Udk 94(4/9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari m.blok va l.fevr tadqiqotlari misolida.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Lyusen Fevrning “Tarix uchun janglar” asaridagi asosiy g’oyalar.
66 Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 110 c. 67 Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 243 c. 69
3.2. Lyusen Fevrning “Tarix uchun janglar” asaridagi asosiy g’oyalar. Lyusen Fevr o’zining ,,Tarix uchun janglar’’asarida tarixning boshlanishi, uning rivojlanishi, bosqichlari hamda undagi tuzumlar haqida aytib o’tadi. Asarning ikkinchi nomi ,,Tarixiy tafakkur yodgorliklari''. Jahon adabiyotining javohir durdonasi bo’lgan ushbu asar nafaqat o’rta asrlar tarixi uchun muhim manba balki, qadimgi davr tarixining ko’plab voqealari tahlil qilingandir. Jamoaviy tadqiqot va ilmning kelajagi to’g’risida fikr yurutiladi. Tarixni o’rganishdagi bir maqsad uchun jamoaviy tadqiqot- mana shu formula yoki dastur, qaysiki na biolog, na fiziolog, yoki psixologni hayratga solmaydi. Lekin, tarixga bog’liq bo’lganlar uchun bu formula ularni ta’sirlantiradi va hayratga soladi. Ba’zi bir odamlarni ham qisqacha qilib aytganda hozirgi zamonaviy Fransiyada uni tushuntirib ko’rishdan avval buni tushunish lozim. Urf- odatlarga bir e’tibor bersak: XX asr boshida men tarix bilan shug’ullanishni boshlagan chog’larimda Klio firmasi jamoaviy mehnatga unchalik qiziqmagan edi. U qonli arxiv kalamushlari bilan band edi. Ular yoritilgan tarix va u bilan bog’liq hujjatlarni yashirishga, yillar davomida ularni foydalanishdan olib tashlagan, bundan maqsad kerak payt ulardan foydalanish edi. Bu vaqtlarda vaqti-vaqti bilan shov-shuvli va juda kulguli tarix bilan bog’liq voqealar bo’lib turar edi. Shunday hollar bo’lardiki: ikki tarixchi bir mavzu ustida ish olib borar va bir-biridan oshib ketish ( o’sha vaqtlardagi metafora, mashina bo’lmagan paytlar ) va quvib o’tishi uchun kurashar edi. Bu insonlar uchun na tarix va uning rivoji muhumi edi. Balki ularning shaxsiy manfaatidir. Ular uchun muhimi kitobdagi ya’ni ularning ismi va mualliflik huquqi va so’zidir. Men bu narsalarni qolipga o’ralgan holatini tushunmasligim mumkin emas albatta. Ayni shu holat hozirda ham davom etmoqda. Lekin bu narsalar tergov emas balki sababdir. Bu narsa qattiq ishonchga asoslanishi va qarama-qarshiliklar falsafiy nuqtai nazardan ko’rilishi zarur. Kimlardir 70
tarix bu fan emas deb fikr bildiradi. Boshqalar esa tarix fan sifatida tarixchi uchun barcha hodisalar voqealarni u yoki bu holatda ( gipoteza yoki teroriya ) ko’rsata oladi va kitobxonlarga yetkazishda yordam beradi. Bu qarama - qarshi fikrlarga uncha e’tibor bermasak, qisqa qilib aytganda shuni tushunish kerakki: fan gil suyagidan yasalgan qasrda ko’zdan holi yerda faqatgina ilm bilan mashg’ul odamlar tomonidan o’rganilmaydi. Fan bizning fikrimizcha bir so’z bilan aytganda fanlarning birlashuvi ya’ni, insonlar birgaligida yaratiladi, o’z doirasidagi odamlar bilan birgalikda va o’z davri bilan bog’liq holda bu qonun matematik, biolog, fizik va tarixchi uchun hamda barcha ilm ahli uchun xosdir. Qonun, qaysiki barcha fanlar tadqiqoti birlashuvi va ularning o’z davri uchun muhimligidir. Bir so’z bilan aytganda, fan bu - davlat ichidagi davlat emas, u sotsial doiradan uzoq bo’lmaydi, u har xil holatlar ta’sirida bosimga uchraydi. Bu uning taraqqiyotiga qiyinchilik tug’diradi. Shunday qilib, bir necha o’n yilliklar davomida ma’lum bo’lgan faktlar revalyutsion rivojlanishga majbur edi. Fizika sohasidagi paydo bo’lgan yangi teoreya va faktlar XVII- XIX asrdagilarini shunchaki yo’qqa chiqardi. Dunyoni tushunishdagi eski mexanik tushunchalar ish bermay qoldi. Fanning tadqiqoti va birlashuvidagi konsepsiyalarini ko’rib chiqishni talab etmoqda edi. Fan o’zining mashhur ilm olimlari yordamida olib borilayotgan tadqiqotlari nazardan chetda qolishi mumkin emas edi. Xohlaydimi yoki yo’q, u bunga tortilgandi. Fan o’zining eski yukidan xoli bo’lishi lozim edi. Bu eski g’oyalar va o’sha davr olimlarining tadqiqotlariga qarshi chiqilsa uning ustidan kulishardi. Bu qat’iy qoidalar bizni nimaga o’rgatadi va tarix fani o’ziga ularning qaysi birini olishi lozim. Asosiysi har bir tadqiqot bu biror olim tomonidan yoritiladi, balki shunchaki berilmaydi. Tadqiqot olib borishda hech narsa shunchaki ochiq ravon bo’lmaydi. Bu biror bir faktni yoritishni aniq tasavvur hosil
71
qilmaydi. Bu faktlarga ko’ra “ tarixchi faktlarni tortib olishga haqsiz” deb aytiladi. Bu faktlar olim uchun tanlov qo’yadi, balki tarix fanining o’zi ham tanlov jarayonidir. Bunga sabab tarix u yoki bu faktning biror bir tanlovi asosida amalga oshadi. Faktlarni o’zi uchun shunchaki qiziqish yuzasidan saqlab qo’yayotgan va ularni mukammal tadqiq qila oladigan tarixchi olim yaratilishi lozim. Tarix va boshqa qorishilgan fanlarning farqi tarixchi koryerdan tosh qazib olayotgan qoruvchiga o’xshaydi. Unga ishlov berish ishini esa sotsiolog arxitektorlar zimmasida bo’ladi. L.Fevr “o’sha vaqt odami - uyg’onish davri fransuzi’’ deb nomlangan bo’limida XX asrda shaharda istiqomat qilayotgan fransuz bilan XVI asrda yashaydigan fransuz o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni belgilaydi. Fransiyada XVI asrda yashagan odamlar shaharlik edilarmi? Hech qanday. Ular qishloq odamlari hozirgi zamonaviy tildagi shahar o’sha vaqt yo’q edi. Albatta, chet elliklar, fransuzlarning o’zlari ham Fransiyaning shaharlarini maqtadilar. Ular Parijni dunyoning mo’jizalaridan biri deb maqtadilar lekin, shaharlar o’zi qanday bo’lgan? XVI asr shahri doirasimon minoralar bilan, g’ishtlik devor bilan o’rab olingan. Buzuq yo’l tor darvozalarga olib boradi, kecha-yu kunduz ularni qo’riqchilar qo’riqlaydi. Qo’pol yasalgan xoch, qarshida balandlikda monumental dor (shaharning faxri), unda dorga osilganlarning jasadi chirib oxirlamoqda . Ko’pincha darvoza tepasida nayza uchiga e’lon bilan kesilgan bosh yoki qo’l, oyoq qandaydir bir qo’rqinchli odamning tanasining bir bo’lagi qoldirilgan. Bu mustahkam asab tolallariga ega davrning adolatli sudi. Toptalgan yo’l darvozaga olib boradi. Uning orqasidan yo’l o’rtasida befarqlik bilan qurilgan oqava ariqchasi bilan hojatxonadan chiqadigan, o’tib bo’lmaydigan iflos axlatlar bilan, yomg’ir yog’ganda yurish mumkin bo’lmagan, qachonki quyosh yondirganida shunday chang , nafas olib bo’lmaydi va barchasi aralash-quralash: bolallar, o’rdak, tovuqlar,itlar hatto cho’chqalar (taqiqlov qonunlari bo’lsada) unda hamma yerni titkilaydi. Shaharga kiramiz va ko’zdan kechiramiz. Har bir oilaning o’z uyi,
72
qishloq joyiga o’xshash. Qishloq joyidek har bir uyda binolar orqasida bog’, sabzavot jo’yaklari olingan. Barchasi xuddi qishloqdagidek, chunki shahardagi hayot – bu qishloqdagi hayotning uncha katta bo’lmagan ko’rinishi bilan, har bir uyning derazasi bilan cherdagi bo’lib, unda pichan, somon, don va ozuqaning qishki zaxirasini ko’taradigan ombor vazifasida bo’lgan. Har bir uyda pech bor, unda beka xizmatkori bilan har hafta non yopadi. Har bir uyda uzumni siqadigan idish bo’lib, oktabrda yerto’la yonini yangi vinoni hidi to’ldiradi. Nihoyat, har bir uyda otxona bo’lib, unda miniladigan va yuk tortadigan otlar va buqa, sigirlar, qo’ylari bo’lgan molxona, ularda har kun ertalab kvartaldagi cho’pon nay chalib ularni yig’adi, kechqurun uyiga haydab keladi. Mana shahar. Uni qishloq bosib olgan. U hatto uylarining ichlariga ham bostirib kirgan. U shaharlikning mehmonxonasiga kiradi. L.Fevr tarix fani uchun muhim mavzu bo’lgan folklorga jiddiy e’tibor berdi. U bu mavzuga bag’ishlab “folklor va folklorshunoslik” asarini yozdi. Fransiyada XX arning 20-yillarigacha bu sohaga e’tibor berilmagan. Faqat asrning o’ttizinchi yillaridan folklorga bu sohada muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Fransuz milliy muzeylarida xalq san’ati, hunar va odatlarining bo’limi paydo bo’ladi. 1928-yilda fransuz folkloriga bag’ishlangan ikki tomlik darslik yaratildi. L.Fevr folklorlarga ta’rif beradi: “Folklor nima o’zi? Juda ko’p ta’rif mavjud. Ularning ko’pi odamlar bilan oddiylikda shakllantirilgan qaysiki, ular “uncha uzoq bo’lmagan joyda izlash” tamoyiliga amal qiladi va albatta o’zi to’g’risida o’ylaydi. Yaxshisi va muhimi dalillarni yo’l-yo’lakay ularni ilmoq bilan turtib yig’ish kerak. Sentuve folklorlar-bu sivilizatsiylashgan xalqlarning an’analari va ularning qonunlari, asosan xalq to’g’risidagi fan. “Folklor darsligi” da shunday deyiladi: bu fan hamma narsa to’g’risida, nima og’zaki uzatilsa- bilimlar, usullar, retseplar, sirlar, qoidalar va urf-odatlar, so’z ifodalari va sueveriyalar, ertaklar, afsonalar va boshqalar – sivilizatsiyalashgan jamiyatlar a’zolari asosan xalq ichida tarqalgan. Xalq tushunchasini u aniq ifodalaydi. “Toza 73
xalq yo’q 68 ”- deydi u aniq ifodalab bergan holda. Toynbi geografik sohaga ham mulohaza beradi. Geografik ulkan bo’lgan hududdagi Kanada va Rossiya ulkan sivilizatsiya yaratgan. Nil va Yanszi havzasidagilar esa umuman boshqa holda yuz berdilar. Orol sivilizatsiyalar esa minoy, yapon, ellin sivilizatsiyalari. Aniq fanlar bu haqida to’liq ma’lumot bera olmaydi. Bu yerda u Shpengler bilan to’liq kelishadi. Olim A.Toyinbi va O.Shpenglerning sivilizatsiya konsepsiyalarini atroflicha tahlil qildi va ularga nisbatan o’z fikrini bildiradi. Chaqiruv va Javob (Challenge and Response) qonunlari u uchun juda muhimdir. Bu qonun kitoblarda – Gyote kitobi “Faust” Gyote va skandinav Voluspa (Vyolva bashoratlari) yoki Ipolet Evripid, Matfeya va Origendan Gyotega, apostol Pavel va Vergiliydan Tyurgoga qadar ularning asarlarida xudolar, yarim xudolar va pahlavonlar buyukligi aks etgan qarashlar mavjud.
Bu haqidagi qarashlar juda dag’al va qo’pol, chunki kuchsiz ta’sirdan iborat. Bu qarashlar sababini yumshoq iqlimli terdan qidirmaymiz. Masalan, yashash uchun qiyin bo’lgan yerlarda Kapuya uning nomi perfida Capua (makkor Kapuya yoki qonxo’r Kapuya ) xoinona Gannibal askarlarini tor-mor etgan edi. Bu qarashlar har yerda to’g’ri keladi. Misol uchun, Xuanxe va Yanszi daryolari oralig’i, And tog’lari Perudagi yerning o’zlashtirilishi qiyin kechgan. Attika Elladaning makoni bo’lgan bu davlatning Beotiya yuksalgan va yashillikka burkangan davri edi. Germaniya davlati Reynning yaxshigina muhitida emas, balki Brandenburglarning kuchi va mehnati bilan yaratilgan. Vavilon o’rniga Ossuriya, Hindiston esa uning janubida ya’ni Hind daryosi bo’yida. Bu qarashlar albatta tabiiy. Rim Allianing qulashidan paydo bo’lgan. Usmonlilar Anqara jangidan so’ng 150 yil o’tgach o’zini o’nglab olgan edi. “Toynbining tili bilan aytganda Stimuls of blows (zarba ta’siri) deyish mumkin. Shu bilan bir qatorda doimiy bosim ya’ni Stimuls of pressures (bosim ta’siri) mavjud bo’lgan. Xo’sh, Misr tarixida 2 siyosiy kuch shimoliy va janubiy hududlarda Misrning yuragiga, Fivaga qanday bosim o’tkazilgan? Qo’shni
68 Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 76 c. 74
davlatlarda ahvol qanday bo’lgan? Hindistonga nazar solamiz: Panjob bu Hindiston armiyasining asosiy qismida joylashgan shahar. Dehli esa Hindistonning madaniy markazi edi. Lekin bu shahar tashqi kuchlardan himoyalanmagan edi. Uyg`onish davrida ilm–fan shiddati hikoyaning davomi insoniyatning ilm fandagi taraqqiyoti bilan bog`liq. Men ya’ni Anri Berrom sizni Uyg`onishning boshlanishi haqida so`zlab hayratga solishim mumkin. Bu yerda uyg`onish haqida ishonchli ma’lumotlar keltirilgan. Qadimgi Greklarning geometriya sohasida Evklid, mexanikada Arximed, tibbiyot sohasida Gippokrat va Galen , kosmografiya va geografiya sohasida Polemey , fizika va tabbiy fanlar sohasida Aristotel kabi namoyondalar bor. Ilmlarning butun olami greklardan rimliklarga o`tdi, keyin esa bosqin ro`y berdi. Ilm osmonini tun qopladi. Antik davrining barcha boyliklari talandi. Asrlar o`tishi bilan na nazariy yutuqlari na texnik kashfiyotlardan asar ham qolmadi XV asr oxiri va XVI asr boshlarida ro`y bergan revolyutsiyaga qadar ahvol shunday davom etdi. Odamlar o`zlarining ma’naviy qashshoqliklarini sezishgandan keyin, bu holat ro`y berdi. Ular yo`qolib ketgan ma’naviy boyliklar qoldiqlarini tashlandiq kutubxonalar va monastr chordoqlardan topa boshlashdi. Keyin bu boyliklardan foydalanish boshlandi. Ular lotin tilini , fanini, o`rganish uchun foydasiz bo`lgan ammo diniy matnsiz grek tili va hatto qadimgi grek tilini ham yangidan o`rgana boshlashdi. O`z davrining fidoiy shaxslari eski qo`lyozmalarni kitob shakliga keltira boshlashdi va shunda Pifagordan Kopernik, Kopernikdan Kenler, Kenlerdan Galiley vujudga keldi. Bu vaqtda shuningdek, Andrey Veza o`z tajribalarining natijalarini Gippokrat an’analariga muvofiq birlashtirdi. Bularning barchasi tartibli mantiqiy va oddiy. “ Oddiy”-bu daxshatli so`z, tarixchilar bu so`zni nafaqat o`z lug`atlaridan balki aqllaridan ham chiqarib tashlashlari kerak.
75
“Tarix –bu inson haqidagi fanlardan biri. Zero insonga tegishli bo`lgan hech narsa oddiy emas. Xo`sh bu muammolar haqida bugungi kunda nima bilasiz? Biz endi “o`rta asrlar tuni “ haqida gapirmaymiz. Eruditlar qandaydir o`rta asr odami haqida gapirmaymiz. Bu ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega emas, qandaydir Jan yoki Benua 1820–yilda Dominikan ordenini olganda qo`lyozmalarining klassik matnidan u yoki bu fragmentni olgani muhim emas. Benua yoki Janning bu fragmentni qanday o`qib bergani muhim” 69 . Bunday antik matnlarni o`qigan o`rta asr odamlari xristianlikka teskari tushunchalarga qarshi borishgan. O`sha vaqtda xristianlikka e’tiqod “ ommaviy” edi . Odamlar o`zlarining barcha qiyinchiliklariga yechimni shu yo`l bilan topishga ishonar edilar. O`sha paytdagi “ Dunyo oynasi “, “ Olam ko`rinishi” , kabi risolalarda insonning ijtimoiy va shaxsiy, diniy va dunyoviy bir so`z bilan aytganda hayotdagi barcha voqea hodisalar qamrab olingan edi.Ularda inson bilan bo`g`liq barcha narsa tabiyat va fan, axloq, tarix, o`tmish, kelajak haqida, insoniyatning yaqin va uzoq kelajakdagi aniq maqsadlari haqida so`z yuritiladi. Inson bu kabi o`rta asr ensiklopediyalarini o`qib o`zi haqida hamma narsani bilishi mumkin edi. Bu davrda yirik arxitektura yutuqlariga ham erishildi. Klyunidagi Vezeliy cherkovi, Tuluzadagi Sen-Sernen cherkovi,bizning mashhur gotik cherkovlarimiz – Sharterda, Parijda , Reymsda qurildi. Kusiy, Pyer –Fon, Shato- Gayar kabi mashhur baronlar mustahkam qal’alar bunyod ettirdilar. Quruvchilar geometrik va mexanik masalalar, xomashyo ta’minoti, qurulish materiallarini ish joyiga ko`tarish haqida o`ylay boshladilar. Agar yaxshilab o`ylab ko`rilsa, diqqat bilan e’tibor berilsa, shu narsa aniq ko`rinadiki, ot minish odatlari qog`ozga kitob chop etish kabilar, bizning G`arb sivilizatsiyasidan olingan. Shuning uchun bizga uyg`onish davrida hamma narsa yangidan paydo bo`lgan deyishsa, biz yo`q bizda hech narsa yangidan paydo bo`lmagan, hech narsa
69
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 84
76
butkul yo`qolib ham ketmagan. Aksincha, bor narsalar rivojlanib hozirgi holatga kelgan deb javob beramiz . Antik davr kompilyatorlarining katta mashaqqati mahsuli o`rta asrlarga kelib qaysidir ma’noda yo`qotildi. Bu yerda kamdan – kam odamlarga ma’lum bo`lgan qandaydir qo`lyozmalar saqlanardi. Undan 300 chaqirim masofada boshqa qo`lyozma saqlanayotgan bo`lishi mumkin edi, lekin ularni solishtirish va taqqoslashga imkoniyat yo`q edi. Keyinchalik kitob chop etish vujudga keldi. Venetsiyada Aldo Manutsio qadimgi greklarning astronomik qo`lyozmalarni kitob holiga keltirdi. 1495-1498-yillarda Aldo Manutsiya Aristotelning asarlarini chop etdi. 1475-yilda Vichensey “ Kosmografiya” asarini xaritasiz, 1478-yilda esa xarita bilan chop ettiradi. Shvetsariyalik Gesner barcha ertakdagi va real jonivorlarni kataloglashtirdi. U bu sohada turli yozma manbalarga tayandi. O`simliklar haqida esa Brunfels “Flor “ ya’ni “ O`simliklar tasviri “ asarini 1531-1536- yillarda chop ettirdi. 1543-yilda ikkita buyuk asar dunyoga keldi: Kopernikning “Osmon sferasi haqida “ ,Vezaliyning “ Odam tanasining tuzulishi haqida “ asrlaridir. Xo`sh, Kopernik kim? U Pifagor ta’limotini davom ettirgan. Kopernik qadimgi mualliflar va zamondoshlarining ishlarini o`qib o`rgangan va ulardan o`zi yaratgan olam sistemasi bilan ajralib turgan. Bu vaqtda rasmiy bilimlar bilan birga universitet bilimlari, kasbiy bilimlar agar xohish bo`lsa, eretik bilimlardan ham voqif bo`lishgan. Bu yerda dono professorlar , Aristotel, Gippokrat, Galen, Ptolomey kabilarning izdoshlari bor edi. Shunday buyuk shaxslardan biri daho Leonardo da Vinchi edi. U o`z davrining barcha fan sohalarda yuksak natijalarga erishgan edi. Biroq odamlar XIX- XX asrlarda uning qo`lyozmalariga qiziqa boshladilar. Da Vinchi zamondoshlariga uncha taniqli bo`lmagan. Leonardo da Vinchidan biroz quyiroq pog`onada bo`lgan, “Qishloq glinasi“ asarining muallifi Bernar Palissi ham o`z davrining buyuk shaxslaridan edi. Yana bir olim, biroz eretik xarakterli Partsel alximiya sohasida mashhur edi.
77
Andrey Vezaliy biroq 1564-yil “ Pantagruel “ asarining beshinchi kitobini (Rabbleydan qolgan bu kitobning qanday o`lchovda yozilganini hech qachon bilolmaymiz ) o`ttizinchi bobida g`alati allegoriyaga duch kelamiz. Kichkina, xunuk, ko`zi ojiz qariya hamma narsani qulog`i bilan anglardi. U eshitgan bilimlarini doim vaysab yurar, lekin ularning to`g`ri yoki xatoligini na kitobdan, na so`zlovchidan tekshirib o`tirmasdi. Bu asar bilan Rabble o`z davrining olimlariga ishora qilgan. Kecha oldin nazariya, keyin fakt edi. Bugun esa oldin fakt keyin nazariya . “Tarixiy materializm manbalarida siyosiy va axloqiy omillarning zarar ko’rinishiga va xalqaro kelishmovchiliklarda iqtisodiy omillarning rolini kattalashtirishga urunishadi” 70 deb yozadi kitobining 212 – betida. Xo’sh bu yerda tarixiy materializmning nima axamiyati bor? U yoqdan bu yoqqa ko’chib yuradigan bu sodda qarashlarni qanday tushunish mumkin? Ikkilanishga o’rin yo’q. O’zingiz ayting, 1914-yildagi urushga qadar ahvol bunchalik emas ediku. 1920-1940-yillarda esa voqealar o’z cho’qqisiga yetdi . Ranke kabi olimlarning fikrlaridan voz kechadigan bo’lsak, uning fikricha faktlarni shunchaki o’z-o’zidan yaratish mumkin. Biz fizik va tarixiy haqiqatni shunchaki ichki hissiyotlar bilan bilishimiz mumkin. Tarixiy haqiqatni tadqiq qilishni tarixiy jarayonning ( birinchi faktlarni bilib olish so’ngra uni qayta ishlash ) sxemasini hozirda texnik jihatdan ishlashmoqda. Tarixchilar oddiydan murakkablikka boradigan faktlarni muhokama qilmasligi uni pog’onama-pog’ona tadqiq qilishlari lozim. Tadqiqotlarimiz tartibi chegaralangan bo’lishi lozim. Shu nuqtai nazardan qaralganda tadqiqot va unga kirish amaliyotga tadqiq qilinishi lozim. Sizning fanga qarashingizda - teoriyalar mavjuddir. Tan olib qarasak, men bunda biror bir muhokamali narsa ko’rmadim.
70
78
Bir safar shunday so’zlarga ko’zim tushdi: “Nozariya bu o’ylangan tadqiq etilgan konstruktiv fanga bo’lgan qiziqish o’ylangan faktlarga bo’lgan munosabat qisqa qilib aytganda fanning yo’nalishi qonunlar yaratishda emas balki, yangi tabiiy jarayonini olib borish . Bu gaplar kimga tegishli ekan bu biolog Entonning do’sti biolog Frepon tilidan aytilgan. “O’tib ketdi u damlarni Lui Lopik sog’inadi. Fransua Mojandining qarashlari juda eskirdi. Fransua Mojandi shunday degan edi: “Men har yerda xuddi tilanchi kabi yangilik qidiraman. U yer ya’ni barcha tarixchilar uchun hatto yangilari uchun ham xuddi labirint tirik tarix unda mavjuddir” 71 . Tarixchi uchun umuman qiziq bo’lmagan narsa biolog uchun juda qadrli bo’lishi mumkin. Tadqiqotchi hech qachon tarix sohasida tadqiqot olib borish uchun hech qachon karta, kompassiz bir o’zi xudoga tavakkal qilib tadqiqot olib bormasligi lozim. Tarixchi tadqiqotlari kimdadir keng, kimdadir jo’n, kimdir uni xuddi qasr kabi, qo’rg’on kabi o’rab olgan. Tadqiqotchilarning ko’pi qo’lini baland ko’tarib “Qasri uchun nimalar qilganini ko’rsatadi”, lekin bu to’g’ri xulosa emas, chunki hech narsa aniq o’lchanmagan. Qasr qurish uchun arxitektor chaqirilib uning loyihasi tuziladi, dastavval joy tanlanadi. Shunday qilib, loyihadan boshlasak. Loyiha eng muhim va kuch sarflaydigan qism. Shunday qilib, biz “jamoaviy tadqiqot”ga qaytsak, biz uni yoddan chiqarmagan edik. Universallik vaqti o’tib ketdi. Har yer va har sohada bizga aytishadiki :“Jiar oxirgi materialist edi”. Yoki “Silven Lovi indologlarning oxirgisi edi”. Muhokamaga asos yo’q lekin nima kelib chiqadi? Aleksandrning o’limidan so’ng uning davlati bo’linib ketishi. Umuman aytganda shunday odamlar paydo bo’lishi kerak ediki, ular imperiyaning alohida qismlarini bo’ysundirishi kerak edi” 72 , deydi. Silven Levi Bu faqatgina shu fakt emas, men boshqasini ham
71
72
Люсьен Февр. Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 52
79
ko’rayapman. Aleksandr davlatining hokimiyatini uning vorisiga qoldirib, 5-6 maslahatchiga hukumat bilan birgalikda ish olib borsa, ular: sarkarda, diplomat, xazinachi va boshqalar. Shunday qilib, tarixchi barcha ma’lumotlarni birlashtirib, tadqiq etib, so’ng uni ishga solishi lozim. Tarixchi dalillarni olib barcha mutaxasislar bilan birgalikda texnik, ilmiy ishlar bilan va kimyo, ekonomika va boshqa fanlar bilan tanishgan bo’lishi aniq tasavvurda bo’lishi lozim. Har bir savolga javob va ularning bog’liqligi yuzasidan aniq fikrda bo’lishi lozim. Misol uchun Lyudovik XV ning va uning zahar ichgan Bordja oilasi xususidagi hikoyasi. Biz bu sohada biroz yaqinlashmoqchi bo’lsak avvalambor, tomonlarning fikri bilan albatta qiziqishimiz lozim. Boshqalarning tadqiqotlari bilan doim aloqada bo’lishimiz lozim. O’z sohasida yuqori cho’qqilarga erishgan olimlarning tadqiqotlarini o’rganib chiqishimiz lozim. M.Blok va L.Fevr metodologiyasida tarixdan tadqiqot olib boruvchi tadqiqotchilar uchun quyidagi yo’riqnomalarni o’zlashtirish mumkin: - o’tmish tarix bu faqat siyosiy voqealar, siyosiy tuzum va tuzulmalar hamda siyosiy arboblar faoliyati to’g’risidagi tarix bo’lib qolmasligi kerak. - insoniyat o’tmish tarixi oddiy odamlar faoliyati tufayli yuzaga keladi. O’tmish odamlarni hyoti turmush-tarzi tashvishlari quvonchli kunlari psixologiyasi tarixiy tadqiqotning obyekti bo’lishi kerak. - insoniyatning o’tmish tarixi- bu turli etnoslar xalqlarning alohida-alohida rivojlangan tarixiy yokiy har bir halq millat yahlit bir sivilizatsiyani tashkil etadi. Har bir xal, millat o’z sivilizatsiyasiga ega va uni ana shu sivilizatsiya asosida o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling