Umumiy doc


Modellash vazifasini aniqlash


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Modellash vazifasini aniqlash - barcha bosqichlar ichida eng muhimi, chunki 
matematik modellashning aniq va ravshan ifodalanishidan masalaning echilish 
yo‘llari kelib chiqadi. Modellashning maqsadi turlicha bo‘lishi mumkin, lekin 
ularning 
negizi 
uskunalarni 
optimal 
loyihalash, 
loyihalashning 
o‘zini 
avtomatlashtirish va ob’ektni optimal boshqarishdan iborat. Qo‘yilgan bu maqsadga 
matematik tavsifning uslubini tanlash ham bog‘liq. 
Ob’ektni o‘rganish va tavsifning shakllanishi bosqichida masalaning 
negizidagi hodisalar mexanizmi buysunadigan funksional qonunlar aniqlanadi. Bu 
bosqichga kirish va chiqish o‘zgaruvchilari; g‘alayonlovchi va boshqaruvchi ta’sirlar 
belgilanadi, kirish va chiqish o‘zgaruvchilari o‘rtasidagi bog‘lanish aniqlanadi, 
dastlabki tajribalar utkaziladi. Olingan ma’lumotlar asosida jarayonning strukturali 
sxemasi tuziladi. 
Matematik tavsifni tuzish. Echilayotgan masalaga muvofiq tanlangan fizik 
model asosida matematik tenglamalar tizimi yoziladi. Bu bosqichda, agar imkon 
bo‘lsa, 
tenglamaning 
ahamiyatsiz 
a’zolari 
olib 
tashlanib, 
tenglamalar 
soddalashtiriladi. Bunda tenglamadan olib tashlanayotgan a’zo masalani echishda 
hakikatan ahamiyatsiz ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. 
Modellovchi algoritmni ishlab chiqish masalasi matematik tavsifning 
tenglamalar tizimini echish usulini topishdan iborat. Model qanday mashinada, ya’ni 
rakamli (RHM), analog (AHM) yoki kombinasiyalashgan (ARHT) mashinada amalga 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


354 
oshirilishiga ko‘ra algoritmni ishlab chiqish usuli tanlanadi. Konkret hisoblash 
mashinasining turini tanlash echilayotgan tenglama turi va hisoblash hajmiga bog‘liq. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling