Umum ta'lim maktabining fizika darsida “suyuqlikning xossalari “mavzusini o'tish metodikasi.”


O'qitish texnologiyasi va Interfaol metodlar


Download 366.39 Kb.
bet5/13
Sana18.12.2022
Hajmi366.39 Kb.
#1030983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
A. muxammadsaid

1.3. O'qitish texnologiyasi va Interfaol metodlar


Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • ta’lim samarasi yuqoriroqbo’lgan o’qish-o’rganish;

  • ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;

  • ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;

  • ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;

  • ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;

  • amalda bajarish orqali o’rganilishi;

  • ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Shunday qilib, fanlarni o’qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o’rganish va amalda qo’llash o’quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to’g’ri echimini topishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o’quvchi-talabalarning bilim, ko’nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.
Yuqorida aytilganlardan interfaol ta’lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma’lum bo’ladi. Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni keltiramiz.
Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.

  1. Tashkiliy qism: Salomlashish, fan xonasini sanitariya va gigyena holatini nazorat qilish, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash. Davomatni aniqlash, o`quvchilar diqqatini darsga jamlash, navbatchi orqali kun yangiliklari bilan tanishish.

Assalomu alaykum aziz o`quvchilar!
Darsimiz fizika.
Kun xabari:

  1. Atom so`zi o`rnida 2 million atom joylashgan.

  2. Kitob sahifasida esa 500 million atom joylashgan.

O`qituvchi kun xabari: Dunyodagi eng katta kutubxona Kongress kutubxonasi deb ataladi va u Vashingtonda joylashgan bo’lib, unga 1800 yili 24 aprelda asos solingan. U yerda 470 tilda, 30 milliondan ortiq kitob, 58 million qo`lyozma saqlanadi.

O`quvchilar bugungi darsda olgan baholaringizni ushbu kitoblar jamlanmasi bilan baholab boraman.
Sinfni qatorlar bo`yicha 3 guruhga bo`lib olamiz.
O`qib o`rganingiz bo`ling ziyokor.
Sizni chorlamoqda nu yurt bunyodkor
Kelajak sizniki vatan sizniki
Ertani nurafshon aylang tadbirkor
Ma’naviyat daqiqasi uchun mavzu “Bepul narsaning bahosi qancha?” savoli ostida ekranda videorolik qo`yib beriladi. So`ngra quyidagi savollar orqali o`quvchilar baxsga chorlanadi.




  1. Bepul narsaning bahosi qancha?

  2. Nima ko`proq bepul hisoblanadi? “Menikimi?” yoki “Bizniki?”

  3. Siz o`qiyotgan o`quv dargohi o`z qimmatiga egami?

  1. a) Bepul narsa bizga in’om etilgan sovg`a. Sovg`aning esa bahosi qadri bilan o`lchanadi.

Biz narxi qanchagadir buyum sotib olsak u bir kunda tugashi mumkin. Masalan, shirinlik.
Bepul berilgan narsa esa o`zidan bir umrlik iz qoldiradi. Masalan, bepul bilim olayotganimiz.

  1. Nima ko`proq bepul hisoblanadi? “Menikimi?” yoki “Bizniki?”

2. Bizniki ko`proq bepul, bunga bizga berilayotgan shart sharoitlarni ayta olamiz.
3. Meniki bepul chunki o`zimda bor narsa meniki-ku.
4. Meniki bepul emas, chunki uni pilga sotib olganmanku.
O`qituvchi: “Meniki”-bahosi belgilangan. Qanchagadir sotib olingan. “Bizniki”-bahosini belgilashga ojizlik qilganimiz bepul in’omdir.

  1. Siz o`qiyotgan o`quv dargohi o`z qimmatiga egami?

2. Albatta bilim maskanimiz eng sevimli joyimiz, biz uchun u eng qimmatlidir.

O'qitish texnologiyasi, asosan, o'qitishni tashkillashtirish, uning samaradorligini oshirish maqsadini ko'zlaydi.


Hozirgi paytda ularni: yangi pedagogik texnologiya axborot-texnologiyasi, o'qitishning interaktiv metodi, deb atashadi. Ularning jumlasiga hozirgi kunda ishlatilayotgan, quyidagi texnologiyalarni kiritish mumkin:
1. O'qitishning masofali texnologiyasi.
2. Bilim berishning sendvich texnologiyasi.
3. O'qitishning park texnologiyasi.
4. O'qitishning konsentrlangan texnologiyasi.
5. Sikllik yoki predmetli o'qitish texnologiyasi.
6. O'qitishning kontekst texnologiyasi.
7. O'qitishning axborot-texnologiyasi.
8. O'qitishning modul-reyting texnologiyasi.
9. Bilim berishning Internet texnologiyasi.
Endi ushbu texnologiyalarning mazmuniga qisqacha to'xtab o'taylik. O'qitishning masofali texnologiyasi. Insoniyat jamiyatining kundalik hayotiga axborot tizimi, kompyuter texnologiyasi, Intemetning kirib kelishi, o‘qitishni uzoq masofadan turib tashkillashtirish texnologiyasini joriy qildi.
Bilim berishning sendvich texnologiyasi. Bu texnologiya bilim berishning iqtisodiy masalasi bilan bog'liqdir. Dunyodagi har qanday o'lkaiarning ta'lim iqtisodchilari, o'z mintaqasida bilim berishga ajratilgan mablag'ning hissasi past ekanligini aytishadi. O'qitishning an'anaviy tizimida sarflanayotgan xai'ajatlar, alcsariyat hollarda, o'zini-o‘zi oqlamayotganligi ham aytiladi. Shuning uchun, keyingi paytlardagi dunyo mamlakatlaridagi moliyaviy tortishuvlar sababli, hukumat tomonidan bo'linuvchi xarajafTar kamaymoqda. Bu esa, bilim berish jarayonini mablag‘ bilan ta’minlashning yangi shakllarini topislini taqozo qilmoqda. Uning yengil va oson turi o’quvchilar pul to'lab, bilim otishini tashlcillashtirishdir. Biroq o'qiyman, deganlarni hammasining ham ota-onasi bilim olish haqini doim to'lab turish imkoniyatiga ega emas. Bunday holda, bilim berish haqini to'lashni imkon boricha to'xtatib turish, vaqti kelganida o'qitishni qaytadan davom ettirishning yo'llari qidirib topildi.
O'qitishning bunday texnologiyasi sendvich - texnologiya, deb ataladi. Bunday texnologiya, ko'pincha qandaydir mutaxassislikka xohlagan vaqtda pul to‘lab, unga ega bo'lish maqsadini ko'zlaydi. O'qitishning park texnologiyasi. Ushbu texnologiya - bir xil qiziqishga ega boigan turli yoshdagi o’quvchilami maxsus studiyaga birlashtirib o'qitishni nazarda tutadi. Studiyalar predmet asosida daviat ta’lim standartlari talablariga mosiab tuziladi.
O'quv rejalari Daviat ta'lim standartlari asosida, o'quv yurti sharoitiga hamda o’quvchilarning qiziqishiga qarab tanlanadi. Studiyani tanlab olgan o’quvchilar, gumh va yakka shaklda o‘qishadi. Bunday texnologiya tabaqali o'qitishdagi fan to‘garaklariga o;xshab ketadi.
O'qitishning konsentr texnologiyasi. Konsentrlash - lotincha so‘z bo’lib, markazlashtirish, birlashtirish, to'plash - degan ma'nolarni bildiradi. Konsentrlab o'qitish to'g'risidagi fikrlar XVI asming o'rtalaridan 7 boshlab, buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy asariarida uchraydi. Haqiqatan, Ya.A.K.omenskiy bir kiinda bir necha predmetni o‘qitishga qarshi bo'lgan. Uning fikricha, bir darsda o'quvchi matematikani endi tushuna boshlaganda qo'ng'iroq chalinib, keyingi darsda grammatika o ‘qitila boshJanadi. Endi uni o'qishga qiziqa boshlaganda, yana yangi predmetni o'qish boshlanadi.
Shunday qilib, o'quvchilaming fikrida turli qarashlar paydo bo'lib, har bir fandan oz-ozdan ma’lumot hosil bo'ladi. YaA.Komenskiy XVI asrdayoq, o'qitishni qaysidir predmet atrofiga to'plab, uni uzluksiz o'qitishni taklif qilgan. Oradan yuz yil o'tgach, N.F.Gerbart ushbu muammoni ko'tarib chiqib. uni insonning psixoiogik xususiyatiga ko'rsatgan ta’siriga e ’tibor bergan. XlX-asming oxiri XX-asrning boshida (1899-yil) V.V.Rozanov ushbu masala bo'yicha o'zining fikrini quyidagicha ifodalagan: «O'quvchilar kunning birinchi yartnida sinfda turli besh predmetni o'qishadi, kunning ikkinchi yarmida esa, ertangi darsga tayyorlanish uchun yana besh predmet bo'yicha o'quv ishlarini bajarishadi, Bu predmetlar ko'pincha bir-biri bilan bog'lanishda emas, aksincha, mazmunlari ham boshqacha. o'zlashtirish usullari ham turlicha. Mana yangi maktabning ko'zga ko'rinmagan, e’tibor berilmagan tomonlari».
Konsentrlab o'qitishning eiementlari sobiq ittifoq ta’lim tizimida ham qisman e’tiborga olingan. Masalan, Voronej universitetining pedagogika fakulteti 1928-1929-yillari o'qitishni quyidagi tamoyiilar asosida uyushtirgan. Bir-biri bilan bog'lanishi bor uch-to'rtta predmetni bir vaqtda uzluksiz o'qitib, ularning mazmunini aniqlashda icetma-lcetlikni va izchillikni ta’minlash; barcha semestrlarda chet tili va jismoniy tarbiyani uzluksiz kiritish va boshqalar. Bunday yangi usulni samarali ekanligini o’quvchilarning 90% va o'qituvchiJarning 70-80% yoqlab chiqishgan.
Biroq 1930-yillarning boshida, aynan, bilim berish siyosatiga tegishli qarorlarda bunday tajribalar to'xtatilishi va ko'p predmetlilik joriy etilgan.
Hozirgi paytda o'rta va oliy o'quv yurtiarida predmetlarni konsentrlab_ o'qitish bo'yicha tajribalar o'tkazilib, ularning ijobiy natija berishi aniqlanmoqda. Masalan, Nizomiy nomli TDPU «Fizika va uni o'qitish metodikasi» katedrasining qarori bo'yicha bir necha yildan buyon «Fizika fanini o'qitish metodikasi» predmeti quyidagi ketma-ketlikda o'qitib kelinmoqda:
1.Fizika tanini o'qitishning nazariyasi va metodikasi.
2. Umumta lim maktablari fizika darsi mazmunining ilmiy-metodik tahlili.
3. O'quvchilarda fizik tushunchalarni shakllantirishning psixoiogik va di-daktik asoslari.
4. Fizika fanini o'qitishda kompyuter texnologiyasidan foydaianish.
5. Fizika darsini o'qitishda innovatsion texnologiyalar.
6. Fizikadan masalalar yechish metodikasi.
7. Fizik demonstratsiyalar va ularni bajarish metodikasi.
8. Fizikadan auditoriyadan tashqari ishlar. Bu darslar keltirilgan tartibda va ketma-ketlikda o'qitiladi.
O’quvchilar har bir darsni mustaqil o'ziashtirib bo'lgandan so'ng, u bo'yicha bilim reytingi tekshirilib, keyingi darsga o'tiladi. Ular fizika fanini o'qitish melodikasi bo'yicha tizimli bilimga ega bo'lishib, o'quv materialini chalkashtirishmaydi. O'qitishning siklli yoki predmetli texnologiyasi.
XX-asrning boshida Rossiyada an’anaviy darsli bilim berishdan, predmetli bilim berishga o'tish jarayoni boshlangan. Bu, ko'pincha oliy o'quv yurtlariga tegishli boigan. Hozirgi paytda, barcha oliy o'quv yurtiarida bir kunda bir-biri bilan bog'langan va bogianmagan bir nedita predmetlar o'qitiladi. Darsda o’quvchilar yangi material bilan tanishadi. Aksariyat hollarda, o'qituvchi o’quvchilarga tayyor bilim shaklidagi ma'iumotlarni aytib beradi, biroq materialning mazmuni to la tahlil qilinmaydi, natijada uning ma'nosi ochilmay qoladi. Bunday jarayon kunda takrorlangani uchun. bu ko'nikma odatga aylanib, o'qitishning muhim belgisi sifatida qabul qilinadi. Har kuni turli predmetlar bo'yicha oz-ozdan bilim olgan o’quvchilar, bir kunda nima o'qiganini ham aniq bilishmaydi. Chunki har bir predmetni turli o'qituvehilar o'qitganligidan, ularning dars o'tish metodikasi ham turlichadir. Qolaversa, o’quvchilarning o'quv faoliyatiga qo'yiluvchi talablar ham bir-biridan farq qiladi va ularning bilimi turli usullai; bilan tekshiriladi, turli mezonlar bilan baholanadi. Natijada, ularda umumiy o'quv usullari yaxshi shakllanmaydi. Bunday salbiy holatdan chiqish uchun, quyidagicha texnologiyani qo'llash mumkin. U har bir predmetga yoki predmetlar sikliga chuqur kirishish deb aytiladi, uning mazmuni quyidagicha: o'quv yiliga ajratilgan vaqtni bir necha bosqichga, ya’ni modullarga bo'lib, uning har birida bir nechta turdosh predmetlarni hafta sayin 2-4 soatdan o'qishadi. Masalan, kvant mexanikasiga 3-darsda 68 soat ajaratilgan. Agar har haftada 4 soatdan o'qishsa, o’quvchilar 17 haftada dasturni to'la o'qib bitirishadi. Kvant mexanika predmeti ikki moduldan iborat bo'lib, o’quvchilar ushbu predmetdan 2 ta joriy, 2 ta oraliq va yakuniy nazorat topshiradi. O'qitishning kontekst texnologiyasi. Kontekst - lotincha so'z bo'lib, mustahkam boglanish yoki bogiashtirish, - degan ma’noni bildiradi. O'qitishning kontekst texnologiyasining ma’nosi o'quv materialini hayotiy misollar, tegishli mutaxassislik yoki insonlarning kasbi bilan bog'lab o'qitishdan iborat. Boshqacha aytganda, predmetli bilim berishni ijtimoiy sharoitlar va omillar bilan bevosita boglashni talab qiladi. Demak, fizikani kontekst usulda o'qitishning imkoniyati katta. U ilmiy-texnik taraqqiyotning barcha tomonlarini rivojlantiruvchi texnologiyaning turlari, transport, kommunikativ bog'lanish. texnik m a’lumot vositalari. axborot texnologiyalari, internet va yo'ldoshli bog'lanish, qishloq xo'jaligi, maishiy xizmat ko'rsatish, energetika va boshqa sohalarni qamrab oladi. Bu esa, o’quvchilami hayotga va mehnatga tavyorlashda hamda 9 kelajakda yaxshi mutaxassis bolib yetishishga sabab boiadi. Bunday motivrting paydo bolishiga ta'sir qiladigan ichki va tashqi omillarni esga olamiz.



Download 366.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling