Uglevodlar almashinuvi boshqarilishining buzilishlari


Uglevodlar almashinuvi buzilishi ko’rinishlari


Download 8.51 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi8.51 Kb.
#1820048
1   2   3
Bog'liq
uglevodlar almashinuvi boshqarilishining buzilishlari

Uglevodlar almashinuvi buzilishi ko’rinishlari

  • So’rilishning buzilishi;
  • Glikogen sintezi va parchalanishi buzilishi;
  • Uglevodlar oraliq almashinuving buzilishi;
  • Uglevodlar almashinuvi boshqarilishining buzilishi;
  • Giperglikemiya;
  • Glyukozuriya;
  • Gipoglikemiya:

Uglevod almashinuvi buzilganda yuzaga chiqadigan kasalliklar

  • Galaktozemiya;
  • Fruktozuriya;
  • Pentozuriya;
  • Qand kasalligi va hokazolar

Galaktozemiya

  • Birinchi marta galaktozemiya kasalligi haqida 1908-yilda xabar berilgan. Kasallikning kelib chiqish sababi faqatgina 1956-yilga kelibgina ma'lum bo'ldi.kasallikning uchrash chastotasi 1:20.000 nisbatdan boshlanib, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda 1:120.000 nisbatgacha boradi.

Kelib chiqish sabablari:
Organizmda boradigan normal metabolizm jarayonida, ovqat mahsulotlari tarkibidagi laktoza, fermentlar ta'sirida glyukoza galaktozagacha parchalanadi. Galaktezimiya kasalligida ushbu jarayonni amalga ishiradigan ferment galaktozo-1-fosfaturidiltransferaza yetarli darajada ishlab chiqarilmaydi yoki ushbu fermentni ishlab chiqarilishiga javobgar bo’lgan genning mutatsiyaga uchraganligi sababli, umuman ishlab chiqarilmaydi.
Qandli diabet
Qandli diabet (lot. diabetes mellitus, «saxar kasalligi») — glyukozaning o’zlashtirilishi buzilishi bilan bog’liq bo’lgan va insulin gormonining nisbiy yoki mutlaq yetishmovchilgi yuzaga keladigan endokrin kasalliklar guruhi. Buning oqibatida giperglikemiya — qonda qand miqdorining turg’un oshishi kuzatiladi. Kasallik surunkali kechishi, shuningdek uglevod, yog’, oqsil, mineral va suv-tuz metabolizmi buzilishi bilan xarakterlanadi.
Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning birinchi alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon hujayralarga glyukozani o’zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. Biroq, glyukoza insulinsiz o’lzashtirila olmasligi sababli hujayralarda glyukoza yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo’lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya rivojlanishi, ko’rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.

Download 8.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling