Умумий психодиагностика
Download 1.67 Mb.
|
УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ МАЪРУЗА (14)
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi
- Motivatsiya bosqichlari (A. Maslou bo‘yicha)
- Fiziologik – 85% Xavfsizlik va himoya – 70% Muhabbatga va aniq sotsial guruxga bog‘liqlik – 50% Hurmat va e’tibor – 40%
Maslou ierarxiyasi asosiy mazmuniga ko‘ra, extiyojlarni hech qachon “hamma narsa yoki hech narsa” prinsipi asosida qondirib bo‘lmaydi. Ehtiyojlar bir-biriga qisman mos keladi va insonda bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq pog‘onadagi ehtiyojlarga motivatsiya uyg‘onishi mumkin.A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi Amerikalik ruhshunos Abraham Maslou XX sarning 40-yillarida o‘zining ehtiyojlar ustunligi nazariyasini yaratib, kishilar o‘z motivlari jarayonida ehtiyoj va qiziqishning 5 turiga tayanadilar deydi. Uning ehtiyojlar ierarxiyasi qo‘yidagi ko‘rinishga ega. Motivatsiya bosqichlari (A. Maslou bo‘yicha) Birinchi o‘rindagi ehtiyojlar — bu bazis ehtiyojlar, ya’ni, yashashni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlar. A.Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu bazis ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlar, ya’ni oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga bo‘lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi. Masalan, xavfsizlikka, ya’ni tinchlik, tartib, himoyaga bo‘lgan ehtiyoj ham birlamchi bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Biron ijtimoiy guruhda bo‘lish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji ierarxiyaning uchinchi bo‘g‘iniga kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni sotsial ehtiyojlar deb ham yuritiladi. Hurmatga bo‘lgan ehtiyoj ehtiyojlar piramidasining to‘rtinchi bo‘g‘inini tashkil kiladi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo‘lgan ehtiyoj, ya’ni mavqe, nufuz, shon-shuhrat, muvaffaqiyat, diqqat-e’tibor. O‘zligini isbotlash ehtiyoji, ya’ni Maslou ierarxiyasidagi eng yuqori daraja yashirin imkoniyatlarning haqiqatga aylanishi, nimaga erishish mumkin bo‘lsa, shunga erishish. Bu ehtiyojlar shaxsning o‘sishida o‘z aksini topadi. Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Xo‘sh, bu ehtiyojlarni qondirish uchun rahbar qanday usul va yondashuvlarni qo‘llashi kerak. Fiziologik – 85% Xavfsizlik va himoya – 70% Muhabbatga va aniq sotsial guruxga bog‘liqlik – 50% Hurmat va e’tibor – 40% O‘zida extiyojlar perarxiyasining yuqori pog‘onasini namoyon qiluvchi o‘zini o‘zi aktuallashtirish pog‘onasi – 10 % Maslouning fikricha, inson pastroq pog‘onadagi ehtiyojlarini qondirmaguncha, yuqori pog‘onadagi ehtiyojlarga erisha olmaydi. Shuning uchun yuqori pog‘onadagilar ehtiyojlarga juda ozchilik, ya’ni aholining 1 % igina erishadi. Maslou yana shuni ta’kidlab o‘tadiki, o‘z o‘zini aktuallashtiruvchi insonlar uchun mustaqillik, xreativlik, mahsuldorlik, dunyoni falsafiy anglash va erkin muloqandmandlik xos. 1960-yillar boshlarida Maslou qo‘l ostida bir qancha gumanistik yondashuv vakillari birlashib, psixologiyadagi ikki muhim intellektual oqim bo‘lgan psixoanaliz va bixeviorizmga qarshi gumanistik psixologiyani yaratadilar. Gumanistik psixologiya kuchli tashkil qilingan nazariy tizim bo‘lmasdan, uni shaxsga va klinik psixologiyaga nazariy munosabat bildiruvchi o‘ziga xos gurux desa ham bo‘ladi. Maslou o‘z yo‘nalishini psixologiyadagi uchinchi kuch deb nomlagan. Bu yondashuv vakillari inson tabiatining aniq kelib chiqish konsepsiyalarini ajratib o‘rganishgan. Amaliy jihatdan esa bu yondashuvlar g‘arb falsafiy tafakkuri tarixida o‘zining chuqur ildiziga ega. Gumanistik psixologiyaning ildizi ekzistensial falsafa ildizlariga borib taqaladi. Uni Seren Kerkegor (1813-1855), Karl Yaspers (1883-1969), Martin Xaydegger (1889-1976) va Jan-Pol Sartr (1905-1980) kabi bir qancha Evropalik faylasuf yozuvchilar hisoblanadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling