Udk 94(4/9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana24.11.2020
Hajmi0.86 Mb.
#151197
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari m.blok va l.fevr tadqiqotlari misolida.


 Rajabov  R.,  Shirinovna  F.  “Tarix  fani  metodologiyasi  nima  u?”,  Rahmonov  T. 

“Tarix  fani  tadqiqot    metodikasi  ”,  Esonov  M.“Tarix  darslarida  yangi  ilmiy 

g`oyalardan  foydalanish”,  Kamolov  B.  “Darsliklar  va  unda  uchraydigan  ayrim 

kamchiliklar”,  M.Xaydarov  “Halokatga  sabab  bo’lgan  ta’limot”,  B.  Jumayev. 

Tarix,  shaxs  va  tarixiy  ong.    I.G’afurov.  Fridrix  Nitsshe  “Zardusht  tavallosi”,  Q. 

Shonazarov  “Tarix  kursini  ongli  va  faol  o’zlashtirish  vositasi”,    B.  Jumayev 

“Tarix, shaxs va tarixiy ong”, B. Aminov “Tarix fanining dastyori”,   B. Xo’jayeva 

“Tarix  va  shaxs:  dialektik  bog’liqlik”,

 

Qoraboyev  T.“O’quvchilarni  mustaqil 



fikrlashga  o’rgatish”,  G.Qobulniyozova  “Nitsshe  va  hukmronlik  g’oyasi”  , 

T.Xamroyevning  “Tarixiy  taraqqiyot  va  ijtimoiy  tasavvur”



6

 

va  boshqa  ilmiy 



maqolalarda tarixni o’rganish muammolariga malum darajada etibor qaratilgan. 

Tadqiqotning 

metodologik 

asosi: 

 

O’zbekiston 



respublikasi 

Konstitutsiyasi,  O’zbekiston  respublikasi  prezidenti  I.A.Karimovning  tarixchi 

olimlar  bilan  1998-yilda  tarixchi  tadqiqotchilar  va  tarixni  o’qitishga  qo’ygan 

metodologik  talablari  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”  gi 

qonuni,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  hamda  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  ta’lim-tarbiya  tizimini  rivojlantirish,  yoshlarning 

ma’naviy  kamolotini  ta’minlashga  yo’naltirilgan  qarorlari,  mavzuga  doir  tarixiy, 

ilmiy-pedagogik manbalar. 

                                                             

6

 



Qarang. Rajabov R., Shirinovna F. “Tarix fani metodologiyasi nima u?”// Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar 

fanlar. –Toshkent, 2014 y.- №1. B.20-23. Rahmonov T. “Tarix fani tadqiqot  metodikasi ”// Xalq ta`limi. 2003-yil. 

Esonov M. “Tarix darslarida yangi ilmiy g`oyalardan foydalanish” //Xalq ta`limi№6, 2006y. Kamolov B. Darsliklar 

va unda uchraydigan ayrim kamchiliklar// Xalq ta’limi.2015 y.,  №1., 10.Qoraboyev T.“O’quvchilarni mustaqil 

fikrlashga o’rgatish”//Tafakkur. 2011-yil. 3-son 114-bet. Xaydarov M. “Xalokatga sabab bo’lgan ta’limot” // 

Tafakkur. 2009-yil №2. 84-bet. Jumayev B. Tarix, shaxs va tarixiy ong. // Tafakkur.-Toshkent, 2014.- № 2.- B. 87-

88. G’afurov I. Fridrix Nitsshe “Zardusht tavallosi”. // Tafakkur.-Toshkent, 1995-y.- № 1.- B. 91.  

Aminov B.  “Tarix fanining dastyori” // Tafakkur.-Toshkent, 2010.- № 4.- B. 69-71. Xo’jayeva B. “Tarix va shaxs: 

dialektik bog’liqlik” // Tafakkur.-Toshkent, 2012.- № 3.- B. 113-114.   T.Xamroyev.“Tarixiy taraqqiyot va ijtimoiy 

tasavvur”  //  Tafakkur.-Toshkent,  2004.-  №  1.-  B.  112-113.    Qoraboyev  T.“O’quvchilarni  mustaqil  fikrlashga 

o’rgatish”//Tafakkur.  2011-yil.  3-son  114-bet.  Qobulniyozova  G.  “Nitsshe  va  xukmronlik  g’oyasi”  //  Tafakkur. 

2010-yil  №2.  92-bet.  B.Xo’jayeva  “Tarix  va  shaxs:  dialektik  bog’liqlik”  //  Tafakkur.-Toshkent,  2012.-  №  3.-  B. 

113-114.  Xamroyev T.“Tarixiy taraqqiyot va ijtimoiy tasavvur” // Tafakkur.-Toshkent, 2004.- № 1.-B. 112-113. 

 

 


13

 

 



Tadqiqotning  metodlari:    Tarixiy,  analiz,  sintez,  qiyosiy  tahlil,  qiyosiy-

retrospektiv, diaxron metodlar. 



Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. 

Tarix,    fani  metodologiyasini  hozirgi  kunda  rivojlanishida  ilmiy-nazariy 

jihatdan fan yangiliklarini tadbiq etish, milliy tarix fani metodologiyasining hozirgi 

jahon  tarix  metodologiyasini  erishgan  yutuqlarini  o’zlashtirish  uchun  bu  tadqiqot 

nazariy  ahamiyat  kasb  etadi.  Tarix  fani  metodologiyasida  mavjud  bo’lgan 

yutuqlarni,  muammolarni  bilish  va  tadqiq  qilish  muhim  o’rin  tutadi.  Tarix  fanini 

o’qitishda jahon fanida e’tirof etilgan zamonaviy o’qitish metodologiyasini tadbiq 

etish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Tarix  fanini  o’qitishda  M.Blok  va  L.Fevr 

metodologiyasini  tadbiq  etish  muhim  o’rin  tutadi.  Tadqiqot  natijasida  olingan 

amaliy-nazariy  natijalarni  xolisona,  tanqidiy  o’rganish  milliy  tarix  fanida  olib 

borilayotgan keng ko’lamli tadqiqot ishlarini ilmiy-nazariy metodologik to’la qonli 

bo’lishini  taminlaydi.  L.Fevr  va  M.Bloklarning  tarix  fani  metodologiyasi  va 

metodi  to’g’risida  ilgari  surgan  g’oyalarni  o’rganish  va  tahlil  qilishdan  olingan 

natijalarini o’quv jarayoniga tadbiq etish mumkin. 



Tadqiqot  natijalarini  amalga  tadbiq  etish.    Ilmiy  tadqiqot  natijalaridan 

tarix  o’qitish  metodikasi  ta’lim  yo’nalishining  (bakalavryat)  ijtimoiy-gumanitar  

fanlarini  o’qitishda,  tarix  o’qitish  metodikasi  mutaxassisligida  o’rganiladigan  

“Tarix fani metodologiyasi” , “Tarix fanlarini o’qitish metodikasi: Tadqiq va tahlil 

usullari”,  “Mutaxassislik  fanlarini  o’qitish  metodikasi”    kabi  fanlarini    o’qitishda 

foydalanish mumkin.  Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishida ilmiy izlanishlar olib 

borayotgan  tadqiqotchilar  uchun  zarur  bo’lgan  metodologik  adabiyotlardan  biri  

bo’ladi.                                                                                                                                               



Dissertatsiyaning  tuzilishi  va  hajmi.    Dissertatsiya  kirish,  3  bob,    6 

paragraf,    ishning  hajmi  84  sahifali  matn,  xulosa  va  foydalanilgan  adabiyotlar 

ro’yxatidan iborat. 

  


14

 

 



1 BOB. ZAMONAVIY TАRIX TA’LIMINING  METODOLOGIK 

MUAMMOLARI 

1.1. Tarix fani metodologiyasidagi ijobiy o’zgarishlarning tarix ta’limini 

samaradorligini taminlashdag o’rni. 

Mustaqillikga  erishgandan  so`ng  tarixiy  ong,  tarixiy  xotirani    qayta  tiklash 

va rivojlantirish asosida milliy o`zligimizni anglash, milliy ma`naviyatimizni o`sishi 

va rivojlanishi uchun chinakam sharoit va qulay imkoniyatlar vujudga keldi. Milliy 

uyg`onish, 

keng 


qamrovli 

o`zgarishlar 

davri 

boshlandi. 



Prezidentimiz 

I.A.Karimovning  “Haqqoniy  tarixni  bilmasdan  turib  esa  o’zlikni  anglash  mumkin 

emas”  iborasidan,  shu  kunlarda  yoshlarni    milliy  qadriyatlarni,  milliy  iftixorni  va 

milliy  o`zlikni  anglashida  ta’lim  tizimida  tarix  darslarini  vositachi  sifatidagi  o’rni 

naqadar  muhimligini  payqash  mumkin.  Ma`lumki,  zamonlardan-zamonlarga, 

ajdodlardan  avlodlarga  moddiy,  madaniy,  ma`rifiy-ma`naviy  boyliklar,  ajoyib 

an`analar,  meros  bo`lib  o`tadi.  Shu  bilan  birga,  sho’rolar  davridan  bizlarga  o`z 

qadriga  yeta  bilmaslik,  tarixiy  gumrohlik,  ruhiy  tushkunlik,  milliy  parokandalik, 

ma`naviy qashshoqlik, ona tili bo`yicha chalasavodlik singari ijtimoiy illatlar meros 

bo`lib qoldi. Mustaqillik yillarida tarix ta’limidagi tub o’zgarishlar bu muammolarni 

hal qilishga imkoniyat tug’dirdi.  

Hozirgi  kunda  tarix  fanini  o’qitish  metodologiyasida  yangilanish  jarayoni 

jadal  bormoqda.  Tarix  fani  metodologiyasining  tubdan  yangilanishi,  tarixni  qayta 

qurish  ehtiyojini  tug’dirdi.  Shu  o’rinda  prezidentimiz  ta’biri  bilan  aytganda 

”Umuman,  men  fanni  ilg’or,  taraqqiyot,  progress  degan  so’zlar  bilan  yonma-yon 

qabul  qilaman.  Fanning  vazifasi  kelajagimizning  shakli-shamoyilini  yaratib  berish, 

ertangi  kunimizning  yo’nalishlarini,  tabiiy  qonuniyatlarini  uning  qanday  bo’lishini 

ko’rsatib  berishdan  iborat,  deb  tushunaman.    Fan  jamiyat  taraqqiyotini  olg’a 

siljituvchi  kuch,  vosita  bo’lmog’i  lozim”

7

   O’zbekiston  mustaqilligining  dastlabki 



kunlaridan tarix fani nazariyasini o’zgartirish sohasida qiyinchilik bilan ilk qadamlar 

tashlandi.  Ayniqsa,  vatan  tarixini  o’rganishda  uni  o’rganishni  metod  va 

                                                             

7

 Karimov I. “Adolatli jamiyat sari”  T.:, O’zbekiston.1998-y. 58-b. 



15

 

 



metodologiyasini o’zgartirishda tub burilishlar yuz bermoqda.  

Tarixni  o’rganish  va  bu  fanni  o’qitishning    jamiyat  taraqqiyoti  va 

millatimizning o’zligini anglashdagi nufuzli o’rniga M. Behbudiy, A. Fitrat XX asr 

boshlarida  o’z  asarlarida  atroflicha  ahamiyat  bergan  edilar.  Ular  tarix  fanini, 

ayniqsa,  millatimiz  tarixini  o’rganishga  da’vat  qildilar.  M.  Behbudiy  shunday 

yozgan  edi:  “Hozirgi  dunyoda  yashash,  ziyoli,  komil  va  odil  bo’lish  uchun  o’z 

vatani va o’z tarixini o’rganish da’vati bilan chiqish lozim”. Jadidlar milliy o`zlikni 

anglashda  tarix  fanini,  tarixiy  ong,  tarixiy  xotirani  muhim  o`rin  tutganligini 

tushungan  edilar”

8

.



 

Ular  millatning  o’tmish  tarixini  o’qitishga  chaqirdilar.  Tarix 

ta’limining  metodik  ta’minoti  yuqori  darajada  shakillantirish  zaruriyatini 

aniqladilar.  Lekin  ularning  bu  maqsadlari  faqat  mustaqillikka  erishilgandan  so’ng 

prezidentimiz tashabbusi  va rahnamoligi asosida amalga oshdi. Hozirgi kunda tarix 

ta’limi davlat ta’lim standartlarida qo’yilgan talablar asosida amalga oshirilmoqda. 

Bugungi  kunda  milliy  tarix  fanimizdagi  ilmiy  tadqiqotlar  ta’limiga  ham 

tadbiq etilmoqda. Jamiyatning barcha sohalarida jumladan ta’lim sohasida islohotlar 

tomon  yo’l  tutildi.  Barcha  fanlar  kabi  tarix  fanini  o’qitishda  ham  tub  o’zgarishlar 

davri  boshlandi.  Yangi  jamiyat  qurishda  tarix  fani  yoshlarni  milliy  mafkura 

g’oyalari  ruhida  tarbiyalashda,  yoshlarda  tarixiy  bilim  va  tarixiy  xotirani 

shakllantirishda tarix ta’limi yetakchi o’rinni egallaydi.  

Tarix  ta’limining  eng  muhim  vazifalaridan  biri  yoshlarda  tarixiy  xotirani 

shakillantirishdir.  Chunki  tarixiy  xotirasi  bo’lgan  millat  kuchli  bo’ladi. 

Prezidentimiz  shunday  ta’kidlagan  edi.  “Tarixni  unutgan  xalq,  jamiyat  o’z  yo’lini 

yo’qotadi. Bunday xalq va jamiyatning kelajagi yo’q”

9

. Haqiqatan ham, hozirgi XXI 



asr  boshlarida  globallashuv  kuchaygan  davrda  millat  va  xalqlar  uchun  o’z  tili, 

madaniyati,  urf-odat,  an’analarni  yo’qotish  xavfi  tug’ildi.  Bu  xavfni  oldini  olishda 

millatni o’zligini muhim o’rin tutadi.  

                                                             

8

 Rajabov R.  Tarix fanining metodologik asoslari: T.:, Istiqlol. 2013. 24- b. 



9

 Karimov I. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish- eng oliy saodatdir. T.:, 

O’zbekiston. 2015. 109-b. 


16

 

 



Sovet  davri  tarix  darsliklari  o’tmishdagi  xunrezlik  voqealari,  urush  va 

vayronagarchiliklar haqidagi voqealar bilan to’ldirib tashlashgan, bundan tashqari 

butun-butun  millatlar  tarixi  umuman  insoniyat  tarixi  urushlar,  xunrezliklar,  bir-

birini  mavh  etish  va  qatl  qilishdan  iborat  qilib  ko’rsatildi. 

Shundan  kelib  chiqqan 

holda,  darsliklarda  o’quvchilarga  soxta  bilim  berildi  va  o’qitildi.  Tarixiy  haqiqat 

va  tarixiy  voqeliklarni  buzib  ko’rsatishdi.  Natijada  o’quvchilar  ongida  o’tmish 

tarixi  hukmron  mafkura  manfaatlariga  mos  gavdalantirildi.  O’tmish  milliy, 

madaniy-manaviy madaniyati yutuqlari tog’risida uzuq-yuluq malumot berildi.

  

O’zbekiston  tarixini  jahon  tarixi  bilan  qiyosiy  tahlil  qilish  asosida  o’qitish 



bilan  olib  borish  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Misol  uchun  o’rta  maktab  tarix 

ta’limida 6-sinf tarix  o’quv darsligida O’zbekiston tarixi  va jahon tarixi birgalikda 

yoritilgan.    Lekin  bizning  fikrimizcha  bu  o’quv  darsligida  ayrim  mavzular 

yoritilmagan. Misol uchun mill. Avv. IX-VII asrlarda Kavkazortida mavjud bo’lgan 

mitti  Urartu  davlati  to’g’risida  ma’lumot  beriladi.  Lekin  insoniyat  sivilizatsiyasida 

ulkan o’rin egallagan va bir necha ming yil davomida shimoliy Xitoydan shimoliy 

Qora  dengiz  bo’yigacha  bepoyon  cho’l  va  dashtliklarda  mavjud  bo’lgan,  yuzlab 

davlat  va jamiyatlarga  o’z ta’sirini  o’tkazgan sak-skif siviliztsiyasi to’g’risida biror 

bir ma’lumot berilmagan. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  shunday  ta’kidlagan  edi:  “Mustaqilligimizning 

dastlabki  kunlaridanoq  ajdodlarimiz  tomonidan  ko`p  asrlar  mobaynida  yaratilgan 

g`oyat  ulkan,  bebaho  ma`naviy  va  madaniy  merosni  tiklash  davlat  siyosati 

darajasiga ko`tarilgan, nihoyatda muhim vazifa bo`lib qoldi”

10

. Keyingi yigirma  yil 



ichida  “Jahon  tarixi”  fanida  murakkab  nazariy-ilmiy  muammolar  ko’tarila 

boshlandi. Ko’pgina sobiq sho’ro respublikalari jumladan, bizning respublikamizda 

ham  tarix  ta’limining  yangi  konsepsiya  asoslari  aniqlandi.  Bu  konsepsiya  intensiv 

fundamental  o’qitishni  ko’zda  tutadi.  Tarix  mantig’i  o’quv  predmeti  tarix  fani 

mantig’iga,  ilmiy  bilimlar  harakati  mantig’iga  to’g’ri  kelishi  lozim.  Shuningdek, 

tarixni o’z vataniga sodiq  vatanparvar fuqaroni shakllantirishdek tarbiyaviy vazifasi 

                                                             

10

 Rajabov R.  Tarix fanining metodologik asoslari: T.:, Istiqlol. 2013. 25- b. 



17

 

 



o’z ustuvor ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Shu bilan birga oliy o’quv yurtlarida tarix 

fanini  o’qitishning  asosiy  maqsadi  talabalarni  bilim,  ko’nikma  va  uni  o’rab  turgan 

dunyoga mos erkin yo’nalish qobiliyatini shakllantirishdir.  

Prezidentimiz  Islom  Karimov  1998-yil  tarixchilar  bilan  uchrashuvida 

quyidagilarni  ta’kidlagan  edi:  Ahvol  shu  darajaga  borgan  ediki,  o’z  tariximizni 

o’zimiz  yozish  huquqidan  mahrum  bo’lib,  birovlar  tomonidan  yaratilgan  tarix 

darsliklarini  o’qir  edik,  «SSSR  tarixi»  deb  atalgan  darslikda  O’zbekistondek 

mamlakatga  bor  yo’g’i  uch-to’rt  sahifa  o’rin  berilib,  tarixiy  voqealar  va  shaxslar 

haqida  noxolis  fikrlar  aytilar  yoki  umuman  lom-mim  deyilmasdi.  Fandagi  bunday 

itoatkorlik,  ko’zbo’yamachilikni  bugun  eng  olis  qishloqlarda  yashayotgan  oddiy 

fuqaro  ham,  maktab  o’quvchisi  ham  yaxshi  biladi.  Endi  mustaqillik  tufayli  yaqqol 

namoyon bo’layotgan tarixiy haqiqatni bilishga, o’zligini anglashga chanqoqlikning 

tub  sabablari  mana  shunda-deb  o’ylayman”.  Hozirgi  kunda  tariximizni  to’g’ri  va 

batafsil  yoritishimizda  jahon  tarixi  fani  yutuqlarini  o’zlashtirishimiz  zarur.  Jahon 

tarixining milliy o’zlikni anglashdagi o’rni, ularning o’zaro uyg’unligi muammosini 

o’rganish  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Hozirgi  kunda  millatimiz  tarixiy  ongini 

shakllantirishga  katta  e`tibor  berilmoqda.  O’zbekiston  mustaqillikning  birinchi 

kunlaridayoq  o’tmish  tarixiy  taraqqiyotining  haqiqatini  tiklash  boshlandi.  O’quv 

soatlari  qayta  ko’rib  chiqildi.  Tarix  o’qituvchisi  tarixni  o’qitishning  yangi 

metodologiyasini o’zlashtira boshladi. 

Milliy  tarixning  yoritilmagan  sahifalarini  o’rganish  tomon  muhim  qadam 

tashlandi. 

Prezidentimiz 

I.A.Karimov 

shunday 

ta’kidlagan 

edi: 

“Mustaqilligimizning  dastlabki  kunlaridanoq  ajdodlarimiz  tomonidan  ko`p  asrlar 



mobaynida  yaratilgan  g`oyat  ulkan,  bebaho  ma`naviy  va  madaniy  merosni  tiklash 

davlat  siyosati  darajasiga  ko`tarilgan,  nihoyatda  muhim  vazifa  bo`lib  qoldi”

11



Keyingi  yigirma  yil  ichida  “Jahon  tarixi”  fanida  murakkab  nazariy-ilmiy 



muammolar  ko’tarila  boshlandi.  Ko’pgina  sobiq  sho’ro  respublikalari  jumladan, 

bizning respublikamizda ham tarix ta’limining yangi konsepsiya asoslari aniqlandi. 

                                                             

11

 Rajabov R.  Tarix fanining metodologik asoslari: T.:, Istiqlol. 2013. 25- b. 



18

 

 



Bu konsepsiya  intensiv fundamental  o’qitishni ko’zda tutadi. Tarix  mantig’i o’quv 

predmeti  tarix  fani  mantig’iga,  ilmiy  bilimlar  harakati  mantig’iga  to’g’ri  kelishi 

lozim.  Shuningdek,  tarixni  o’z  vataniga  sodiq    vatanparvar  fuqaroni 

shakllantirishdek tarbiyaviy vazifasi o’z ustuvor ahamiyatini yo’qotgani yo’q.  

Prezidentimiz  Islom  Karimov  1998-yil  tarixchilar  bilan  uchrashuvida 

quyidagilarni  ta’kidlagan  edi:  Ahvol  shu  darajaga  borgan  ediki,  o’z  tariximizni 

o’zimiz  yozish  huquqidan  mahrum  bo’lib,  birovlar  tomonidan  yaratilgan  tarix 

darsliklarini  o’qir  edik,  «SSSR  tarixi»  deb  atalgan  darslikda  O’zbekistondek 

mamlakatga  bor  yo’g’i  uch-to’rt  sahifa  o’rin  berilib,  tarixiy  voqealar  va  shaxslar 

haqida  noxolis  fikrlar  aytilar  yoki  umuman  lom-mim  deyilmasdi.  Fandagi  bunday 

itoatkorlik,  ko’zbo’yamachilikni  bugun  eng  olis  qishloqlarda  yashayotgan  oddiy 

fuqaro  ham,  maktab  o’quvchisi  ham  yaxshi  biladi.  Endi  mustaqillik  tufayli  yaqqol 

namoyon bo’layotgan tarixiy haqiqatni bilishga, o’zligini anglashga chanqoqlikning 

tub sabablari mana shunda-deb o’ylayman”.  

Mustaqillik  yillarida  o’zbek  olimlari  tariximizning  muhim  sahifalarini  eng 

avvalo,  davlatchiligimiz  Temuriylar  davri,  XIX  asr  oxiri  XX  asr    boshlaridagi 

xalqimizning  milliy  ozodlik  kurashi  tarixini  yangidan  kashf  etdilar.  «Kishilik 

jamiyati  tarixini,  tarixiy  voqea-hodisalarni,  ma’naviy  hayotni  o’rganishning  muhim 

nazariy metodologik asoslaridan biri jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib beruvchi 

dialektik  metoddir.»

12

   O’zbek  xalqining  ijtimoiy-  siyosiy,  ma’naviy-  ma’rifiy 



hayoti,  avvalo,  Markaziy  Osiyo  xalqlari,  qolaversa,  bashariyat  tarixi,  ma’naviy-

madaniy  hayoti  bilan  chambarchas  bog’langan.  Qadim  zamonlardan  yaqin 

yillargacha  Vatanimiz  Afg’oniston,  Eron,  shimoliy  Hindiston  kabi  mamlakatlar 

bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lib keldi. Bu katta hududda yashovchi 

urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatidan doimo o’zaro ta’sir va aloqada bo’lganlar, 

qo’shilish  jarayonini  boshdan  kechirganlar.    Ularni  ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy, 

ma’naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan.   

Shu sababli, Vatan tarixini o’rganishda ushbu qo’shni hududlar tarixi  bilan 

                                                             

12

 Rajabov R.  Tarix fanining metodologik asoslari: T.:, Istiqlol. 2013. 279- b. 



19

 

 



bog’liq  holda  o’rganish    zarur.  Shu  boisdan  qozoq,  qirgiz,  qoraqalpoq,  turkman, 

tojik,  fors,  afg’on,  hind,  arab  va  boshqa  xalqlar  tarixini,  ijtimoiy-  siyosiy  va 

ma’naviy  hayotini  qanchalik  yaxshi  bilsak,  u  O’zbekiston  xalqlari  tarixini 

shunchalik  chuqur,  har  tomonlama  o’rganishga  imkon  yaratadi  va  ko’maklashadi. 

O’zbekiston  tarixi  fanini  o’rganish,  tahlil  etish  va  yoritishda  xolisona,  haqqoniy 

yondashuv muhim metodologik qoidadir. 

Tarix  ta’limida  tarixiy  voqea-hodisalarni  eski  metodologiya  asosida  emas, 

balki  dunyo  tarixida  e’tirof  etilgan  ta’limot  va  konsepsiyalar  asosida  yoritish 

vazifasi  hal  qilingan.

   


Tarix  ta’limida  hozirgacha  qadimgi  yunon-rim 

sivilizatsiyasiga  berilgan  soatlar  sivilizatsiya  beshigi  bo’lgan  besh  ming  yillik 

tarixga ega Sharq sivilizatsiyasidan ko’ra ko’proq. Endilikda bizning fikrimizcha bu 

farqni tuzatish vaqti keldi.  



   Mustaqillik    sharofati  bilan  tarixiy  tadqiqotlarga  metodologik  yondashuv 

shu  o’rinda  Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek,  “....fanni  ilg`or, 

taraqqiyot,  progress  degan  so`zlar  bilan  yonma-yon  qabul  qilaman.  Fanning 

vazifasi  kelajagimizning  shakli  -  shamoyilini  yaratib  berish,  ertangi  kunimizning 

yo`nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo`lishini ko`rsatib berishdan 

iborat,  deb  tushunaman.  Odamlarga  mustaqillikning  afzalligini,  mustaqil 

bo`lmagan millatning kelajagi  yo`qligini, bu tabiiy bir qonuniyat  ekanini isbotlab, 

tushuntirib  berish  kerak.  Fan  jamiyat  taraqqiyotini  olg`a  siljituvchi  kuch  vosita 

bo`lmog`i  lozim”

13

.-  degan  ko’rsatmalaridan  kelib  chiqadi.  Bu  ko’rsatmalar 



quyidagi  vazifalarni  belgilaydi:  Tarix  ta’limida  hozirgi  zamon  voqeliklariga 

murojaat  qilish  asosida  o’quvchi-talabalarning    ijtimoiy  tafakkuriga  hayotni  idrok 

etishning  mavhum  va  aqidaparastlik  qoliplarini  yengib  o’tishni,  mustaqil  fikr 

yuritish  va  ro’y  berayotgan  hodisalarni  baholay  olish  qobiliyatini  talab  qiladi. 

Tarixiy  ongning  milliy  o’zlikni  anglashdagi  ta’siri  mafkuraga  ham  bog’liq.  Zero 

tarixiy ong va mafkura bir-biridan ajralmasdir.  

                                                             

13

 Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T. “Sharq” 1998, 26-bet 



20

 

 



Tarix fani metodologiyasidagi ilmiy tadqiqotlarni o’quv jarayonida tadbiq etish 

tarix  ta’limini  samaradorligini  oshirishga  yordam  beradi.  Tarix  fani  sohalaridagi 

ilmiy tadqiqotlarda mafkuradan xoli, ammo tadqiqotchilarni samarali olib borilishiga 

ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi ma`lum qoida, metod va tamoyillarga e`tibor berilsa yaxshi 

natijalarga  erishish  mumkin.  Tarix  fani  ilmiy  tadqiqotlarida  quyidagi  uslub  va 

tamoyillar  katta  ahamiyat  kasb  etadi:    Tadqiqotchi  ilmiy  ishini  yozishda  avvalo 

ilmiylik  uslubi  va  qoidasiga  amal  qilmog’i  kerak.  Ilmiylik  metodi  dalil,  voqea 

shaxslar  yoki  boshqa  muhim  ob`ektlar  faqatgina  ma`lumot  uchun  o’rganilmay, 

voqealarning  natijasiga  sabab bo’ltan  jihatlariga,  oqibati  va  umuman  mavzuga  ilmiy 

baho  beriladi.  Bugungi  va  kelajakda  amaliy  ahamiyat  kasb  eta  oladigan  saboqlar 

chiqariladi, voqealar chuqur mulohaza etiladi. 

Tarix  fani  ilmiy  tadqiqotlarida  hamda  tarixni  o’qitishda  tarixiylik  tamoyil 

muhim  o’rin  tutadi.  Tadqiqotning  aniq  tarixiy  dalillarga  tayanib,  o’tmish  tarixini 

xolisona  bilish  mumkin.  Buning  uchun  esa  to’plangan  dalillar  boshqa  shu  mavzuga 

o’xshash  va  daxldor  manba  va  tadqiqotlar  bilan  taqqoslanishi  kerak.  Bunda  o’z-

o’zidan  taqoslash  metodikasi  kelib  chiqadi.  Ushbu  qoida  esa  tadqiqotchidan 

ehtiyotkorlikni  talab  etadi.  Tadqiqotchi  biror  dalil  ortidan  ergashib  ketmasligi, 

o’zining aniq fikriga ega bo’lishi va salbiy va ijobiy jihatlarini hisobga olib mavzuga 

baho  berishda  har  ikkisidan  birini  kuchaytirib  yubormasligi,  ya`ni  voqeaning  salbiy 

yoki ijobiy jihatini bo’rttirmasligi kerak. 

Tadqiqotchi  va  tarix  o’qituvchisi  o’tmishni  yaratishda  tarixiylik,  xolisiylik  va 

ilmiylik  tamoyillaridan  og’ishmasligi  tarixiy  haqiqatni  yuzaga  chiqarishda  ustuvor 

o’ringa ega.  Sohibqiron Amir Temurga sovet davrida «bosqinchi, qaroqchi, feodal» 

sifatida  qaraldi.  Bunga  sabab  shuki,  buyuk  Temur    «chekka  o’lka»  ning  hukmdori 

bo’lib,  sobiq  tuzumda  hukmron  mafkuraning  maqsadlariga  zid  edi.  Ibn  Arabshoh 

unga  salbiy  faqat  ayrim  haqiqiy  olimlar  (akademik  I.Mo’minov)  tabuni  buzishga 

jasorat  topdilar  va  A.Temurning  tarixdagi  o’rni  va  rolini  xolisona,  ilmiy  tadqiqotda 

korsatishga jurat qildilar. Ayrimlar esa mavjud tuzum orqasidan ergashdilar.  



21

 

 



Sovet  davrida  tarixni  o’qitishda  milliy  tarix  milliy  madaniyat,  manaviyat  va 

qadriyatlarga  tabu  qo’yildi.  Bu  esa  tadqiqotlarning  ilmiy  qimmatiga  salbiy  ta`sir 

ko’rsatdi.  Ilmiy  fikrlarda  ana  shunday  bir  yoqlama  yondashuvlar  bo’lmasligi  uchun 

taqqoslash  bilan  birga  tanqidiy  metod  ham  qo’l  keladi.  Yirik  tarixchi  olimlarning 

asarlari  ham  tadqiqotchilarga  metodologik  asos  vazifasini  o’taydi.  Shuningdek 

davriylik va uzviylik qoidalari ham tarix fani tadqiqotlarida qo’l keladi. Tadqiqotchi 

voqealarni  ketma-ket  va  uzviy,  ya`ni  bir-biriga  bog’langan  holda  yoritilishida 

tadqiqotchining  nuqtai  nazari  yaqqol  sezilib  turishi  kerak.  U  voqealarni  uzoqdan 

emas yaqindan, yonidan ko’rsata bilishi, o’sha davr ruhiyatini o’zida his qila bilmog’i 

lozim. 


Har bir millat o’z turmush tarzi ma’naviy-madaniy borlig’iga ega. Milliy borliq 

ularning  hayotini  ajralmas  qismini  tashkil  etadi.  Ijtimoiy  ongning  milliy  o`z-o`zini 

anglash  deb  ataladigan  ijtimoiy  ong  sohasining  paydo  bo`lishi,  rivojlanishini  tashkil 

etadi.  Yosh  avlod  o’z  milliy  turmush,  ma’naviy-madaniy  borlig’ida  tarbiylanadi  va 

ta’lim  oladi. 

Ushbu  tarbiyada  tarix  fanini  ta’limning  barcha  bosqichlarida  o’rgatish 

ustuvor  o’rinni  egallaydi.  Tarix  ta’limi  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  yoshlar 

ongiga singdirishda fanlar ichida yetakchi o’rinni egallaydi. 

Tarix  ta’limida  milliy  qadriyatlar,  o’tmish  avlodlarning  boy  ma’naviy  merosi, 

jumladan  tasavvuf  ta’limotlar  tarixini  o’qib  o’rganish,  natijasida  o’quvchi  diniy 

etiqoddan  o’zining  qora  maqsadlarini  amalga  oshirishga  urinayotgan  diniy 

ekstremistik oqim va kuchlar to’g’risida ilmiy xolisiy tushunchaga ega bo’ladi. “Turli 

g’oyaviy  xurujlar  avj  olayotgan,  bizning  eng  muqaddas  g’oya  va  maqsadlarimizga 

tahdid solayotgan bir paytda fojealar sodir bo’lmasdan ilgariroq uning oldini olishning 

eng  to’g’ri  va  yagona  yo’li  ham  begona  va  soxta  g’oyalarga  qarshi  keng  ijtimoiy 

makonda g’oyaviy immunitetni kuchaytirishdir”

14

.  Tarixiy bilimga ega bo’lish vatan 



tarixini  bilish  o’quvchi  talabani  o’zligini  anglashi,  tarixiy  xotira-tafakkurini 

shakllanishi  va  mustaqil  fikrlashiga  olib  keladi.  Tarixiy  xotira,  milliy  o’zligini 

anglagan  kishini  chalg’itish,  nodonlik  va  jaholatga  yetaklash  mumkin  emas.  Bilimli 

                                                             

14

 Jo’rayev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari. T.:, Ma’naviyat. 2008. 340-b. 



22

 

 



o’zligini anglagan yigit-qizlar bunday yot g’oyalarni o’ziga yaqin yo’naltirmaydi.    

Milliy  o`zligini  anglagan  kishi  eng  avvalo  o`z  millati  o`tmishini  yaxshi  bilgan, 

uni  qadrlay  oladigan  va  ayni  paytda  uni  yangicha  sharoitlar  va  holatlarda  boyitib 

boradigan  bilimli,  ma’naviy  pok  insondir.  Bizning  fikrimizcha  tarix  o’qituvchisi 

O’zbekiston tarixi va jahon tarixi dars mashg’ulotlarida tegishli mavzularni o’rganish 

jarayonida  o’quvchilarda  diniy  ekstremizm  va  boshqa  buzg’unchi  g’oyalarga  qarshi 

imunitetni shakllantirish uchun keng imkoniyatga ega.  

Tarix  ta’limini  olish  jarayonida  o’quvchi-talaba  g’oyaviy  tarbiyalanib  boradi. 

Tarix  darslari  va  darsdan  tashqari  o’tkaziladigan    turli  mashg’ulot  va  tadbirlarda 

o’quvchilar ma’lum bir tarixiy bilimlarga ega bo’ladi. O’quv yurtlarida tashkil etilgan 

o’lkashunoslik tarixi ilmiy to’garaklarida o’quvchi talabalar darsdan tashqari mustaqil 

bilim  oladi.  Ana  shu  mustaqil  bilim  olish  davomida  o’quvchi  o’zining  nimaga 

qodirligini  his  qiladi  va  o’z  faoliyatini  tanqidiy  baholash  ko’nikmasini  o’zida 

shakllantiradi. Shu bilan birga o’quvchining mustaqil fikri shakllanadi.  

Bizning  fikrimizcha  tarix  ta’limi  o’quvchining  ijtimoiylashuvi  o’z  hayotini 

jamiyat  taraqqiyoti  bilan  uyg’un  qurishiga  yordam  beradi.  Ayniqsa  o’rta  maktabda 

o’quvchi  yoshlarning  shaxs  sifatida  shakillanish  jarayoni  jadal  boradi.  O’quvchi 

o’zini-o’zi  o’rab  turgan  dunyoni  bilish  va  o’zlashtirishga  faol  kirishadi.  O’zini 

kelajakda jamiyatdagi o’rni va mavqeyini qanday bo’lishini tasavvur qilishga harakat 

qiladi.  Tarix  o’qituvchisi  bu  yo’nalishda  tarix  fanida  o’tiladigan  har  bir  mavzudan 

unumli  foydalanish  muhim  ahamiyatga  ega.  O’qituvchi  har  bir  mavzuda         

o’quvchining ijtimoiylashuvi  imkoniyatlarini yaratishi va uni uzluksiz davom ettirishi 

yaxshi  natijalarga  olib  keladi.  O’quvchi  har  bir  dars  davomida  inson  va  jamiyat 

to’g’risida  o’zini  qiziqtirgan  savollarga  atroflicha  javob  olishi  shart.  Tarix  darsida 

uzoq-yaqin o’tmish va jamiyatning buguni bilan qiyoslash ham foydali bo’ladi.  

Xulosa qiladigan bo’lsak, tarix fani metodologiyasidagi ijobiy  o’zgarishlar tarix 

ta’limi samaradorligini oshirishda juda katta imkoniyatga ega. Tarix ta’limi mazmun-

mohiyati  insonparvarlik  ruhi  bilan  sug’orilgan  bo’lib,  yoshlar  ongida  milliy  va 



23

 

 



umuminsoniy  qadriyatlarni  singdirishga  qaratilgan.  Tarix  o’qituvchisi  tarix  fanining 

ana shu boy mazmuniga suyangan holda yoshlarga tarix bilimlarini berish bilan birga 

ularni o’zligini anglash va shu asosda milliy o’zlikni anglashni shakllantiradi. Tarixni 

o’qitish metodologiyasi tarix metodologiyasidagi ijobiy siljishlarni  o’zida his qilishi 

lozim.  O’quvchi-talabalarga  o’tmish  tarixiy  voqea-hodisalar  to’g’risida  ilmiy 

asoslangan, xolisiylik tamoyiliga asoslanib tegishli bilim berilishi zarur. 



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling