4. K. Rodjersning shaxs nazariyasi
K .Rodjersning shaxs nazariyasi boshqa psixologlardan keskin farq qiladi. Rodjers shaxs nazariyasini uchta prinsip bo‘yicha yoritdi:
1) inson xulq-atvorini ob’ektiv kuzatishlar orqali tushunish mumkin, shaxs esa sub’ektiv idroki va voqelikni bilishi orqali baholaydi.
2) inson o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi, tanlov va qaror qabul qilishda erkin;
3) inson o‘z tabiatiga ko‘ra mehribon va o‘zini o‘ziga kamol toptirishga intiluvchan.
Men tuzilmasida har xil qadriyatlar kiradi:
1) bilvosita organizmda kechadi ("Men o‘z ota-onamni inson sifatida idrok etaman") va
2) boshqalarda introetsirlovchilar xususiy, bilvosita idrok etishga sabab bo‘ladi (" Men o‘z xulq-atvorimni qoniqmagan holda idrok etaman”).
Men konsepsiyasi xarakterlovchi jihatlari:
Barcha shaxs xususiyatlari Men konsepsiyada o‘z aksini topadi (jismoniy, sotsial, seksual, tuyg‘u va emotsiya, tab va psixologik qirralar va boshqalar);
Men-konsepsiyaning qismlari o‘rtasida tuzilmaviy va tiplar bo‘yicha bog‘lanish mavjud;
kongruentlik-nokongruentlik, ya’ni Men-konsepsiya insonning real kechinmalarini muvofiq/ nomuvofiqligidir.
Himoya yoki kuch Men konsepsiyaning mos emasligini ifodalaydi;
Zo‘riqshlar, ya’ni himoya pozitsiyasida qayd etish oqibatidagi holat;
O‘zini o‘zi hurmatlash darajasi yoki barcha xususiyatlari bo‘yicha o‘zini qabul qilish;
Faol tushuvchi axborotlardan kelib chiqib o‘zini baholash qobiliyati.
Shaxs markazlashgan psixoterapiyaning asosiy prinsipi:
Klient haqidagi faqat faol axborotlar foydalaniladi;
Psixoanalizning zarur atributlari inkor etiladi, ular empatiyani yaqinlashuvi va o‘rnatilishiga xalaqit beradi. O‘zaro ta’sirlashuv “yuzma yuz” amalga oshiriladi;
Talqin, baholash va maslahatlar mavjud emas;
Klientga shartsiz ijobiy munosabatdan tashqari so‘ngra salbiy emotsiyaga yo‘l qo‘yiladi;
Klient terapevtdan mustaqil, avtonom;
Natijalar ongning kengaytirishga xizmat qiladi.
Psixoterapiyada qadriyat va ideallarning muhimligi qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |