Umumiy doc


XI bob. AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMLARI VA ULARNING


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

XI bob. AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMLARI VA ULARNING 
ELEMENTLARI TAHLILI 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


352 
 
11.1
- §. ELEMENTLARNING MATEMATIK TAVSIFI, AHAMIYATI VA 
ISHLATILISHI 
Avtomatik rostlash tizimi (ART)ning sifatli ishlashi tizim elementlarining 
to‘g‘ri tanlanishi va rostlanishiga bog‘liq. Buning uchun, rostlanuvchi ob’ekt va ART 
lar barcha elemetlarining xarakteristikasini bilish kerak. 
Rostlanuvchi ob’ektlar xilma-xildir. Ular bir-birlaridan hajmi, oqib o‘tadigan 
fizik-kimyoviy jarayonlari, apparatlarining shakllanishi va yana bir qancha omillari 
bilan farq qiladi. Ammo ART larni tahlil qilishda, ob’ektlar va ART elementlari 
turlicha bo‘lishiga qaramay, ularning bir xil yoki bir-biriga o‘xshash bo‘lgan 
xususiyatlarini aniqlash hamda ob’ektlarni shu xususiyatlar bo‘yicha namunali 
obe’ktlarga tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Namunali rostlash ob’ektlarining 
xossalarini bilish muayyan sanoat ob’ektlarini tahlil qilish vazifasini osonlashtiradi. 
Bu vazifa tekshirilayotgan ob’ekt turini aniqlashdan iborat bo‘lib, ob’ekt 
xususiyatlari tegishli namunali ob’ekt xususiyatlari o‘xshash deb qabul qilinadi. 
Rostlash ob’ekti va ART elementlari xususiyatlarini tavsiflashda matematik 
modellash usuli qo‘llaniladi. Matematik modellash – modellarni qurish va o‘rganish 
bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Bunda, o‘rganilayotgan ob’ekt o‘rniga model deb 
ataluvchi moddiy ob’ekt olinadi. o‘rganilayotgan ob’ektga o‘xshash modelning 
jarayonlari boshqa fizik hodisaga mos, lekin bir xil tenglamalar bilan tavsiflanadi. 
Matematik modellar hisoblash mashinalari yoki to‘g‘ri analogli qurilmasi orqali 
amalga oshiriladi. Hisoblash mashinalarida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonning 
matematik tavsifini bir qator elementar matematik operasiyalar bajarib tiklanadi. Bu 
operasiyalar bir nechta elementlarni bir vaqtda echish yoki bitta elementni ko‘p marta 
echish bilan bajariladi. To‘g‘ri analogli modellar, hisoblash mashinasidan farqli 
ravishda alohida elementlarga bulinmaydi. Ular boshlang‘ich nisbatlarni qurilmada 
o‘tayotgan hodisa xususiyatlariga ko‘ra tiklaydi. Bunda doimo model va haqiqiy 
jarayon parametrlari o‘rtasidagi bir ma’noli moslashuvi (tanlangan analogiya tizimiga 
ko‘ra) ko‘rsatish mumkin. 
O‘rganilayotgan ob’ektning kirishi va boshqaruvchi parametrlari o‘rtasidagi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


353 
nisbatan aniqlovchi tenglamalar tizimi matematik tavsif deyiladi. Ob’ektning 
matematik modelini kurish va uni o‘rganish bir qator o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
bosqichlarni bajarish demakdir.
Modellash vazifasini aniqlash: 
-ob’ektni o‘rganish va tavsifning shakllanishi; 
-matematik tavsifni tuzish; 
-modellovchi algoritmni ishlab chiqish; 
-olingan model va haqiqiy jarayonning mosligini aniqlash; 
-modellash (ob’ektning matematik modelini tadqiq qilish; 
-olingan ma’lumotni tahlil qilish. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling