Udk 94(4/9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari m.blok va l.fevr tadqiqotlari misolida.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. 2. Mustaqillik yillarida tarix ta’limi metodologiyasidagi ijobiiy siljishlar. Tarix fani o’qituvchisiga qo’yiladigan metodologik talablar.
- 2 BOB. XX АSRNING BIRINCHI YARMIDA TARIX FANI. 2.1. XX asrning birinchi yarmida tarix fanining metodologik muammolari.
24
1. 2. Mustaqillik yillarida tarix ta’limi metodologiyasidagi ijobiiy siljishlar. Tarix fani o’qituvchisiga qo’yiladigan metodologik talablar. Yurtboshimiz Islom Karimov 1999 – yil 14 – aprel kuni birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasida “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” mavzusida qilgan ma’ruzasida quyidagilarni alohida ta’kidlagan edi: “Biz XXI asr bo’sag’asida turibmiz, biz yangi buyuk ishlar oldida turibmiz. Siz bilan bizning vazifamiz davr oldimizga qo’yayotgan barcha talablarga munosib javob qaytarishdir. Istiqbolimizni aniq va ravshan ta’savvur etib, xalqimizga tinch va farovon turmushni ta’minlashdir, jahon maydonida o’zimizga munosib o’rin egallashdir” 15 . Yuqorida aytib o’tganimizdek, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash miliy Dasturi”ning qabul qilinishi mamlakatimiz salohiyatining beqiyos rivojlanishi, mustaqil respublikamizning jahonga keng qamrov bilan chiqishi uchun ulkan omildir. Bugun zamon talabi, ertaga bajarilishi kerak bo’lgan dolzarb vazifalar xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish zarurligini taqozo etayotganini ko’rsatdi. Davlatimiz rahbari uzluksiz ta’limni tashkil etishda unning jahon talablari darajasida bo’lishi hamda u yuksak ma’naviyat zaminida qurishiga katta ahamiyat berish kerakligini ta’kidlar ekan, davlat ta’limi standartlarini joriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish naqadar muhumligiga e’tibor qaratdi. “Mustaqillik natijasida tarixiy
matrealizimga asoslangan tarix metodologiyasidan va metodidan voz kechildi. Vatan tarixini o’rganiosh uchun yangi metodologiya va metodlar shakllantirildi. Tarix faniga tub o’zgarishlar davri boshlandi. Tarix fanini tub nazariy metodologik qayta qurollantirish boshlandi” 16 .
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan tarix fanining eskirgan metodlari va metodologiyasi o’rniga tarixni tadqiq qilishda jahon tajribasidan foydalanish, hamda tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirishga kirishildi. Tarix fani va uning metodologik muammolari, xalqlar va davlatlar o’rtasidagi ijtimoiy-siyosiy
15 KarimovI.A.O’zbekiston XXI asrga intilmoqda – Toshkent: O’zbekiston 1999 – y 48 – bet 16 Rajabov R., Shirinovna F. “Tarix fani metodologiyasi nima u?”// Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar. – Toshkent, 2014 y.- №1. B.20 25
munosabatlarni manbalarga tayangan holda xolisona yoritish uchun tarixiy taraqqiyot jarayonida sivilizatsiya yondashuv zaruriyati tug’ildi. Hech qaysi fan tarix fanining vazifasini bajara olmaydi. Prezidentimiz shunday takidlagan edi. “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, matematika, fizika, kimyo, sanoat, menejment- bularning hammasi kerak, albatta. Lekin, avvalambor tarixni bilish- bu hayotiy zarurat”. 17 Haqiqatan ham, hozirgi XXI asr boshlarida globallashuv kuchaygan davrda millat va xalqlar uchun o’z tili, madaniyati, urf-odat, an’analarni yo’qotish xavfi tug’ildi. Shuningdek, hozirgi kunda tarix fani nazariyasi va metodologiyasini tubdan o’zgartirish, tarixiy manbalar tahlili tizimini qayta qurish, tarix fani tushunchalari apparatini o’zgartirish, jahon tarixi fani metodologiyasining e’tirof etilgan yutuqlarini o’zlashtirib amalga tadbiq qilish vazifasi turadi. Tarix o`qitish metodikasi huquqiy davlat, o`zlikni anglash didaktikasining asosiy prinsiplari tarix o`qitish jarayoniga tatbiq etishda uning mazmunidagi o`ziga xos xususiyatlarini ham e‘tiborga oladi, tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari o`rtasidagi qonuniy bog`lanishi va munosabatlarni aniqlashtiradi va shu asosda o`qitish maqsadi, mazmuni, metod va usullari hamda o`qitish jarayonini jihozlashga doir talablarini belgilab beradi. Shunday qilib, tarix o`qitish pedagogika fanining mustaqil bir tarmog`i bo`lib, u o`zining mustaqil tekshirish predmetiga ega. Ta’lim tizimida tarix fanini o’qitishning asosiy vazifasi – o’quvchilarga tarix fanidan puxta bilim berish, shu bilimlarni amaliyotda qo’llanish ko’nikmalari va mahoratni hosil qilishdan iboratdir. Tarixni o’rgatish yoshlarni milliy g’oyani singdirish va ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, hozirgi zamon taraqqiyotining asosiy tendensiyalari va ziddiyatli mohiyatni to’g’ri tushunishga tayyorlashning muhim vositasidir. Negaki, O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng sovet davrida tarixga nisbatan bo’lgan biryoqlama yondashuvga barham berish
17 Karimov I. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish- eng oliy saodatdir. T.:, O’zbekiston. 2015. 109-b 26
hamda milliy taruxni obyektiv tarzda o’rganish muammosini hal qilishga kirishildi. Bu sohadagi vazifalarni amalga oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Xususan, prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g’oyat muhim va metodik masalalaga aylanishi lozim” 18 . Tarixni o’rganishning nazariy amaliy ahamiyati haqidagi nazariyalarning birida u millatning haqiqiy tarbiyachisi ekanligi ta’kidlab o’tiladi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanishi uchun eng birinchi navbatda hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalaridan biri bu – uni tadqiq etishning metodik asoslarni to’g’ri tanlanishidir. Bu sohada tarix fanida bir qancha nazariyalar mavjud bo’lib, ularning orasidan milliy tariximizni o’rganishda eng keraklilarni tanlash va tadbiq etish bugungi tarix fani oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir. O’tgan yigirma yillik davrda bu sohada bir qancha nazariy va amaliy vazifalar amalga oshirildi. Biroq, tarix bu jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq. Tarixiy taraqqiyotning har bir yangi bosqichi unga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Shu bois tarix fanini o’qitishda tub o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, eski umrni o’tab bo’lgan marksistik metodologiyadan voz kechildi. Yangi darslik va o’quv qo’llanmalari chop etilib, tarix ta’limi tizimiga joriy qilindi, chop etilgan ushbu qo’llanmalari xolisiylik, tarixiylik tamoyillari asosida yaratildi. Shuningdek tarix fani mazmun mohiyati umumjahon miqyosida e’tirof etilgan tarixiy konsepsiyalar, ta’limotlar bilan boyitildi. O’tmish tarixni o’rganishda tarixiy haqiqatni izlash va uni yuzaga chiqarish tarixiy tadqiqotlarning mezoniga aylandi. Hozirgi kunda tarix o’qitish metodologiyasi o’quvchida tarixiy bilimni hosil qilishda qator ilmiy metodologik vazifalarni bajaradi. “Tarixni fan sifatida jamiyat to’g’risidagi fanlar tizimi va jamiyat hayotidagi o’rni yanada aniqroq tushunildi. Tarixiy bilim sohasida haqiqiy inqilob yuz berdi deb aytish mumkin. Chunki bu inqilob natijasida tarixiy materializm bilan bog’langan tarix fani taraqqiyoti
18 Karimov.I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.: Sharq. 1998 y. 27
bosqichiga yakun yasaldi” 19 . Vatan tarixini yaratishda nazariy-metodologik asoslarni bilish katta ahamiyatga ega. Ilmiylik, xolislik, tarixiylik metodlari tarixni yaratishning asosiy kaliti hisoblanadi. O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan tarix fani nazariyasini o’zgartirish sohasida qiyinchilik bilan ilk qadamlar tashlandi. Ayniqsa, vatan tarixini o’rganishda uni o’rganishni metod va metodologiyasini o’zgartirishda tub burilishlar yuz bermoqda.
O`zbekiston tarixini o’qitishning konseptsiyasini yaratildi, buni bir butun tarixiy jarayonni nisbatan mustaqil bo`lgan qismlarga, ya`ni davrlarga bo`lib ularni chuqur tahlil qilish boshlandi. Vazifalardan yana biri-yangi ezilgan tarixni o`rganishni tashkil qilishdir. Mustaqillik yillarida to`plangan bir qancha tarixiy hujjatlarni ilmiy asosda umumlashtirish boshlandi.
Tarix o’qituvchisi tarixni o’qitishda xolisiylik turadi. Bunda har bir tarixiy voqea-hodisalarni tahlil qilayotgandi xolos, haqqoniy ravishda o`rganish yoki tarixnavisning xohish irodasidan tashqarida, voqea xodisalar qanday sodir bo`lgan bo`lsa, shundayligicha eritish ko`zda tutiladi. Xar bir tarix yozuvchi kishi shaxs sifatida o`zining mulohazalari, idroki va boshqa his-tuyg’ulari bilan atrofni o`rab turuvchi muhit bilan uzviy ravishda bog`liq.
Xolislik talab etadigan qoyidalar shundan iboratki, ushbu yo`nalishda tarixiy-madaniy taraqqiyotni (tarixning turli davrlarida) o`rganish jarayonida bo`lib o`tgan yoki shu taraqqiyot bilan bog`liq bo`lgan jamiyki voqea-hodisalarni hech bir o`zgarishlarsiz, qanday bo`lib o`tgan bo`lsa o`sha holotda talqin va tahlil etish, tekshirish va xulosolar chiqarib yaxlit holga keltirish o`ta muhimdir. Bu holotda aniq manbaviy asoslarga tayanish, tarixiy jarayonlarning o`zaro chambarchas bog`liqligini asoslash lozim bo`ladi. Bu jarayonda hududlar o`rtasidagi rivojlanish jarayonlarini o`zaro solishtirish, qiyoslash va taqqoslash faqat ijobiy natijalar berishi tabiiy holdir.
19 Rajabov R. Tarix fanining metodologik asoslari. T.: ,Istiqlol. 2013-y. 18-b. 28
O`zbekiston tarixini o`rganishning metodologik asoslaridan yana biri bu voqea va hodisalarni dialektik tarzda o`rganishdir.
Diolektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo`ladigan hodislara, voqealar umumiy va o`zaro bog`lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotida bo`ladi deb, ta`lim beradi.
Bu metod O`zbekiston tarixini o`rganishda uni to`laligicha, voqea-hodislarni bir-biri bilan bog`liklikda, ayrim tarixiy voqelikni o`rgatuvchi fanlarni ham bir butunlikda, uning bo`laklarini ajratib olmaslik va voqea-hodisalarni doimo o`zgarishda, rivojlanishda o`rganishni taqozo qiladi. Bugungi kunda jahon tarixi tajribasidan ham foydalanish va ularni milliy tarixshunosligimizga keng tadbiq etish kuchayganligini hisobga olgan holda tarix ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. “Ta`limning asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish demakdir.” 20 . Tarixchilar o’rtasida zamonaviy tarix fanida voqeaviy tarix ustuvor bo’lishi kerakmi, yoki qonuniyatlar va sintezni izlashmi degan masalada qizg’in munozara bordi. Jahon tarixi fani tarixni yangi nazariyasi va metodologiyasi izlash, yangi tarixiy sintez aniq tarixiy materialni falsafiy-nazariy umumlashtirish jarayonini boshdan kechirmoqda. Shuningdek, tarix fanida yaqin kunlargacha Markistik konsepsiyani tarixiy bilishda yagona va universal tushunchasi sifatidagi qarashdan voz kechish ijobiy hol bo’ldi. Hozirgi kunda tarix fanini o’qitish metodologiyasida ham yangilanish dolzarb ahamiyat kasb etadi. XX asrning 50-yillaridan yangi ilmiy texnika inqilobi yangi texnologiyalar erasini boshlab berdi. 90-yillarda esa kommunistik mafkuraning inqirozi natijasida dunyo siyosiy xaritasida ko’plab o’zgarishlarning yuz berishiga sabab bo’ldi. Yuz bergan bu o’zgarishlar tarixga va tarixiy taraqqiyotga yangicha qarashlar, konsepsiyalarni shakllantirishni taqozo qildi. Bu tarix metodologiyasining oldiga metodologiyani yangilashdek o’ta muhim vazifani
20 Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika. T., 2007y. 109-b. 29
qo’ydi. Ayrim metodologik muammolarni yechishni talab qildi. “Zamonaviy o’qituvchi tarixning barcha qismlarini yaxshi bilishi va ularni metodik jihatdan puxta o’quvchiga yetkazishi shart, zamonaviy o`qituvchi faoliyatini bilimlarni uzatuvchi oddiy metodist sifatida emas, balki “o`qituvchi texnolog” nuqtai nazaridan baholanishi kerak” 21 O`qitish metodlari - o`qituvchilarning faol fikrlash asosida o`quvchilarni o`qitishga, o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning ilmiy bilimlarini maktab ta`limi metodlari tizimidan to`g`ri foydalanilgan taqdirdagina ta`lim-tarbiya ishlari sohasida yaxshi natijalarga erishish mumkin. Maktab ta`limi metodlari tizimi, deb eng muhim umumiy belgilari bilan o`qitish va o`rganish usullari, hamda o`qituvchi va o`quvchilarning tafakkur faoliyatidan iboratdir. Bir-biri bilan bog`langan o`qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: og`zaki ta`lim metodi. bosma matnlar yordamida o`qitish metodi. ko`rgazmali ta`lim. ta`limning amaliy metodi. Mazkur metodlar tizimi maktabdagi barcha o`quv predmetlarini o`qitishda qo`llanishi mumkin. O`qitish usullari va o`quvchilarning o`rganish usullari turli shakllar bir-biri bilan qo`shilib o`qituvchi va o`quvchilar faol ishtirok etadigan ta`lim jarayonlar metodini tashkil etadi. Tarix o`qituvchisi tarixiy tushunchalarni mantiqiy izchil shakllanib borishini taminlash uchun tarixiy tushunchalar sinf-yosh kesmida o’tiladigan mavzuning har birida amalga oshiriladi. Tarix darsda o`rganiladigan mavzuning mazmuniga qarab tushunchalar bir-biridan farq qiladi va ular quyidagi turlarga bo`linadi: -Sotsial-siyosiy tushunchalar Davlatlar o`rtasidagi sotsial munosabatlar va siyosiy tuzilishi.
21 Nazarova T.Pedagogik texnologiya: taraqqiyotning yangi bosqichi. T., 1999. 16-bet. 30
O’rta asr jamiyatining asosiy sinflari, imperiya, respublika, burjua davlati va uning burjua demokratiyasi, xuquqiy demokratik davlat va boshqalarga doir. -tarixiy madaniy tushunchalar (uyg`onish davrining gumanistik madaniyati, moddiy va ma‘naviy madaniyat va boshqalar); - ma’naviy-mafkuraviy, siyosiy, din, tushunchalar. Metodik adabiyotlarda tarixiy tushunchalar umumlashganlik darajasiga qarab quyidagi uchguruhga: xususiy, tarixiy (sfinks, smerdlar, boyarlar), umumtarixiy va sotsiologik tushunchalarga ham bo`linadi. Jahon fanida e’tirof etilgan ijtimoiy-gumanitar yo’nalishda mavjud bo’lgan va ilmiy adabiyotlarda ishlatiladigan nazariya, konsepsiya, ta’limot va tushunchalar tarix o’qituvchisi, tadqiqotchi bilishi zarur. “Binobarin biz davlatimiz kelajagini o’z qolbimizda o’ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o’zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o’z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz. Biz butun ma’rifatli dunyo bilan tinch- totuv,erkin va farofon hayot kechirish, o’zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz” 22 . Demakki, hamkorlik tushunchasini keng ma’noda tarix fan sohasida jahon tajribasidan foydalangan holda va tadqiq qilish yordamida tarix fani metodologiyasini qurilishi, tarixiy bilim, tarixiy nazariyani muammolarini ko`rib- chiqish, tarix o`rganish metodlari, metodologiyasini genezisi muammolarini tahlil qilish muhim hisoblanadi. Bizning fikrimizcha tarix ta’limining barcha bosqichlarida faoliyat ko’rsatadigan tarix o’qituvchilari, tarix fanidan ilmiy izlanuvchilar eng avvalo tarix metodologiyasi bo’yicha atroflicha nazariy bilimlarga ega bo’lishi lozim. Shu bilan birga ular o’z metodologik bilimlarini tarixni o’qitish va tarix sohasidagi ilmiy tadqiqotlarda foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishlari lozim. Tarix o’qituvchisi
22 Kаrimоv.I.А.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.:,2008,114-bet. 31
tarix fani va metodologiyasining e’tirof etilgan konsepsiyalari, talimotlari va qarashlarini bilishlari lozim. Tarix metodologiyasining hozirgi dolzarb muammolarini bilishlari uchun tadqiq va tahlil qilishlari shart. Bunda birinchidan, hozirgi kunda tarix fani nazariyasi va metodologiyasini tubdan o’zgartirish, tarixiy manbalar tahlili tizimini qayta qurish, tarix fani tushunchalari apparatini qayta tuzib, shakillantirsih, jahon tarixi fani metodologiyasining asosiy yo’nalishlari mazmun - mohiyatini tushunish va uni yutuqlarini o’zlashtirib amalga tadbiq qilish vazifasi turadi. Tarix fanini o’qitishda o’quvchi-talabani tarixiy tafakkurini shakllantirish asosida ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, ilmiy izlanuvchi shaxsni shakllantirish o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri bo’ladi. Ikkinchidan, bugungi kunda tarixni o’rganishning maqsadlaridan biri o’quvchi-talabani madaniy-tarixiy muhitga kirishi, vaqt-makonda o’zini erkin his qila olishini shakllantirishdir. Uchinchidan, talab tafakkurining mustaqilligini shakllantirishga yordam beradi, insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosiy yo’llarini tavsiflab, dunyoqarashni kengaytiradi, ancha darajada real tarixiy kenglikni tartibga soladi.
32
2 BOB. XX АSRNING BIRINCHI YARMIDA TARIX FANI. 2.1. XX asrning birinchi yarmida tarix fanining metodologik muammolari. XX asr boshlarida tarix fani metodologiyasida tushkunlik alomatlari paydo bo’ladi. Qator olimlar tarix fani erishgan yutuqlarni kamsitish, metodologiyasini maqsad va vazifalarini buzib tadqiq qilish boshlandi. Tarix fanida XIX asrdan XX asrga o’tishda metod va metodologiya muammolari paydo bo’ldi. Hozirgi zamon tarix fani va uning metodologik muammolarini, xalqlar va davlatlar o’rtasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni manbalarga tayangan holda xolisona yoritish tarixiy taraqqiyot jarayoniga sivilizatsiya nuqtai nazaridan yondashish zaruriyati tug’ildi. Tarixni yoritishda tarixiy shaxslarning o’rni, davlatchilikning tashkil topishi va inqirozi, tarix fanidagi bir yoqlamalik, tarixiy taraqqiyot jarayoniga sinfiylik nuqtai nazaridan yondashuvdan voz kechish boshlandi. Tarix fani, tarixiy bilim mohiyat- mazmuni muammolarini ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilish asosida tarixchi va faylasuflar tarix fani metodologiyasi asosi bo`lgan turli konsepsiya va ta`limotlarni yaratdilar. Ma’lumki, sobiq sho’ro tuzumi davrida olimlarimiz har bir
fikr-mulohazasini marksizim-leninizim klassikalari uydirmalaridan ko’chirmalar olib asoslab berishardi. Tarix fani metodologiyasining tubdan yangilanishi, tarixga yangicha shakllantirish ehtiyojini tug’dirdi. “Tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari ijtimoiy hayotdagi murakkab, bir-birini rad etuvchi kuch, manfaat va oqimlarning fundamental xususiyatlarini ifodalaydi. Ular jamiyat hayotining tub ildizlarini, barcha guruh va ijtimoiy qatlamlar o’rtasidagi munosabatlarni, nemis faylasufi Karl Yaspers iborasi bilan aytganda “davr mag’zini qamrab oladi” 23 . Tarix fanining nazariy va amaliy jihatdan rivojlanishi asosida jamiyatning tarixiy madaniyati yuzaga keladi. Tarixiy tafakkurning shakllanishi tarixni o’quv predmeti sifatida o’qitilish samaradorligiga bog’liq bo’ladi. Tarix o’qitish metodikasi bu
23 Xamroyev T.“Tarixiy taraqqiyot va ijtimoiy tasavvur” // Tafakkur.-Toshkent, 2004.- № 1.- B. 112-113. 33
vazifani bajaradi. XX asr oxirida G’arbiy Yevropa va AQSH da tilshunoslik va adabiyotshunoslik ta’siri ostida tarix fanida yangi oqim postmodernizm (“poststrukturalizm” yoki “lingvistik burilish”) keng tarqaldi. Bu tarixshunoslik yo’nalishi uchun tarix faniga, tarixchi kasbiga, “paradigmalar” almashuviga an’anaviy qarashlarni reviziya qilish zarurligini tasdiqlaydi. Bu ilmiy yo’nalish vakillari tarix fani uchun odatdagi, an’anaviy hol bo’lgan tarixiy haqiqatni bilish maqsadi sifatida tushunishni shubha ostiga oldilar. Bu yo’nalishning ba’zi tarafdorlari bunday masalani muhokoma qilish imkoniyatini umuman inkor qiladilar. Ularning fikricha, tarixiy va adabiy asarlar o’rtasida jiddiy farqlar yo’q. Shoir yoki yozuvchi o’z asarini yaratgandek tarixchi ham tarixiy matnni erkin ijod qiladi. Postmodernistlar fikricha, ular badiiy adabiyotda mavjud bo’lgan ritorika qoidalariga bo’ysunadigan tarixchining matni, bu hikoya qiluvchi narrativdir. Bu yo’nalish mantig’iga ko’ra tarixni har qanday talqini yashash huquqiga ega va tarixchini o’zini sub’yektiv qarashini ifodalaydi. Bu yo’nalishni g’oyalari va metodologiyasini tizimli amalga oshishi mumtoz tarix fanini metodologik asoslarini buzilishiga olib keladi. Tafakkurning tarixiyligi-madaniyatning, o’qimishli zamonaviy odamning qobiliyatlarini, voqealarning nihoyasiz dalillar qatorida mos baholash qobiliyatini tavsiflaydigan eng muhim madaniy ko’rsatkichlaridan biridir. Metodologik muammolarni yechish uchun qator asarlar yaratildi. XIX asr oxirida metodolgik muammolar tarix fanining tushkunligiga olib keldi. Shubha bilan qarash kuchaydi. Ayrim tadqiqotchilar tarixga shubha bilan qaradi. XX asrda dunyo miqyosidagi tub burilishlar tarixni jamiyatdagi o`rnini o`zgartirdi. Qachonlardir hayot o`qituvchisi bo`lgan fan jamiyatdan begonalashdi. Natijada, jamiyatni ishonchini yo`qotdi va o`zini ijtimoiy mavqeyini pasaytirdi. XX asrning halokatli yo`qotishlari odamlarda tarixni bashoratchilik roliga shubha uyg’otdi, natijada klassik tarixshunoslikning an`anaviy asoslari yemirildi. Tarixiy taraqqiyotning progressiga ishonish esa uni qonuniyatlarini tarix fani tomonidan tushunishi nafaqat hozirni tushunish, balki kelajakni ham oldindan aytish tarix
34
metodologiyasining asosi bo’lib qoldi. “Hozirgi kunda jahon tarixi metodologiyasi sohasidagi e’tirof etilgan mumtoz asarlarni atroflicha tahlil qilish va o’zlashtirish dolzarb vaifa bo’lib qolmoqda. Bunda eng asosiysi tarix tafakkuri taraqqiyotidagi yangi an’analarni tadqiqotlarda qo’llash yangi yondashuvlar asosida tarixiy tahlil, insoniyat tarixiy taraqqiyoti amaliyotini chuqur va boshqacha ko’rishiga imkon beradigan yangi metodlarni aniqlash dolzarb vazifadir” 24 . Shu vaqtgacha mavjud tarix metodologiyasining tushkunligi bilan bir vaqtda eski dunyoni o`rniga qurilayotgan yangi inshootga mos ravishda yangi tarixni shakllanish jarayoni bormoqda. Uning asosida tarixni yangi ijtimoiy mavqeyini izlash bilan bog`langan tarix fanining tub nazariy-metodologik qayta qurollantirish yotadi. U hamma narsani biladigan siyosiy faoliyatga nuqsonsiz rahbarlikdan keng ijtimoiy-madaniy fanga aylanmoqda. Shu jihatdan, o`tmishni bugun bilan bog`lab, ijtimoiy ong uyg`unlashtiriladi. Yangi tarix fani tez o`zgarib borayotgan dunyoda insonga uni ijtimoiy ahamiyatli ekanligini yaqqol ko’rsatadi. Shartlanadigan ba’zi mustahkam tayanch nuqtalarini namoyon qiladi. Uning maqsadi tadqiqotchilarni tarix fani va uning metodologiya tafakkurining hozirgi holati bilan tanishtirish, tarix fanining tabiati to`g`risidagi va uning jamiyat hayotidagi o`rnini ochib beradi. XX asrning 90-yillarida tarix fanining ko’pgina da’volaridan voz kechildi. Jumladan, tarixiy jarayonning xolisiyligi, tarix qonunlarini ochish qobiliyati, kelajakni aytib berish va hokazo. Natijada tarix metodologiyasida ham o`zgarishlar ehtiyoji paydo bo`ldi. Shu bilan birga ilmiy bilish jarayonida tarixchining roli
tushunarli bo’ldi.
Asr oxirida
ilmiy-metodologik yondashuvlarning ko’pligi plyuralizmni bilish strategiyasini aniqlash vazifasi birinchi o’ringa chiqdi. Shunga tegishli ravishda tarix bilish nazariyasi alohida ahamiyat kasb etdi. Qator olimlarni fikriga ko’ra u ilgarigi tarix falsafasida tegishli
24 Rajabov R., Shirinovna F. “Tarix fani metodologiyasi nima u?”// Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar. – Toshkent, 2014 y.- №1. B.21
35
o’rinni egalladi. Tarixni bilish nazariyasi sohasida hozir olib borilayotgan tadqiqotlar tarix fani asoslariga tegishli masalalarni fundamental kategoriyalari: tarixiy dalil, tarixiy vaqt va kenglik, tarixiy qonuniyatlarni ochdi. Bizning tarix fanimiz keyingi 20-30 yil ichida jahon tarixi fani metodologiyasi to’plagan nazariy va amaliy tajribadan xabarsiz qoldi. Tarix fani ilmiy tadqiqotlarida quyidagi uslub va tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi: Tadqiqotchi ilmiy ishini yozishda avvalo ilmiylik uslubi va qoidasiga amal qilmog’i kerak. Ilmiylik metodi dalil, voqea shaxslar yoki boshqa muhim ob`ektlar faqatgina ma`lumot uchun o’rganilmay, voqealarning natijasiga sabab bo’ltan jihatlariga, oqibati va umuman mavzuga ilmiy baho beriladi. Bugungi va kelajakda amaliy ahamiyat kasb eta oladigan saboqlar chiqariladi, voqealar chuqur mulohaza etiladi. XX asrda G’arb tarix fani olimlari va faylasuflari tarix metodologiyasi muammolarini falsafa, sotsiologiya nuqtai-nazaridan tahlil qilina boshlandi. Nemis olimi Vilgelim Diltey hozirgi falsafaning germenevtika, fenomenologiya va ekzistensealizim oqimlarini asoslashga tashkiliy qaytdi. O’zining “Ruh to’g’risidagi fanda kirish” asarida tushuntirish va tushunish to’g’risida izoh beradi. Tushuntirish o’z tabiiy o’byektini bo’lib yuboradigan va sindiradigan tabiatshunoslikka xos xususiyat. Ma’naviy hayotni tushuntirish mumkin emas, uni faqat tushunish mumkin. Tarixchi yakkalik va aniqlik bilan ish ko’rgani uchun u yaxlitlik va birlikka intiladi. Tarix hayotga mos: “Tajriba fanlari tashqi dunyoni o’zgartiradilar, endi esa jahon davri boshlanadi, qaysiki unda jamiyat to’g’risidagi fanlar o’sib boradigan ta’sirga ega bo’ladi. Ularning asosida hayotni o’zi yotadi, u esa hayotni ifodasini talqin qilish va tushunishdagi kechinmalar bilan bog’liq bo’ladi. Tarixning vazifasi davrlar va madaniyatlarning yashiringan mazmunini tushunishdir deb, o’z fikrini bildiradi Diltey” 25 . U Rankening davlat tarix fanining asosiy o’byekti bo’ladi degan g’oyasini inkor qilib, insoniyat tarixi daholarning
25 Лаптева М.П. Теория и методология истории: курс лекций / М.П. Лаптева; Перм. гос. ун-т. Пермь, 2006. –97 с. 36
adabiy, falsafiy, diniy g’oyalarida singdirilgan psixologik dunyoqarashlarining izchiligi ko’rinishida tasavvur qilish mumkin deb hisoblaydi. Uning uchun ijodiy shaxslarda turli davr oqimlari kesishdi, natijada ular tahlil qilish mumkin bo’lgan dunyoqarash va hayotiy kechinmalarni to’la o’z ichiga jamlaydigan tuzilmani oladilar. Diltey “Hayot falsafasi” deb nomlangan oqimning asoschisi bo’ldi. “None of the three version of social history produced a specialized academic field of social history until the 1950’s, though at one time the famous Annales of Lucien Febvre and Marc Bloch dropped the economic half of its subtitle and proclaimed itself purely social. However, this was a temporary diversion of the war years, and the title by which this great journal has now been known for a quarter of a century – Annales: economies, societies, sivilisations- as well as the nature of its contents, reflect the original and essentially global and comprehensive aims of its problems, developed seriously before 1950”. “Ijtimoiy tarixning hech bir uch variantida ixtsoslashgan akademik yo’nalish yaratildi, 1950-yillarda “Annales” ning taniqli vakillridan bo’lgan Lyusen Fevr va Mark Bloklar o’zlarining tarixiy tadqiqotlarida ijtimoiy yo’nalishni olib kirdilar. Garchi bu urush yillaridagi vaqtinchalik o’zgarish bo’lsa ham bu yo’nalish bilan chorak asr ma’lum bo’lgan buyuk Annallar jurnali: iqtisodiy, jamiyat, sivilizatsiya shuningdek u o’z satrlarida o’z asoschilarining mufassal faoliyat maqsadlarini aks ettirdi”
26 . Annallar maktabi tarix fani va metodologiyasini tushkunlikdan chiqarish va XX asrning taraqqiyotiga mos holda rivojlantirishda jiddiy ilmiy tadqiqotlarni o’z faoliyatida aks ettirdi. G’arb olimlari annallar maktabining tarix fanini yangilashga qaratilgan ilmiy faoliyatiga munosib baho berdilar. Tarixni fan sifatida himoya qilishda Mark Blok va Lyusen Fevrlarning faoliyati muhim o’rin tutadi. Taniqli tarixchi Gurevich shunday takidlaydi: M.Blokni tarixni genetik tushuntirish qoniqtirmadi. Qaysiki ko’pgina olimlar ma’lum bir muassasaning mavjud sabablarini manbalar bilan aralashtirgan holda
26 From Social History to the History of Society Author(s): E. J. Hobsbawm Source: Daedalus, Vol. 100, No. 1, Historical Studies Today (Winter, 1971), p. 22. 37
tushunishdan oldin uning shart-sharoitini o’rganishni ma’qul ko’radi” 27 . Haqiqatdan ham M.Blok tarixiy muammoni genezisini har taraflama tadqiq qilgan holda tarixni o’rganish metodini amalda isbot qildi. Ko’p qirrali o’rganish deganda u tarixiy jarayonni uning barcha unsurlarida aks ettirdi. M.Blok tarixiy tadqiqotda metodlar muammosiga alohida e’tibor berdi. Metodlardan foydalanishda tadqiqot mazmuni-mohiyati, maqsad va vazifalarini mos bo’lishiga chaqirdi. M.Blokning metodologiyasida qiyosiy tahlil yetakchi o’rin tutadi. Blok tarixchini sud tergovchisi bilan qiyoslaydi. Tergovchiga o’xshab u ayblanuvchini farazi bilan qanoatlanmaydi, ishda barcha dalillarini yoritishga harakat qildi. Tarixda tadqiqotchi ham bevosita manbalar yuzasidan yoxud ko’rinib turgan ma’lumotlarga suyanmay yanada yangi savollar berish va savolnomalar tuzish zarur hisoblanadi. Mark Blok tarix fanini o’rganishda insonlarning homo religious, homo economicus va homo politicus toifalariga ajratmaslik kerak ekanini aytadi. “Annallar maktabi” tarixshunoslikda yangi davrni boshlab berdi. Bu davrda tarixshunoslik fanida juda katta ishlar qilindi. “Annallar maktabi”da Mark Blok va Lusun Fevrlarning tarixiy tadqiqotlari o’z aksini topdi. M.Blok va L.Fevr tashabbusi bilan “Annallar maktabi”ning tarixshunoslik yo’nalishida yangi tarixiy- iqtisodiy yo’nalish yuzaga keladi. XX asrning 30-yillarida pozitiv metodologiya amalda ko`pchilik tarixchilar uchun faoliyat quroli bo`lib qolaverdi. Ammo u o`z umrini yashab bo`lgan edi. Metodologiyada manbalar tanqidi texnikasida va dalillar tahlilida u yuqori darajada formal kuliminatsiya cho`qqisiga chiqdi va yanada rivojlanish zahirasini tugalladi. Pozitiv tarixshunoslik yangi davr ruhi va talablariga javob bermaydigan tasvirlovchi, muammosiz fan bo`lib qolaverdi. Klassik pozitivizm o`rniga neopozitivizm keldi. Pozitivizm atamasini ilk bor O. Kont fanga olib kirdi. Pozitivizm (lot. positivus-
27 Гуревич А. Марк Блок и «Апология истории» . РГГУ . 2010 г. c 16.
38
ijobiy) ijobiy dalillarga suyanib, o`zini materializm va idealizm qarashlaridan yuqori qo`yadi. Jamiyatga materialistik qarashni rad qiladi, ob`yektiv jamiyat qonuniyatlarini inkor qilib, tarixni borishini inson irodasiga taqaydi. Uning go`yalarini Vena universitetining fizik va faylasuflarini birlashtirgan Vena to`garagi shakllantirdi. To`garak tashkilotchisi Morts Shlek (1882-1936), faol a`zolari Otto Neyrat (1882-1945), Rudolf Karnap(1891-1970) va ayniqsa, Lyudvig Vitgenshteyn (1889-1951) mashhur “Mantiqiy-falsafiy traktat” (1921) asarining muallifi edi. Vena to`garagi neopozitivizmning qator asosiy tamoyillarini shakllantirdi. Bu tamoyillar bir necha qoidalarni ilmiy-nazariy etirof etishga asoslandi. XX asrning ikkinchi yarmida tarix fani metodologiyasining rivojlanishida ikki bosqichni 40-50-yillarni va 60-80-yillarni ko`rsatish mumkin. Birinchi bosqichda metodologik yondashuvlar va tadqiqot metodlari, yo`nalish va maktablar ko`p bo`lsada, metodologiyada tarixni yagona, noyob hodisalar to`g`risidagi fan deb tushuntiradigan ideografik yo`nalish salmoqli o`rinni egalladi. Bu metodologiyani milliy tarix maktablariga ta`siri bir xil bo`lmadi. XX asrning 50-yillaridan yangi ilmiy texnika inqilobi yangi texnologiyalar erasini boshlab berdi. 90-yillarda esa kommunistik mafkuraning inqirozi natijasida dunyo siyosiy xaritasida ko’plab o’zgarishlarning yuz berishiga sabab bo’ldi. Yuz bergan bu o’zgarishlar tarixga va tarixiy taraqqiyotga yangicha qarashlar, konsepsiyalarni shakllantirishni taqozo qildi. Bu tarix metodologiyasining oldiga metodologiyani yangilashdek o’ta muhim vazifani qo’ydi. Ayrim metodologik muammolarni yechishni talab qildi. Neokantchilik XIX asrning ikkinchi yarmida Germaniyada vujudga kelgan (vakillari Libman, Lange, Renuve, Avlen). Neokantchilik Marburg (Kogen, Natorp, Kassirer) va Baden (Vindelband, Rikkert) maktablarida to`la shakllandi. Bu yo`nalish tabiiy va ijtimoiy fanlarni I. Kantning amaliy va nazariy tafakkur to`g`risidagi ta`limoti asosida qarama-qarshi qo`yish, ijtimoiy voqelikni ilmiy bilish mumkin emasligi va faqat normativ-teleologik asosda qarash mumkin degan fikrni ilgari suradi. Tarixiy bilishning yangi metodologiyasini izlashda neokantchilik
39
dunyoqarashining raqiblari lingvistikada ishlab-chiqilgan strukturalizmga murojaat qildilar. Strukturalistlar masalani yechimini bilish jarayonidan sub`yektivlikni iloji boricha yo`qotishni birinchidan tadqiqot ob`yektini tegishli tanlovida, ikkinchidan bilish jarayonida yangi metodlarni tadbiq etishda ko`rdilar. Ular sub`yektiv holatlardan xoli “ongsiz tuzilmalar” deb nomlanadigan kategoriyani ajratdilar. Bu yo’nalish iqtisodiy munosabatlar, urf-odat va an`analar, miflar, e`tiqodlar va tadqiqot jarayonini o`zidan sub`yektiv unsurni bartaraf qilishni boshqa usuli sifatida tarix faniga tabiiy fanlar metodlarini tadbiq qilishni taklif qildilar. Ijtimoiy tuzilmalarni tadqiq qilishning bosh ob`yekt sifatida ilgari surib, yangi metodologiya ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, ijtimoiy hayot hodisalarini o`rganish imkoniyatini yaratdi. Ushbu yangi g’oyalar tarixiy tadqiqotlar hajmini kengaytirdi, yangi tarixiy fanlarni paydo bo`lishiga olib keldi. “Yangi tarix fanini” yangi mavzularga chiqishi tarixiy tadqiqot metodologiyasini ham o`zgartirdi. Miqdoriy tahlil va fanlararo yondashuv uning sezilarli unsurlariga aylandi. Bu metod va yondashuvlarni asosiy qo`llash sohalari iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tarix bo`ldi. Yangi tarix fani 40-50-yillarda ideografiyaga xos bo`lgan sub`yektivlik va irratsionallikni ko`rinishlarini bartaraf qilishga erishdi v tadqiqotning miqdoriy metodlarga tayanib ommaviy manbalar, statistik seriyadagi minglab bir xil dalillarni tahlil qildi. XX asrning 60-yillarigacha g’arbiy Germaniya tarixiy geografiyasida aksariyati individual uslub bo’lgan. Keyin holat o’zgardi, ilg’or tarixchilar yangi g’oyalarni va tushunchalarni qo’llashda boshladi chunki bu fikrlar tarix fani murakkablashgan holatida paydo bo’ldi. T.Shider 30-yil davomida asosiy tarixiy jurnalni muharrir bo’lganida yozgan edi. “Tarixiy qiyoslash uslubi insoniyatga yaqinlashish imkonini beradi va shu yerda milliy g’ururni yo’qotmasligiga imkon beradi” 28
Tarixni
yoritishda tarixiy shaxslarning o’rni, davlatchilikning tashkil topishi va inqirozi, tarix
28 Лаптева М.П. Теория и методология истории: курс лекций / М.П. Лаптева; Перм. гос. ун-т. Пермь, 2006. –93 с.
40
fanidagi bir yoqlamalik, tarixiy taraqqiyot jarayoniga sinfiylik nuqtai nazaridan yondashuvdan voz kechish boshlandi. Tarix fani, tarixiy bilim mohiyat- mazmuni muammolarini ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilish asosida tarixchi va faylasuflar tarix fani metodologiyasi asosi bo`lgan turli konsepsiya va ta`limotlarini ijobiy o`qib- o`zlashtirish va tarixiy tadqiqotlarda foydalanish muhim ahamiyatga ega. M.Blok va L.Fevrning tarix metodologiyasini rivojlantirish faoliyati natijalari tarix fani, zamon tarixi fani va uning metodologik muammolarini yechish uchun asos bo’lib qoldi. O’tmish tarixiy, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni manbalarga tayangan holda xolisona yoritish, tarixiy taraqqiyot jarayoniga sivilizatsiya nuqtai nazaridan yondashish (ijtimoiy yondashuv) g’oyasi ustuvor o’rinni egalladi.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling