Умумий психодиагностика


Download 1.67 Mb.
bet54/70
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777737
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
Bog'liq
УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ МАЪРУЗА (14)

Beshinchi davr - o‘spirinlik - o‘zining betakror xislati, individualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o‘smirlik shaxs sifatida noaniqlik, muayyan rolning uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati “rolni kechiktirish”ning o‘zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarining ko‘lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyati mavjud bo‘lmaydi, vaholanki bu kezda o‘spirin rollarda o‘zini sinab ko‘rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o‘spirinlarda o‘z-o‘zini anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil tahlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) jarayonlar va ularning turli ko‘rinishlari namoyon bo‘lishini sharhlaydi.
Oltinchi davr - yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada alohida o‘rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholik va odamovilik kabi bexosiyat xususiyatlari bilan tafovutlanadi.
Yettinchi davr - etuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g‘amxo‘rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatishda va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg‘usi unga uzluksiz ravishda hamroh bo‘ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg‘unlik tuyg‘usi nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas.
Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson tariqasida o‘z burchini uddalay olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlanganligi (qoniqqanligi) tuyg‘ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida ushbu yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko‘ngil sovish his-tuyg‘ularini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. Donolik, soflik, gunohlardan forig‘ bo‘lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati hisoblanadi, binobarin, har bir alohida olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazardan qarash ularning oliy himmati sanaladi25.
J.Piaje26 intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‘lib, u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta’limotini o‘z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish,ko‘nikish) dan iborat bo‘lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarga ajratadi:
1) sensomotor intellekti (tug‘ilishdan to 2 yoshgacha),
2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha),
3) konkret operatsiyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha),
4) formal (rasmiy) operatsiyalar davri.
Z.Freyd shaxs taraqqiyotini qoniqish va reallik prinsiplariga bog‘liq tushunishga harakat qildi.
Qoniqish olishga intilish jinsiy mayllar bilan bog‘liq bo‘lib, biologik,y tug‘ma va tabiiy berilgan bo‘lib, unga intilish ijtimoiy, jamiyatdagi muhit bilan o‘zaro to‘qnash keladi. Reallik prinsipiga ko‘ra inson dunyodagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Tarbiya tufayli reallik va qoniqish prinsipi ziddiyatga uchraydi. Shunday qilib, ikkala prinsip o‘rtasidagi ziddiyatlar tufayli jamiyat bilan mayllar o‘rtasidagi nizo shaxsning turli instatsiyalari –“Kayvoniy Men” va “U” o‘rtasidagi tafovutda aks etadi. “Kayvoniy Men” o‘zida shaxsning sotsial rollarni o‘zlashtirishi, “U”da esa insondagi tabiiy boshlang‘ich manba, chuqur mayllarni ifodalaydi27.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling