarim xuddi ular menga hayotimga raxna  soluvchidek tuyulardi.  Bu maqolalar 

mening  yuragimdagi  qog’ozlar  hisoblanadi.  Men  ko’plab  maqolalar  yozdim. 

Bulardan  hayotimda  o’chmas  iz  qoldirgan    ,,Annani  “  maqolasi  edi.  Men  buni 

                                                             

41

 Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 57. 



 

54

 

 



1929-yil  Anri  Kerinna    ko’magida    dunyo  yuziga  olib  chiqdim.    Anri  Prenna 

mehnatlari  tufayli  1910-yilda    ,,Nederlandiya    demokratik  ko’rinishlari’’, 

Flamiona,  ,,Belgiya  tarixi’’  asarlarini  yozishda  Lyusen  Fevrning    asaridan 

foydalanilgan.  Bundan  tashqari  1914-yilda  chiqqan  ,,Sotsial  kapitalizm  tarixiy 

tarjimasi’’,  1922-yil  ,,Magomet  va  Buyuk  Karl’’,  1923-yil  ,,Merovinglar  va 

Karolinglar’’, ,,O’rta asrlar shahari’’-1927-yil  javohir asarlardan biridir. Fransiya 

va  Ispaniya,  Fransiya  va  Reyn  viloyati  ,  Fransiya  va  Angliya,  Fransiya  va  Italiya, 

hamda  Fransiya  va  Italiya  –  kabi  hududlar  o’rtasidagi  munosabatlar  o’z  aksini 

topgan.  Lyusen  Fevr  o’z  asarida  Sezarning  asarlaridan  ,  Reyn  hukmdorlaridan, 

,,Galliya  va  Germaniya  urushlari’’  asarlaridan  ham  foydalangan.    Barcha 

tarixchilar tarixning kelib chiqish shaklini, uning bosib o’tgan yo’lini tahlil qilishar 

ekan,  uning  qadimgi  davri  xastalik,  og’riqli  tarix  ekanligini  aytib  o’tishadi.  Olim 

boshida atamalarga etibor qaratdi.  

“…….madaniyatning  leksikasida  qator  atamalarni  sanash  mumkin,  qaysiki 

ularni  erudit  olim  emas  balki  tarixchi  –  bu  so’zlarni  to’la  ma’nosida  tarixchi 

o’rganishi  lozim”

42

.    Chunki  bu  atamalar  o’tmish  tarixini  o’zida  aks  ettiradi, 



tarixchi bu atamalarni o’rganish uchun yetarli darajada ilmiy saviyaga ega bo’lish 

lozim.  Bir  atama  bir-biriga  qarama-qarshi  ikki  xil  ma’nodagi  tushunchalarni 

ifodalashda  foydalanishga  salbiy  qaraydi.  Yevropaliklardan  farq  qiladigan 

boshqacha  turmush  tarzida  yashaydigan  xalqlar  (misol  uchun  Amerika 

aborigenlari, xunnlar, yovvoyilar) deb hisoblangani, xunnlar sivilizatsiya qamchisi, 

Amerika  aborigenlari  yovvoyilar,  davriy  matbuot  sivilizatsiyaning  yutuqlari, 

erishgan yutuqlari to’g’risida so’zlaydi.   

XVI asr  oralig’idagi Fransiya voqealarining qay tariqa  borishini o’rganib, 

o’z  izlanishlarini    yozib  qoldirgan  shaxs.    Bundan  tashqari  1914-yilda  chiqqan 

,,Sotsial kapitalizm tarixiy tarjimasi’’, 1922-yil ,,Magomet va Buyuk Karl’’, 1923-

yil  ,,Merovinglar  va  Karolinglar’’,  ,,O’rta  asrlar  shahri’’-1927-yil    javohir 

                                                             

42

 Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 239. 



55

 

 



asarlardan biridir”

43

.  Fransiya  va  Ispaniya,  Fransiya  va  Reyn  viloyati  va  Fransiya 



va Angliya, Fransiya va Italiya – kabi hududlar o’rtasidagi munosabatlar o’z aksini 

topgan.  Lyusen  Fevr  o’z  asarida  Sezarning  asarlaridan  ,  ,,Galliya  va  Germaniya 

urushlari’’ asarlaridan ham foydalangan.  Barcha tarixchilar tarixning kelib chiqish 

shaklini,  uning  bosib  o’tgan  yo’lini  tahlil  qilishar  ekan,  uning  qadimgi  davri 

xastalik,og’riqli tarix ekanligini aytib o’tishadi.  

L.Fevr  o’sha  davrda  tarixiy  tadqiqotlarni  amalga  oshirishda  turli  fan 

olimlarini  hamkorlikka  chaqirdi.  Chunki  tarixiy  tadqiqotlarda  haqiqatni  ochishda 

faqatgina birgina tarixchi-tadqiqotchining kuchi yetmaydi. XX asrga kelib fanlarda 

juda katta manballar, dalillar to’plandi.  Ularni qayta ishlash tahlil qilish va fanlar 

kesimida  amaliyotga  kiritish  dolzarb  muammo  bo’lib  qoldi.  Olim  geografiya, 

matematika mutaxassislarini  tarixchilar bilan hamkorlikka chaqirdi. Bu fanlarning 

juda qimmatli  yutuqlarini tarixiy  tadqiqotlarga olib kirish muhim o’rin egallashini 

tushuntirdi.   

L.Fevr  XX  asr  tarixchisi  qanchalik  darajada  bilim,  tarixiy  tafakkurga  ega 

bo’lmasin  tarixiy  tadqiqotlarda  o’tmish  tarixini  qandaydir  bir  lahzasinigina  yorita 

olish  mumkinligi,  chunki  u  shu  lahzani  ham  qamrab  olish  qobiliyatiga  ega 

emasligini  ta’kidladi.  Bunday  xulosaga  kelishning  ikkita  sababi  bor:  birinchisi, 

o’tmish  tarixini  hech  qachon  qayta  tiklash  mumkin  emas,  chunki  o’tmishga  vaqt 

bo’yicha qayta tiklab bo’lmaydi.  U o’tib ketdi. Ikkinchidan, o’tmish to’g’risidagi 

malumotlar  xilma-xil  va  turli  fan  sohalari  bo’yicha  to’planib  qoldi.  Ularni 

mutaxassis qayta ishlash qobiliyatiga ega emas. 

Olim tarix fanining tadqiqot  maqsad va vazifalari to’g’risida atroflicha ilmiy 

tushuncha berdi. “Tarixiy tadqiqot bu so’zning keng ma’nosida begona xalqlarning 

davrlari  va  yurish-turishlarining  ruhiy  tahlilining  barcha  turlarini  o’z  ichiga  olgan 

tushuncha  bo’lib,  alohida  kishi  uchun  kundaliklar,  tarjimayi  hollar  va  tavba-

tazarrular  qanday  ahamiyatli  bo’lsa,  shunday  ahamiyatli  bo’ladi.  Lekin,  antik 

                                                             

43

 



Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 45

 

 



56

 

 



madaniyat  o’ziga  xos    ma’noda  tarixiy  organdan  mahrum  edi”

44

.    Lyusen  Fevr 



Osvald  Shpenglerni  tarixiy  tadqiqotga  bergan  tushunchasiga  ishonchsizlik  bilan 

qaraydi.  U  bilan  munozaraga  kirishadi.    “Antik  odamning  xotirasi  bizning  ruhiy 

qurilishimizdan  o’zlashtirilgan  tushunchani  hech  qanday  qo’shimchasiz  begona 

ruhga berkitamiz biznikidan keskin farq qiladi; bu yerda o’tmish va sof  “hozirgi 

zamon”  tartibga  solingan  istiqbol  sifatida  kelajak  bo’lmaydi.  Bu  Gyotening  antik 

hayotning  barcha  ko’rnishlarida  bizga  qandaydir  ko’rinmas  kuch  bilan  ongni 

to’ldiradigan plastinada tez-tez ajablantirdi.  

Gerodot  va  Sofokl  uchun  shuningdek,  Femistokl  uchun  va  har  qanday  Rim 

konsuli  uchun  o’tmish  bir  lahzada  vaqtdan  tashqari  yotgan  davriy  tuzilma  emas 

tabiiy  tassurotga  aylanadi.  Sug’orilgan  mif  yaratuvchanlikning  haqiqiy  mazmuni 

shunday.  Shu  bilan  birga  bizning  dunyoqarshimiz  va  o’tmishga  ichki  qarash 

organlarimiz  yuz  yilliklar  va  ming  yilliklarga  maqsadli  yo’naltirilgan  davrlarga 

aniq bo’lingan holda aks etadi. Biroq bu qarash antik va g’arb hayotiga ularga xos 

salobat  bag’ishlaydi.  Yunon  kosmos  deb  shakllanadigan  emas,  mavjud  dunyo 

obrazini  aytdi,  natijada  yunon  hech  qachon  shakllanmagan,  lekin  doim  bo’lgan 

edi”


45

. Olim Shpenglerni bu fikriga qarshi  chiqib antik  tarixni Yevropa jamiyatini 

poydevori deb hisoblaydi va uning fikriga qo’shilmaydi.  

“Shu  sababli  antik  odam  ichki  biror  narsani  o’zlashtirmadi.    Xronologiya, 

kalendar  va  abadiylikning  uzluksizligi  tuyg’usi  hozirda  hech  nimaga  arzimasligi 

misrlik  va  bobilliklarda  aks  etadigan  jismlarni  ulkan  kuzatish  va  vaqtning  ulkan 

davrlarini  aniq  o’lchashda  ko’rinadigan  Bobil  va  Misr  madaniyatlarini 

o’zlashtirmadi.  Barida  antik  faylasuflar  eslatadigan  narsalarni  ular  faqat  eshitgan 

edilar, lekin tajribada tekshirmadilar.  

Platon  va  Aristotel  observatoriyalarga  ega  emas  edi.  Periklning  xalq 

yaqinida  hukmronligining  so’ngi  yillarida  astronomik  nazariyalarning  har  qanday 

                                                             

44

Люсьен Февр. Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 



Искусство, 1993. -13 с

45



 

Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 

Искусство, 1993. -13 с. 


57

 

 



tarqatuvchilariga  tahdid  soladigan  og’ir  ayblov  qarori  chiqarildi.  Bu  o’zining 

dunyo  qarashidan  uzoq  kelajakni  chiqarib  tashlashni  chuqur  ramziy  akti  edi”

46



Shpengler  antik  odamni  dunyoqarshi  tarixiy  ongini  tavsiflaganda  L.Fevr  uning 



fikriga  keskin  qarshi  chiqadi.  Demak,  L.Fevr  Shpenglerni  yevrosentirizm 

g’oyasiga  etiroz  bildiradi  uning  asarini  tarixiy  tadqiq  qilganda  olimning  fikriga 

qo’shilmaydi. 

“Shu  sababli  yunonlar  Fukidid  misolida  o’z  tarixlari  ustida  faqat  u  deyarli 

ichki tugallangan lahzada jiddiy fikrlay boshladilar, lekin Fukidid ham tarixni o’zi 

lozim  topgan holda  voqealar batafsilligini, agar kerak bo’lsa, to’qish  mumkin deb 

hisoblaydi.    Bu  uning  uchun  badiiy  usul  bo’ladi,  biz  aynan  shuni  mif  yodgorligi 

deb hisoblaymiz. Xronologik  sonlarning mazmunini haqiqiy tushunish to’g’risida 

bu  yerda  so’zning  o’zi  yo’q”

47

.  L.Fevr  Shpenglerning  asarini  metodologik  nuqtai 



nazardan atroflicha tahlil qiladi va uning bir qancha fikrlariga nisbatan o’z fikrini 

bildiradi.   

“III-asrda  Manifon  va  Boroyes  ular  yunon  bo’lmaganlar  ikki  mamlakat 

astronomiya va to’g’risida tushunchaga ega bo’lmagan Misr va Bobil to’g’risidagi 

manbalarni  asosli  asarlarini  yozdilar.  Lekin  ma’lumotli  yunon  va  rimliklar  bu 

materiallar  bilan  kam  qiziqdilar  va  avvalgidek  Gekatey  va  Ktesiyning  ajoyib 

fantastikasini  afzal  ko’rdi”

48

.  O.Shpengler  haqiqatda  yunon  va  rimliklarda  tarixiy 



ongning mavjud bo’lmaganligini buning asosida o’z fikrini asosida qadimgi sharq 

astronomiyasini rivojlanishi va uning natijalari bilan asoslaydi. L.Fevr olimning bu 

fikriga  qo’shilmagan  holda  o’zining  bir  necha  asarlarida  antik  davr  tarixiy  ongi 

to’g’risida ijobiy fikr bildiradi.  

“Buning oqibatida antik tarix fors urushlarigacha mohiyatan yanada keyingi 

davrlargacha mifologik mushohadani mahsuli hisoblanadi. Spartaning davlatchilik 

                                                             

46

Люсьен Февр. Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 



Искусство, 1993. -14 с. 

47

 Люсьен Февр. Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 



Искусство, 1993. -14 с. 

48

 



Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 

Искусство, 1993. -14 с. 



58

 

 



tuzumi  ellin  davrining  to’qima  uydurmasi  bo’ladi.  Tarjimai  holi  barcha 

batafsilliklarida  hikoya  qilinadigan  Lekurg  ko’rnishidan  Taygetning  ahamiyatsiz 

ilohi  bo’lgan;  Gannibalgacha  bo’lgan  o’sha  Rim  tarixi  uydirmasi  ham  Sezar 

vaqtigacha davom etadi”

49

.  “ Istoriya” so’zining antik mazmunini tushunish uchun 



Aleksandriya  romanlarining  o’z  mazmuni  bilan  jiddiy,  siyosiy  va  diniy 

tarixshunoslikka kuchli ta’sir  o’tkazgani ko’rinadi. Uydurmani hujjatli sanalardan 

qatiy ajratish uchun umuman o’ylamadilar.

 

“Mommzen Rim tarixchilarini u eng avvalo Tatsitni nazarda tutdi- “nimadir 



to’g’risida  jim  bo’lish  o’rniga  gapiradigan  nimadir  to’g’risida  gapirishi  lozim 

bo’lgan,  jim  bo’ladigan  odamlar”

50

 deb,  Ga’rbiy  Yevropa  nuqtai  nazarini  ochiq 



shakllantirdi.  “  Hind  madaniyati  qaysiki  unda  (Brahman)  nirvana  g’oyasi  mavjud 

bo’lishi  mumkin  bo’lgan  notarixiy  ruhning  o’zini  yorqin  ifodasi,  har  qanday 

ma’noda  bo’lmasin  hech  qachon  “qachon”  ning  hatto  eng  zaif  tuyg’usiga  ega 

bo’lmadi.  Hind astronomiyasi ham, Hind kalendari ham, demak Hind tarixi ham 

mavjud emas, chunki bu tushunchalar ostida jonli rivojlanishning ongi tushuniladi. 

Bu  madaniyatning  tashqi  borishi  uning  organik  jismi  buddaviylik  paydo 

bo’lishigacha  tugallangan  shubhasiz  boy  buyuk  voqealar  yuz  bergan  XII  va  VIII 

yuz  yilliklar  oralig’i  bo’lgan  antik  tarixga  ko’ra  yanada  ozroq  bilamiz  ularning 

ikkalasi  ham  noaniq  mifik  obrazda  saqlanib  qolgan  faqat  Buddadan  keying  ming 

yillikda  Iso  ta’limotidan  keyin  500  yil  atrofida  Seylonda  “Moxovansa”  da 

tarixshunoslikni  nihoyatda  oz  eslatadigan  nimadir  paydo  bo’ldi”

51

.  Hind  odami 



ongi  shunday  darajada  notarixiy  ediki,  unga  qandaydir  muallifning  asarini  paydo 

bo’lish vaqti mutlaqo ahamiyatli emas edi.  

Alohida  kishilar  asarlarini  organik  qatorlari  o’rniga  asta-sekin  matnning 

noaniq  massasi  paydo  bo’ldi,  qaysiki  unga  har  kim  nimani  istasa  shuni  yozdi, 

                                                             

49

 Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 



Искусство, 1993. -14 с. 

50

 



Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 

Искусство, 1993. -15 с.

 

51

 



Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 

Искусство, 1993. -15 с. 



59

 

 



individual  ma’naviy  boylik,  tafakkur  rivojlanishi,  madaniy  davr  hech  qanday  rol 

o’ynamadi.    Umuman,  Hind  tarixiga  mos  bo’lgan  shunday  “anonim”  shaklda 

bo’lgan  Hind  falsafasi  bizning  oldimizda  gavdalanadi.  G’arb  falsafasi  tarixiga 

o’xshamaydi.  Hindlar  barcha  narsani  unutadilar,  misrliklar  hech  narsani 

unutmaydilar”

52

.      Tarixiy  o’tmishga  va  olamni  tushunish  munosabati  o’rtasida 



chuqur  aloqa  mavjud,  u  dafn  shaklida  qanday  ifodalanadi.  Misrlik  olimni  inkor 

qiladi, antik odam o’z madaniyatining barcha shakllarida uni inkor qiladi.  

Misrliklar go’yoki o’z tarixlari mo’myosini saqladilar- xronologik sanalar va 

raqamlar.  Solongacha  bo’lgan  yunon  tarixidan  bitta  ham  yodgorlik,  biror  bir  yil, 

biror bir shubhasiz ism, biror bir  yorqin voqea saqlanib qolmadi. Ana shu asosida 

bizgacha yetib kelgan o’sha yodgorliklarni judayam ko’pirtiramiz, - shu vaqtda biz 

deyarli  uch  ming  yillikdagi  Misr  firavnlarini  barchasini  nomlarini  va  hukmronlik 

yillarini  bilamiz,  keying  davrdagi  misrliklar  ularni  bilar  edilar.  Albatta  bitta 

qolmay  barchasini  abadiylik  tomon  qudratli  irodaning  vahimali  ramzlari  sifatida 

bizning  muzeylarda  buyuk  fravnlarning  yuz  belgilari  sezilarli  saqlangan  jasadlari 

yotibdi. 

Amenemxet  III  ning  piramidasini  yarqirab  turgan  selgillangan  granit 

tepasida  “Amenemxet  quyoshining  go’zalligini  ifodalaydi”  –  va  boshqa  tomonda 

“Amenemxet ruhi Orion cho’qqisidan baland u yer osti bilan birlashadi” so’zlarini 

hozir ham o’qish mumkin”

53

.  Shpengler Misr tarixiy ongi to’g’risida so’zlaganda 



Misr  tarixining  mill.avv  II  ming  yillik  davriga  murojaat  qiladi.  L.Fevr  esa 

Shpenglerning Misr tarixi bo’yicha aytgan fikrlariga nisbatano’z fikrini bildirishni 

lozim topmaydi.  

Bizning  fikrimizcha  L.Fevr  “Yevropani  halokati”  asarini  tadqiq  qilgan 

vaqtda  uning  ko’pchilik  fikrlariga  qo’shilmaydi.  Bunday  tanqidiy  munosabat 

                                                             

52

 Люсьен Февр.



 

Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 

Искусство, 1993. -16 с. 

53

 



Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 

Искусство, 1993. -17 с. 



60

 

 



L.Fevrning  dunyoqarashi  Shpenglerning  dunyoaqarashiga  nisbatan    mafkuraviy 

nuqtai-nazardan to’g’ri kelmaganligi uchundir.  

“Antik  madaniyat  arafasida  misrliklarning  hayot  ramzlariga  qarama-qarshi 

o’liklarni  yoqish  – unutish ramzi – paydo bo’ladi  – bu o’tmishning barcha tashqi 

va  ichki  mazmuniga  tarqaladi.  Podsholarning  sag’analari  pastrog’iga  dafn  qilish 

afzal  ko’riladi,  lekin  Gomer  davrida  shuningdek  Veda  davrida  tashqi  tushuntirib 

bo’lmaydigan  dafn  qilishdan  to’satdan  tashqi  tushuntirib  bo’lmaydigan 

kuydirishga  o’tish  yuz  beradi.  Elidada  bu  tarixiy  davomiylikni  inkor  qilish 

tantanali yo’q qilish ramziy akti bor ko’tarinkiligi bilan yuz berdi”

54

. Shu lahzadan 



individual  ruhiy  rivojlanishning  nafisligi  yo’q  bo’ladi.  Antik  dramma  haqiqiy 

tarixiy  motivlardan  qochib,  hamda  ichki  rivojlanish  mavzulariga  ham  yo’l 

qo’ymaydi  va  biz  bilamiz  ellin  instinkti  tasviriy  san’atda  portretga  qarshi 

qo’zg’aladi.  Imperator  davrigacha  faqat  bitta,  uning  uchun  tabiiy  material  mifni 

biladi.   

Yunon  haykaltaroshligini  mukammal  obrazlari  Plutarxning  didiga  ko’ra 

tarjimai  hollar  xayoliy.  Birorta  ham  yunon  ko’z  oldida  mavjud  bo’lgan  davrni 

tasvirlaydigan  xotiralarini  yozmadilar.  “Hatto  Suqrot  o’zining  ichki  hayoti 

to’g’risida bizning nazarimizda biror narsani aytmadi. Qadimgi yunon tarixi vaqtni 

bilmaydi  uning  uchun  o’tmish  hayol  (mif)  .  Yunonlar  uchun  boshdan  kechgan 

barchasi  o’tmish”

55

.  Begona  xalqlar,  davrlar  va  yurish-turishlar  psixologik 



tahlilining  barcha  turlarini  o’z  ichiga  oladigan  tarixiy  tadqiqotlar,    alohida  odam 

uchun kundaliklar tarjimai hollar va tavba-tazarrular qanday ahamiyatga ega bo’lsa 

butun  bir  madaniyatlar  uchun  shunday  ahamiyatga  ega.  Lekin  antik  madaniyat 

bunday xususiy ma’noda xotiraga ega emas, degan xulosaga keladi olim. 

L.Fevr  bu  yerda  antik  iborasi  bilan  qadimgi  g’arb  davrini  ko’zda  tutadi.  

Antik  odamning  xotirasi  biznikidan  keskin  farq  qiladi.    Biz  o’zimizning  ruhiy 

                                                             

54

 Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 



Искусство, 1993. -17 с. 

55

 Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 



Искусство, 1993. -17 с. 

61

 

 



tuzulmalarimizdan o’zlashtirgan tushunchalarni begona ruhga so’zsiz taqaymiz. Bu 

yerda  ongda  o’tmish  va  kelajakni  “sof”  “hozirgi  kun”  sifatida  tartibga  soladigan 

istiqbollar  mavjud  emas.    Bu  ko’pincha  Gyotening  antik  hayotning  barcha 

ko’rinishlarida  ayniqsa  qandaydir  ko’rinmas  kuch  bilan  ongni  to’ldiradigan 

haykaltaroshlikda  ajablantirdi. Bu “sof” “bugungi  kun” ning ramzi bo’lgan doriy 

ustuni haqiqatda vaqtni inkor qilish.  

Gerodot  va Sofokl uchun  Femistokl uchun ham  va har qanday Rim konsuli 

uchun o’tmish shu vaqtni o’zida davriy tuzilma emas, vaqtdan tashqari yotadigan 

qutbiy  hol  bo’ladi.  Shu  bilan  birga  bizning  dunyoni  his  qilishimiz  va  o’tmishga 

maqsadli  yo’naltirilgan  ichki  qarash  davrlariga  yuz  ming  yilliklar  va  ming 

yilliklarga aniq bo’lingan singdirilgan mif ijodiyotdir”

56

.     L.Fevr  qadimgi  davrda 



g’arb  kishisining  tarixiy  xotiraga  ega  bo’lmagani  tushunchasini  quydagicha 

tavsiflaydi.  “Forslar  Afinani  vayron  qilganlaridan  keyin  uning  vayronalari  ostida 

ilk san’atning namunalari dafn qilindi, endi biz uni yana hayotga qaytaryapmiz.  

Yunonlardan  kimdir  Miken  yoki  Festning  xarobalari  bilan  qiziqqani 

noma’lum.  Gomerni  o’qidilar,  lekin  Shlimanga  o’xshab  Troya  tepaliklari 

qazilmallari to’g’risida o’ylamadilar. Tarixni emas mifni istadilar. Ellin davridayoq 

Esxill va Suqrotgacha bo’lgan faylasuflarning asarlarini bir qismi yo’qotilgan edi. 

Faqat  bizning  madaniyatimizga  xos  ehtirom  va  sevinch  bilan  Petrarka  qadimiyat 

yodgorliklarini  to’pladi.  Mohiyatan,  Petrarka  o’z  vaqtiga  begona  edi.  Faqat  vaqt 

muammosi  bilan  bog’liq  holda  kolleksioner  psixologiyasi  rivojlanadi.  Tushunarli 

nima  uchun  bu  unga  yo’qolib  ketmaslikni  xabar  berishga  urunayotgan  antik 

odamga  mutlaqo  notanish  o’tmishga  e’tiqod  bo’lib  qoldi,  bu  vaqtda  Misr  buyuk 

Tutmos davridayoq an’analar va me’morchilikning ulkan muzeyiga aylandi”

57

.  



G’arbiy  Yevropa  madaniyati  uchun  aytaylik  Napoleondan  dunyoga  hech 

bo’lmaganda tashqi tasavvurda o’z shakllarini muhrini bosadi, Afina, Florensiya va 

                                                             

56

 



Люсьен Февр.Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 

Искусство, 1993. -13 с. 

57

 

Люсьен Февр.



Шпенглер О. Ш. Закат Европы / Пер. с нем. под ред. А. А. Франковского. –Москва: 

Искусство, 1993. -16 с. 



62

 

 



Parij  o’z  aksini  topadi  deb,  uqtiradi  olim.  Yevropa  XV  asrdan  boshlab  butun 

dunyoga o’z taziyqini o’tkaza boshladi va o’tmish tarixiga murojaat qilishga ham 

shu  davrda  o’tdi.  “Bu  holni  biz  faqat  G’arbiy  Yevropa  madaniyati  yo’nalishida 

yashaganligimiz uchun umumjahon tarixini qurish tamoyiliga aylantirish  – demak, 

o’z  dunyoqarashini  torligini  ko’rsatishdir.  Shunday  huquq  bilan  Xitoy  tarixchisi 

ham  umumjahon  tarixini  qurishi  mumkin,  qachonki  unda  salib  yurushlari  va 

uyg’onish davri, Sezar va Buyuk Karl ahamiyatsiz voqea sifatida chetlab o’tilishi 

mumkin  edi”.  Nima  uchun  morfologiya  nuqtai-nazaridan    18  yuz  yillik  o’tgan 

o’tmishdan muhimroq deb hisoblashi lozim. Kulguli emasmi, “yangi davr” yoki bir 

necha  yuz  yillikni  buning  ustiga  ko’proq  G’arbiy  Yevropada  lokallashgan 

“qadimgi  davr”  ga  arama-qarshi  qo’yish,  qaysiki  u  qancha  ming  yilliklarni  o’z 

ichiga oladi”.  

Lyusen  Fevr  Osvald  Shpenglerning  asarini  tarix  fani  va  metodolgiyasi 

asosida atroflicha ilmiy tahlil qildi. U nafaqat Shpenglerni balki, Toynbining lokal 

sivilzatsiyalar  nazariyasini  tahlil  qildi.  Bu  nazariyalarni  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy 

va  manaviy  nuqtai-nazardan  ko’zdan  kechirib  bu  nazariyalarni  ilmiy  amaliylik 

jihatlari  sifat  ko’rsatgichlarini  etiborga  olib  metodologik  nuqtai-nazardan  tavsif 

berdi. Olim tarix metodologiyasini  Shpenglerdan Toynbiga qadar tahlil qildi. U bu 

asarlarni mazmun mohiyatini tadqiq qildi.   

Olim L.Fevr o’z xotiralardan birida shunday deydi: “Mening ish stolimda – 

3  ta  qalin  tomli  kitob  bor.  1-  sahifada  kitobning  muallifi:  Arnold  Dj.  Toynbi.  U 

Angliyada  juda  mashhur(hattoki  undan  tashqarida  ham)  o’zining  izlanishlari  va 

tadqiqotlari  o’laroq.  Kirish:  (A  study  of  History,  “Tarixning  o’rganilishi”) 

o’zimizni bu tadqiqot egasi sifatida tutmaylik bu asar o’zining doirasiga ko’ra ser 

Djems Freyzerning tadqiqot kitobiga tengdir. Agar avtor “Oltin shox” asarining til 

hukmdori  bo’lsa,  uning  olib  borayotgan  birinchi  ishi  islom  dini  instituti  bo’lsa  

o’zining ustiga juda kata masalalardan birini yuklagan edi, Arnold Toynbi. “Keng 

va  ko’p  va’dali  o’ylov.  Bizni  boshdan  ishontirish,  hayajonlantirishini  biz 

hammasini  o’lchab  ko’rib  fikr  va  usulidan  yiroq  bo’lishga  majbur  bo’lamiz.  Bu 


63

 

 



kitoblarni  ayirib  olib,  biz  tarixchining  kitoblari  uchun  yonmaymiz,  lekin  u 

shovqinlilik  va  yengillik  bilan  hammani  lol  qoldiradi”

58

.  Arnold  Toynbining 



mehnati qiyin. Unda qoniqarli va  yaxshi tomonlari bor,  yana unda inson aloqalari 

ham katta o’rin olgan edi. 

    

Tarixchilar  shuni  bilishdiki,  til  buyukligi—shoirlarda,  romanistlarda, 



jurnalistlarda yaxshi rivojlangan. Til rivojlanmagan paytda qanday fransuz, ingliz, 

nemis tillari sistemasini o’rganish mumkin. Bunday paytlarda biz nima qilishimiz 

kerak? Hech qanday uyalishsiz to’kilib ketishimiz kerakmi? Hech qanday so’zsiz 

ularning  kritikasiga  kirishish  kerakmi?  Urushsiz  taslim  bo’lish  kerakmi? 

Qarshilikni  davom  ettiraymi?  Xuddi  shu  sharoitdagi  urushlar  Toynbining 

mehnatini keltirib chiqaradi.  



              1922-  yilda  Germaniyada  Shpenglerning  hech  kimga    notanish  kitobi 

chiqdi. Muqaddima boshlanishida: “Yevropaning so’nishi” yozilgan. Esimda Reyn 

kitob  do’konlarida  to’dalangan  o’qib  bo’lingan  kitoblari  quyoshda  qorday  erib 

ketar edi. Bir necha haftada Shpengler Germaniyada mashhur bo’ldi, uni kitoblari 

shu darajada mashhur bo’ldiki, filosofiya tarixida chuqur iz qoldirdi. Kitob nafaqat 

mashhurlik balki boshlanishdir. 

    

Arnold  Toynbining  qarashlari  amaliy  jihatdan  Shpenglerning    aytishicha, 



uning  fikrlari  fan  odaminiki  emas”

59

.  Nemis  publisistining  bu  asari  qanchalik 



mustaqil va farqli bo’lmasin u konstruktiv va tanqidiy yozilgan. Shpengler uchun 

yopiq  doiralarda  “A  study  of  history”  asari  juda  kata  qiziqish  va  hayratga  sabab 

bo’ldi.  Oradan  bir    oy  o’tmasdanoq  asr  ingliz  etnograf,  tarixchilaridan  iborat 

doiralarda to’liq ko’rib chiqildi va o’rganildi, keyinchalik   La-Mansh tomonining 

narigi  tomonida  ham    yuqori  baholandi.  Tarixchi  bu  uch  tomdan    o’ziga  qanday 

xulosa  chiqarishi  va  ma’lumot      olishi  mumkin.  Shunday  qilib  Toynbining    tarix 

sohasida Sivilizatsiya va Xalqlar tarixi haqidagi teoriyalari muhim. 

                                                             

58

 

Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, с-72



 

 

59



 

Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, с-79

 

 


64

 

 



L.Fevr  bizning  fikrimizcha  bu  ikki  olimning  nazariyalarini  tahlil  qilgandan 

keyin  o’zining  sivilizatsiya  tushunchasi  tadqiqotini  amalga  oshirgan  bo’lishi 

mumkin u insoniyat o’tmish taraqqiyotini tahlil qilgan holda o’zining sivilizatsiya 

nuqtai nazaridan yozgan asarlarida O.Shpengler va A.Toybining qarashlariga yaqin 

bo’lgan  fikrlarini  aytdi.  Jumladan  u  jahon  sivilizatsiyasini  alohida  sivilizatsiya 

sifatida hamda har bir davr sivilizatsiyasiga ajratib tadqiq qilishni taklif qildi.  

U  o’rta  asr  Fransiya  sivilizatsiyasini  shu  yo’nalishda  tahlil  qildi.  Biz  har 

uchchala  olimning  sivilizatsiya  konsepsiyalarini  qiyoslab  tahlil  qilganimizda 

ularning  orasida  o’xshashlik  va  farqlarni  ko’ramiz.  Lekin,  Lyusen  Fevrning 

sivilizatsiya  iborasi  ikkala  olimni  sivilizatsiya  iborasidan  tahlil  bo’yicha  farq 

qiladi. Eng avvalo L.Fevr sivilizatsiya iborasini o’zini atroflicha ilmiy tahlil qildi. 

Bu tahlil uchun u juda ko’p tarixiy manbalarga murojaat qildi. 

 

    “Tarix  fanining  asosiy  obyekti  bo’lib  jamiyat  sivilizatsiya  hisoblanadi.  



Bizning  davrimizgacha  beshta  sivilizatsiya  mavjud:  G’arbiy  sivilizatsiya, 

pravoslav      sivilizatsiyasi,  Bolqon,  Yaqin  Sharq  va  Rossiya  uzoq  tarqalgan  

musulmon    sivilizatsiyasi,  hind  sivilizatsiyasi  va  Uzoq  Sharq    monofizik    kichik  

guruhlarni    ham  aytib  o’tish  lozim.        Misol  uchun    birgina  G’arb  sivilizatsiyani 

olaylik pastdan balandga  qadar  bo’lgan yo’lni bosib o’tgach bir “no man’s land” 

(hech  kimniki  bo’lmagan  yer)  qayerdaki  bu  narsalar  o’z  izini  yo’qotadi

60



O’tmishga qaytar ekanmiz alohida bir davrga tushib qolamiz. Bu Rim imperiyasiga  



xoslik. G’oya yangi emas. Masalan, Bag’dod xalifaligini olaylik uning  yaratilishi 

unchalik  ham  sekin  bo’lmagan.  Uning  yaratilishi  Damashq  zarbasi  bilan 

boshlangan.  Bu  jang  Misr  va  Suriya  bilan  aloqalarni  tikladi.  Shuningdek  Rim 

provinsiyalari,  Arabiston,  Sosoniylar,  Ahamoniylar  bilan  ham  Abbosiylar  sulolasi 

shunday yo’l tutdi. Abbosiylar va Ahamoniylar o’rtasida biroz oraliq vaqt mavjud 

bo’lgan.  

                                                             

60

 Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 80 c.  



 

65

 

 



    

 Kolleanoning  g’oyalaridan  foydalanish  siyosiy  formatsiyalar  biror  bir 

davlatning paydo bo’lishi haqida o’ylab ko’rish mumkin.  Biz tarixchilar aynan shu 

ish  bilan  shug’ullanamiz.  Toynbining  sivilizatsiya  qonunlari  leksik  jihatdan 

jamoatchilik  sivilizatsiyalari  haqida.  L.Fevr  boshqa  tarixchilarning  davlat  va 

jamiyatning  genezisi  insoniyat  taraqqiyoti  to’g’risidagi  fikrlariga  nisbatan  o’z 

mulohazasini bildiradi. 

L.Fevr  sivilizatsiya  atamasi  yoki  iborasidan  foydalanish  uchun  bu  so’zni 

ilmiy nazariy izohlaydi.  “Sivilizatsiya” so’zi xossa va xususiyatlarning oddiygina 

to’plami, u kuzatuvchining ko’z oldida bazi odamlar guruhining jamoaviy hayotini 

namoyon qiladi: moddiy, intelektual, axloqiy, siyosiy va (bu noqulay iborani nima 

bilan  almashtirish  mumkin)  –ijtimoiy  hayot”

61

.  L.Fevrning  fikricha  buni 



“sivilizatsiya  etnografik  konsepsiyasi”  deb  atashni  taklif  qilinishi  bir  tomondan 

o’zida  hech  qanday  baholovchi  tushunchani  saqlamaydi,  alohida  bir  dalil  hatto 

o’rganilgan  ma’lumotlarni  mosligi  bilan  ham  ishi  bo’lmaydi.  Yevropa  o’zining 

sivilizatsiyaviy  nuqtai  nazardan  fikr  yuritib,  sivilizatsiyaning  yutug’i  yoki 

tushkunligi  yoki  zaifligi  to’g’risida  so’zlaydi.  Yevropaliklar  fikricha  Yevropa 

sivilizatsiyasi  mukammal,  axloqiy  va  moddiy  jihatdan  juda  qulay  va  ajoyib.  Olim 

bu qarashni bir tomonlama, subyektivligi fikrini ilgari suradi.  

Haqiqatdan  ham  Yevropa  XV  asrdan  boshlab  hozirgi  kungacha  Osiyo, 

Afrika,  Amerika  va  Avstraliyaga  tazyiq  o’tkazib  kelmoqda.  Yevropa  boshqa 

xalqlarga  o’zining  dunyoqarashi,  qadriyatlari,  turmush-tarzini  tarqatish  va 

singdirishga  harakat  qilib  kelmoqda.  Bunday  jarayonning  bir  necha sabablari  bor, 

ma’lumki Yevropa azaldan individuallikka asoslangan turmush-tarzida yashab, bu 

jamiyatning  qadriyatlarini  boshqa  sivilizatsiyaga  zo’ravonlik  va  boshqa  yo’llar 

bilan singdirishga harakat qilib keladi.  

L.Fevr  shunday  ta’kidlaydi  “Biz  albatta  ishonchimiz  komil  ifodachisi  biz 

bo’lgan  bu  sivilizatsiya  ishtirokchisi  tekinxo’rlar  va  targ’ibotchilar  bo’lgan 

                                                             

61

 Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 240. 



66

 

 



bizlarga  qadriyat,  obro’,  oliy  g’urur  beradi”

62

.  Sivilizatsiya  tushunchasini  ikki 



ma’noda  bir-biriga  qarama-qarshi  talqin  qilinishi  sabablarini  L.Fevr  tarix  vositasi 

bilan  tushuntirdi.  Sivilizatsiya  so’zi  paydo  bo’lishidan  boshlab,  bu  so’zning 

tushunchaga  aylanishini  izchil  tarixiylik  tamoyili  bilan  izohlaydi.  Sivilizatsiya 

so’zi  yangi  davrda  fransuz  va  ingiliz  ijtimoiy  fikrida  paydo  bo’ldi.  Bu  so’z 

ijtimoiy-siyosiy va adabiyotlarda turlicha ishlatila boshlandi. Fransuz yozuvchilari 

XVIII  asrda  sivilizatsiya,  polis  so’zlaridan  hamohang  foydalandilar.  L.Fevr  bu 

asrda  nashr  etilgan  ijtimoiy-siyosiy  adabiyotda  bu  so’zlarni  qanday  ma’noda 

foydalanilganini atroflicha ilmiy tahlil qildi.  

L.Fevr  sivilizatsiya  so’zini  tatqiqotining  asosiy  maqsadini  o’z  tadqiqoti 

so’ngida quyidagi xulosalar bilan yakunlaydi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib 

sivilizatsiya  to’g’risida  bir-biridan  farq  qiladigan  ikki  qarash  ilmiy  va  pragmatik  

tushuncha  ijtimoiy  fikrda  paydo  bo’ldi;  odamlarning  har  qanday  guruh  uning 

moddiy va intlektual qurshab turgan dunyoga ta’siri qanday vosita bilan bo’lishiga 

qaramay  o’z  sivilizatsiyasiga  ega  bo’ladi,  ikkinchi  qarash  oliy  sivilizatsiya 

konsepsiyasini  G’arbiy Yevropa  va Shimoliy Amerikaning  oq xalqlari olib boradi 

va tarqatadi.  

L.Fevr yana shunday xulosaga keladi: dunyoda qancha xalq bo’lsa shuncha 

sivilizatsiya  mavjud.  Shu  bilan  birga  odamlar  ongida  eskidan  umuminsoniyat 

sivilizatsiyasi  konsepsiyasi  mavjud.  Ularni  qanday  murosaga  keltirish  mumkin? 

Ularning  nisbatini  qanday  tushunish  mumkin  savolini  qo’yadi

63

.  Bizning 



fikrimizcha,  olim  tarix  fanida  so’ngi  bir  yuz  ellik  yil  davomida  mavjud  bo’lgan 

sivilizatsiya  so’zi  evolyutsiyasi  mazmun-mohiyatini  ilmiy-nazariy  tahlil  qilishda 

fanda  e’tirof  etilgan  ilmiy  tushunchani  shakllantirdi.  Bu  so’zni  mazmuniga 

nisbatan mavjud ilmiy munozaraga aniqlik kiritdi.  

                                                             

62

 



Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, сc. 280.

 

63



 

Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 265.

 

 


67

 

 



Muammoni  muallifni  o’zi  aytganidek  chegaralar  va  umumiy  manzarasini 

chizib  berdi.  Bizning  fikrimizcha  L.Fevr  bu  masalada  munozara  qilayotgan 

tomonlarni  qarashlarini  aniqlashtirdi  va  bu  masalani  yechimini  yo’nalishlarini 

chizib berdi. Turli xil ikkilanishlar chalkashlik va qarashlarni har xilligi sabablarini 

oydinlashtirdi  deb  o’ylaymiz.  Bu  o’z  navbatida  insoniyatning  o’tmish  tarixi 

tadqiqotlarini  tarixiylik  tamoyili  asosida  o’tmish  tarixiy  jarayoni  tarixiy  voqea 

hodisalarni tadqiqotida sivilizatsiya yondashuvini tadbiq etishga yo’l ochdi.  

L.  Fevr  “Sivilizatsiya”  so’zini  ikki  yuz  yillik  evolyutsiyasi  tarixini  ilmiy 

nazariy  tahlil  qildi.    Shundan  so’ng  olim  har  bir  xalq,  etnos,  makon  va  zamonda 

o’ziga xos svilizatsiyaga ega bo’lishi mumkinligi tushunchasini ilgari  suradi. Shu 

tushunchaga asoslanib  Fransiyaning XVI asr sivilizatsiyasiga bag’ishlangan  ilmiy 

tadqiqotlarni amalga oshirdi.  

L.  Fevr  asarida  fransuz  sivilzatsiyasi  tarixini  ilmiy  tahlil  qiladi.  “Bir 

sivilizatsiyaning  asosiy jihatlari ilk fransuz uyg’onishi: 

to’rt ko’rinishi

64



. Muallif 

bu  hajmi  jihatidan  kichik  bir  asarda  ming  betga  teng  bo’lgan  Fransiya  tarixining 

asosiy  va  o’ziga  xos  jihatlarini  tarixiylik  metodi  asosida  ochib  berdi.  Bu  kichik 

asarni bir necha o’nlab asarlarga tenglashtirish mumkin.  

Muallif  XVI  asr    fransuz  tarixini  sivilizatsiya  tushunchasi  asosida  yangidan 

kashf  qildi.  Olim  o’z  tadqiqotining  so’z  boshisida  sivilizatsiya  tushunchasini 

e’tiborga  molik  bo’lgan  Littre  va  Mishlening  tariflarini  keltiradi:  sivilizatsiya 

sivilizatsiyalashgan  holat  –  ya’ni  ishlab  chiqarish  faoliyati,  din,  san’at  va  fanlarni 

o’zaro  ta’siri  va  o’zaro  faoliyati  natijasida  quriladigan  qarashlar  va  axloqning 

jamlanmasidir  deb  yozadi

65

.  Sivilizatsiya  bu  bir  teksda  harakat  qiladigan  ma’lum 



vaqt  oralig’ida  ma’lum  bir  mamlakatda  odamlarning  ongiga  ta’sir  qiladigan 

moddiy va manaviy intelektual va diniy bir teksda harakat qiladigan kuchlar” deb 

Littrening  tarifini  L.Fevr  yanada  aniqlashtiradi  va  Littre  juda  silliq  ifodalamadi, 

                                                             

64

Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 112 c.  



65

 Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 110 c. 



68

 

 



lekin  yaxshi  ko’rdi  deb  ta’kidlaydi

66

.  L.  Fevr  uchun  sivilizatsiyani  yuqorida 



ko’rsatilgan tushunchalarni tahlil qilish muhim emas, balki “ilk fransuz uyg’onishi 

sivilizatsiyasi uchun xos bo’lgan xususiyat uning eng oliy va o’ziga xos ko’rinishi 

bilan  shug’ullanish.  Bilimga  intilish;  go’zallikga  intilish;  ilohiylikga  intilish; 

L.Fevr  o’sha  vaqt  odamlarining  jo’shqin  faoliyati  uyg’onish,  gumanizm 

reformatsiya davrida odamlar yashadi va bu davrni yaratdi xulosasiga keladi

67

.  



L.Fevr  o’rta  asrlar  uyg’onish  davri  madaniayatini  tahlil  qilib,  bu  davrning 

noyob  sa’nat  asarlarini  yaratgan  ijodkorlarni  ongi,  dunyoqarashini  o’rganishi 

zaruriyati  mavjudligini  aytadi:  U  shunday  savollarni  qo’yadi:  Ularning  ongi 

bizning  ongimizga  o’xshash  bo’lganmi?  Insoniylik  mohiyati  hamma  vaqt  bir  xil 

bo’lib qolaveradi: Tarixchi uchun inson umuman yo’q, odamlar bor bu odamlarni 

o’ziga  xos  tomonlarini  ayniqsa  bor  kuchi  bilan  bilishga  urinadi.  O’tmishda 

yashagan  odamlar  zamonaviy  odamdan  nimasi  bilan  farq  qiladi?  Ularning 

turmush-tarzi  qanday  bo’lgan?  Ular  bizdek  faoliyat  ko’rsatganlarmi?    Ushbu 

savollarni  qo’ygan  holda  olim  o’tmish  odamlari  bilan  zamonaviy  odamlarni 

qiyoslash  orqali  tadqiq  qiladi.  Tarixchi  o’tmish  tarixda  insoniyatning  umumiy 

tarixini emas har bir davr, bosqichlari, jamiyatlarida yashagan odamlarni hayoti  va 

faoliyatini  o’rganishi  kerak.  Olimning  bu  yo’nalishdagi  ilmiy  tadqiqotlari 

ko’pchilik  tarxichilarning  diqqatini  tortdi.  Natijada  ushbu  tadqiqot  boshqa  tarixiy 

tadqiqotlar  uchun  metodologik  yo’l  ko’rsatgich  vazifasini  o’tadi.  L.Fevr  o’tmish 

tarixini  o’rganishning  mutlaqo  yangi  metodini  ochdi.  Bu  tarix  fani  uchun  keying 

taraqqiyoti  uchun  mustahkam  metodologiya  mavjudligi  va  undan  unumli 

foydalanish mumkinligini yaqqol ko’rsatdi. 

 

 



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling