Умумий педагогика фанидан тест саволлари ##1
Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitmish ranj ila
Download 272 Kb.
|
Ум. пед
Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitmish ranj ila
Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila +A). Alisher Navoiy B). Forobiy C). Beruniy D). Abdulla Avloniy ##225# Quyidagi fikr qaysi Sharq mutafakkirining qalamiga mansub## Hech bir gap qolmadi mavhum bo’lmagan, Juda oz sir qoldi ma‘lum bo’lmagan. Bilimim haqida chuqur o’ylasam, Bildimki, hech narsa ma‘lum bo’lmagan A). Alisher Navoiy B). Forobiy +C) Ibn Sino D). Abdulla Avloniy ##226#Mimika nima## A). Yuz ifodasini o’qish B). Harakatlar kompleksi +C). Fikrlarni so’zsiz, yuz muskullari orqali bayon etish san‘ati D). Hamma javoblar to’g’ri. ##227#Pantomimika nima## +A). Fikrlarni so’zsiz gavda va qo’l harakatlari orqali ifodalash B) Fikrni so’zsiz ifodalash C) Fikrni erkin bayon qilish. D). Fikrlarni faqat oyoq harakatlari orqali ifodalash ##228#Ijtimoiy persepsiya nima## A).Jamiyat hayotiga faol ishtirok +B). Ko’z qarashlari va yuz ifodasi orqali ichki dunyoni ko’ra olish qobiliyati C). Magiya D). To’g’ri javob yo’q. ##229#Diapozon nima## A).Tovush balandligi B). Nutqni ifodalash usuli C). Nutq boyligi +D). Inson imkoniyatlari darajasidagi turli balandlikdagi tovushlar yig’indisi ##230#Ritmika nima## A). Tovushlarni ifodalash xususiyati B). Nutq xususiyati +C). Tovushlar va so’zlarni talaffuz qilishdagi umumiy tezlik, davomiylik. D). Muloqot xususiyati ##231#Diksiya nima## +A). Tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish B). Tovush xususiyatlari C). Nutq boyligi D). Nutq xususiyati ##232#Tembr nima## +A). Tovushning yorqinligi, yumshoqligi, xususiyligi. B). Tovush balandligi. C). Tovush tezligi. D). Nutq boyligi ##233# O’qituvchi nutqiga qanday talablar quyiladi## A). Grammatik. B). Fonetik. C). Stilistik. +D). Hamma javoblar to’g’ri. ##234#III sinf o’quvchisi Anvar «Men qanday o’qiyman?» mavzusidagi inshosida quyidagilarni yozadi: «Men yaxshi o’qiyman, chunki otamga o’xshab muxandis bo’lmoqchiman. Ona tili va matematikadan «to’rt» oldim, lekin albatta tuzataman. Chunki yaxshi muxandis bo’lish uchun a‘lochi bo’lish kerak. Agar men a‘lochi bo’lsam otam velosiped olib bermoqchilar. Men shunga harakat qilaman». O’qish motivini aniqlang## A) A‘lo o’qish. +B ) Velosipedli bo’lish C). O’zini ko’rsatish D). Otasiga o’xshash ##235# Quyidagi berilganlardan aqliy tarbiyaning vazifasini aniqlang## A). Jasur va botir Vatan himoyachilarini tarbiyalash B) .Tabiatdagi, jamiyatdagi insonlar munosabatidagi go’zallikni anglash va baho berish +C).Nutq va tafakkurni rivojlantirish, fan asoslaridan bilimlarini har tomonlama o’rganish D). Insonlarga to’g’ri, oqilona munosabatda ##236#Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro’yobga chiqarish bosqichlari qaysi javobda to’g’ri berilgan## A. 1996-2000, 2001-2004, 2005 yildan keyingi yillar B. 1995-1998, 1999-2001, 2002-2005 yillar +C. 1997-2001, 2001-2005, 2005 va undan keyingi yillar D. Hamma javoblar to’g’ri ##237#Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari to’g’ri berilgan qatorni belgilang## A). Davlat va jamiyat, ishlab chiqarish uzluksiz ta‘lim B) .SHaxs, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish C. )Ta‘lim tizimi, shaxs, davlat va jamiyat +D).SHaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish. ##238# Uzluksiz ta‘limni faoliyat ko’rsatish printsiplarini aniqlang## A). Ta‘limni ustuvorligi, ta‘limning demokratlashuvi B). Ta‘limning insonparvarlashuvi, ijtimoiylashuvi, milliy yo’naltirilganligi C). Ta‘lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash +D).Hamma javoblar to’g’ri ##239#Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega## A).Oliy pedagogik ma‘lumotli, tegishli bilim ko’nikma va malakaga ega bo’lgan shaxslar +B. )Tegishli ma‘lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar C).Oliy va o’rta maxsus pedagogik ma‘lumotga ega bo’lgan shaxslar D).A va B javoblar to’g’ri ##240# Kimlarga pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishga yo’l qo’yilmaydi## A).Tegishli ma‘lumotga ega bo’lmagan shaxslarga B).Oliy ma‘lumotli bo’lmagan shaxslarga +C)..Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarga D).O’rta maxsus ma‘lumotli shaxslarga ##241#Ta‘lim tizimi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang## A).Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq ta‘lim dasturini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta‘lim muassasalari B).Ta‘lim tizimining faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini ta‘minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar C).Ta‘lim sohasida davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar +D).Hamma javoblar to’g’ri ##242#Quyidagilardan asosiy pedagogik tushunchalarni belgilang## A).SHaxs kamoloti, irsiyat, muhit va tarbiya +B) Ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot, pedagogik jarayon, pedagogik xodisa C).SHaxsning shakllanishi va rivojlanishi, bilim, ko’nikma va malakalar D) .Ijtimoiy muhit, jamiyat, irsiyat, pedagogik jarayon ##243# Pedagogika ijtimoiy fanlarning biri sifatida qaysi fanlar bilan bevosita yaqin aloqada rivojlanadi## +A).Geografiya, biologiya, ximiya, fizika B).Ona tili, adabiyot, lingvistika, grammatika C). Psixologiya, anatomiya va fiziologiya, maktab gigenasi. D) Falsafa, etika, estetika, axloqshunoslik ##244# Hozirgi davrda pedagogika fani rivojiga xizmat qiladigan man‘balarni aniqlang## A).O’zbek xalq og’zaki ijodi, dostonlar va ertaklar B).Texnikaga doir yirik ilmiy kashfiyotlar, koinotni o’rganishga doir bilimlar +C).Ajdodlarimizning ma‘rifiy-pedagogik merosi, ta‘lim-tarbiya haqidagi ilg’or nazariyalar D).Falsafa va unga doir nazariyalar ##245#Quyidagilardan pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlarini aniqlang## +A).Kuzatish, suhbat, eksperiment, adabiy manbalar, hujjat va arxiv materiallari B. )Tushuntirish, o’qitish, maslahat berish, bilish faolligini oshirish C).Munozara, anjuman, ma‘ruza, suhbat D) .Hikoya, namoyish qilish, darslik va kitoblar bilan ishlash ##246# Pedagogika fanlar tizimini belgilang## A).Falsafa, iqtisod, etika, estetika, pedagogika B).Umumiy biologiya, anatomiya, fiziologiya, pedagogika +C).Umumiy pedagogika, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, maxsus pedagogika, metodika, pedagogika tarixi D).Psixologiya, maktab gigienasi, etika, pedagogika ##247#. Shaxs shakllanishining asosiy omillari nimalardan ibora## +A). Biologik omil, ijtimoiy muhit, tarbiya B). Psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini bir butun inson deb his qilish C).Ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot D).O’qish, o’rganish, tarbiya ##248# Ma‘lum o’qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo’lgan yordamchi o’quv materiallari-asbob, qurol, apparat va boshqa shu kabilar qaysi terminga mansub## A). Usul +B) Vosita C). Uslub D). Ta‘lim ##249#O’rganilgan bilim kecha o’rganilgan bilimni mustahkamlaydi va ertaga o’rganiladigan bilimga zamin hozirlaydi. Bu ta‘limning qaysi qoidasiga mos keladi## A). Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi B). Ta‘limning o’quvchi yoshiga mos bo’lishi C). Ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi +D). Ta‘limning tizimli va izchil bo’lishi ##250#O’quvchilarni ijodiy fikrlashga va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan o’qitish metodlarini aniqlang## +A). Muammoli tizim B. ) Hikoya C). Namoyish qilish va suhbat D). Tushuntirish va suhbat ##251#Ta‘lim mazmuni nimalarda ifodalanadi## +A). DTS, o’quv rejasida, dasturi va darsliklarida B). Ta‘lim metodlari, vosita va qo’llanmalarda C). Ta‘lim printsiplarida, o’qituvchining amaliy ishida D). Ta‘lim shaklida, dars tuzilishi, tipi va qo’llanishida ##252#Ya.A.Komenskiyning qaysi asari ta‘lim rivojlantirishga g’oyat katta xissa qo’shdi## A). Ustodi avval B). Yengil adabiyot C). Bolalarga jonim fido +D). Buyuk didaktika ##253#O’zbekistonda ta‘lim nazariyasining rivojiga xissa qo’shgan pedagoglar qaysi javobda to’g’ri berilgan## +A). A.Avloniy B). X.X.Niyoziy C. ) S.Rasuliy D). Hamma javoblar to’g’ri ##254# Bilish nimadan boshlanadi## +A). Sezishdan B) . Idrokdan C). Ko’rishdan D). Tushunishdan ##255#Quyida keltirilgan mutafakkirlardan kimlar inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bilganlar## +A. ) Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Navoiy B). Navoiy, Xamza, Avloniy, Furqat C). Komenskiy, ibn Sino, Farg’oniy, Zavqiy D). Ushinskiy, Forobiy, Beruniy, Pestalotstsi ##256#Tarbiya jarayoni qanday jarayon## +A). Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o’z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon B). Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi qatnashadigan jarayon C). Tarbiyachi bevosita tashkil etadigan, ko’p qirrali qatnashadigan jarayon D). Ta‘lim-tarbiya ishini muvaffaqiyatli amalga oshiradigan jarayon ##257# «Metod» so’zining lug’aviy ma‘nosini ko’rsating## A). «Metod» yunoncha so’z bo’lib, «uslubiyat» ma‘nosini bildiradi B. ) «Metod» lotincha so’z bo’lib, «vositachi» ma‘nosini bildiradi C). «Metod» inglizcha so’z bo’lib, «yul ko’rsatuvchi» degan ma‘noni bildiradi +D). «Metod» grekcha so’z bo’lib, yo’l, usul demakdir ##258#Tarbiyaning maqsadi nima## A). Insonni tarbiyalash B). Insonni bilimli qilish C). Insonga rejali va muntazam ta‘sir ko’rsatish +D). Barkamol, har tomonlama yetuk insonni tarbiyalash ##259#H uquqiy tarbiyaning mazmunini ayting## +A).Fuqarolarda yuqori huquq madaniyatini shakllantirish, ularni o’z huquqlarini tanishga, o’zgalar huquqini himoya qilish, hurmatlash, jamiyat miqyosidagi qoida va normalarni bilishga o’rgatadi B). Jamiyatdagi insonlararo munosabatlarni tartibga solib turuvchi, insonlar o’rnini, burchini elgilab beruvchi qonunlar majmui C). Insonlarni Konstitutsiyaviy huquq va burchlarini anglab olishga yordam berish D). Huquqiy normalarni va qoidalarni, huquqiy qonunlarni o’rgatadi ##260#Ekologik tarbiya nima## +A). Ekologik tarbiya isnonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalaydi B). Tabiat va jamiyat munosabatlariga oid tushunchalar majmui C). Tabiat haqidagi bilimlar majmui D). Ekologik tarbiya insonni jismoniy va aqliy tarbiyasiga ta‘sir etadi ##261. Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda qanday hislatlarni tarkib toptiradi## A). Umuminsoniy qadriyatlarni, odob, axloq, ishbilarmonlik, kasb odobi kabilarni +B). Tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy xisob-kitob qilish kabilarni C). Milliy qadriyatlarni o’rganish asosida o’z-o’zini anglash, Vatan taraqqiyoti uchun mehnat qilish D). Vatanga muhabbatni, birgalikda ish yuritishni ##262#Ekologik tarbiyaning manbalariga nimalar kiradi## +A). Tabiat, yer suv, havo B) Yer, havo, tuproq C). Tabiat, jamiyat D). Yer, suv ##263#Ekologik tarbiyaning vazifasi nimalardan iborat## +A). Tabiat boyliklarini tejab-tergashga, tabiatni muhofaza qilishga o’rgatish B). Yo’qolib borayotgan boyliklarni asrash, yer, suv, havoni tozalash C). O’simliklar dunyosini asrash, tabiatga munosabat D). Atrof-muhitga ijobiy munosabatni tarbiyalash ##264# Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi nima## A). Mehnat ko’nikmalarini shakllantirish, kasb tanlashga o’rgatish, mehnatga amaliy tayyorlash +B). Bolalar mehnatga nisbatan biror bir munosabatni tarkib toptirish, ularning qobiliyatini rivojlantirish va hayotga amaliy kasb tanlashga tayyorlashdan iborat C). Mehnat malakalarini shakllantirish, kasb-hunarga tayyorlash, mehnat asosida do’stlik-o’rtoqlikni tarbiyalash D).Kasb-hunar o’rgatish, mehnatga munosabatni shaklantirish ##265#O’qituvchi mustaqil ish daftarini tarqatar ekan, ilgari bo’sh o’zlashtiruvchilar safida bo’lgan Olimjonning muvaffaqiyatini alohida ta‘kidladi. Qo’llanilgan tarbiyaviy usulini aniqlang## A). Tanbeh berish +B). Rag’batlantirish C). Jazolash D). Mukofotlash, ma‘qullash ##266#Keltirilgan javoblardan o’quvchilarning bilim egallash etaplarini ko’rsating## A) O’qish o’rganish B). Bilim, ko’nikma va malakalar +C). O’quv materialini idrok qilish, anglash, mustahkamlash va amaliyotga tatbiq qilish D. ) Ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot olish ##267#O’quv materialini idrok qilishga qaysi manbalardan foydalaniladi## +A). Ko’rsatish, kuzatish, taqqoslash B). Sezgi, idrok, tasavvurlar C). Diqqat, xotira, tafakkur D). Analiz, sintez, abstraktsiya ##268# Quyidagilardan qaysilari o’quv materialini anglashga yordam beradi## A). Sezgi, idrok, tasavvurlar +B). Tafakkur jarayonlari (analiz, sintez, taqqoslash, abstraktsiya, induktiv, va diduktiv xulosalar chiqarish) C). Ko’rsatish, kuzatish, amaliy ishlar D. ) Laboratoriya ishlari, turlari, tajribalar ##269#Ta‘limning ko’rgazmalilik metodlari ifodalangan javobni aniqlang## +A). Tushuntirish, o’qdirish, suhbat B. ) Hikoya, darslik va kitoblar bilan ishlash C). Kuzatish, namoyish qilish, ekskursiya D). Reproduktiv metod ##270#O’quv dasturida nimalar aksini topgan bo’ladi## A). Har bir sinfda o’qitiladigan o’quv predmetlar soni B). O’quv rejasining kengaytirilgan tahlili +C). O’quv yili davomida har qaysi sinfda alohida predmetlar bo’yicha o’quvchilarga beriladigan ilmiy bilim ko’nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladigan, o’quv rejasi asoslanib tuziladigan hujjat D). Ma‘lum predmet yuzasidan o’quvchi o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar ta‘riflangan o’quv qo’llanmasi ##271#Sinfdan tashqari ishlar qaysi o’rinda to’g’ri ta‘riflangan## A).O’qituvchilar o’quvchilarning bo’sh paytlarida tashkil qiladigan o’quv tarbiyaviy ishlar +B).Darsdan tashqari vaqtda o’qituvchilar yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislarning o’quvchilar bilan olib boradigan turli xil ta‘lim-tarbiyaviy ishlar C).Darsdan so’ng belgilangan kunlarda o’qituvchilar o’quvchilar qiziqishiga asosan tashkil qiladigan to’garak ishlari D).O’quvchini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiluvchi darsdan bo’sh vaqtlarida mutaxassis o’qituvchilar olib boradigan o’quv-sog’lomlashtirish tadbirlari ##272#O’tmish madaniy merosimizni o’rganishga da‘vat etuvchi Prezident I.A.Karimovning asari nomini aniqlang## A). Bizdan obod va ozod Vatan qolsin B). Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir C). Ogohlikka da‘vat +D). Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q ##273#Pedagogik asarlar turkumini aniqlang## +A). Afsonalar B) Ertaklar C. ). Rivoyatlar D). Dostonlar ##274#Abu Nasr Forobiy qaysi asarida komil inson tarbiyaviy sifatlarini ko’rsatib bergan## +A). Musiqa haqida katta kitob B). Qonuni Mas‘uriy C). «Metofizika»ga sharx D). Fozil odamlar shahri ##275#Abu Nasr Forobiy qachon va qaerda tug’ilgan## A). Milodiy 870 yilda Xirotda +B). Milodiy 873 yilda Toshkent yaqinidagi Forob qishlog’ida C ) Milodiy 870 yilda Farg’onada D). Xijriy 320 yilda Buxoroda ##276#Qadimgi Xorazmda qanday din va ma‘rifiy yodgorlik vujudga kelgan## +A). Zardushtiylik dini va «Avesto» B). Moniylik dini ва «Avesto» C). Kubraviya va «Xadis» D). Naqshbandiya ta‘limoti va «Qur‘on» ##277#Ibn Sinoning bolaga ta‘lim-tarbiya berishga doir fikrlari bayon etilgan asarlarini aniqlang## A). «Tib qonunlari», «Xidoyat» B). «Kitob-al Qonuni fit-tib», «Kulunj» +C). «Tib qonunlari», «Tadbiri manozil», «Donishnoma» D). «Donishnoma», «Risolatul tayr» ##278#Ibn Sino tavsiya etgan ta‘limni tashkil etish shaklini aniqlang## A). Yakka tarzda +B). Jamoa tarzida C). Qo’rqitish vositasida D). Brigada shaklida ##279#Kaykovusning eng yirik pedagogik merosi hisoblangan asari nomini aniqlang## A). Farzand tarbiya qilmoq zikrida B) . Suxandonlik haqida C). Ota-ona haqqini bilmak zikrida +D). «Qobusnoma» ##280#Yusuf Xos Hojibning pedagogik asarini aniqlang## A). «Donishnoma» +B). «Qutadg’u bilig» C. ) «Onalar maktabi» D). «Eski maktab» ##281#Abu Rayhon Beruniyning o’qitish haqidagi fikrlarini aniqlang## A). Bolalarni qo’rqitib o’qitish kerak B). Avval ovqatlantirib, so’ngra o’qitish kerak C). Kun buyi bitta fanni o’qitish keak +D). Fanlarni almashtirib o’qitish kerak ##282#Al-Xorazmiyning qaysi asari yirik bir fanning nomiga aylandi## A). «Kitob at-tarix» B). «Jo’g’rofiya» +C). «Al-Kitob-al-muxtasar fi-xisob al-jabr va-l-muqobala» D). «Negizlar» ##283#Zardushtiylik ta‘limotiga ko’ra bolalarga ta‘lim-tarbiya berish necha yoshdan boshlanadi## A). 5 yoshdan B). 6 yoshdan +C). 7 yoshdan D). 10 yoshdan ##284#Zardushtiylik ta‘limotida olg’a surilgan 3 asosiy xislatni ayting## A). Yaxshilik va yomonlik +B). Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal C). Odoblilik, mehnatsevarlik, insonparvarlik D). Gunoh, savob, uvol ##285#Qadimgi Yunoniston va Rimda yashab, o’z asarlarida ilk pedagogik g’oyalarni olg’a surgan
Download 272 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling