Umumiy doc
-§. OB’EKTLARDA KECHIKISH
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
12.5
-§. OB’EKTLARDA KECHIKISH Agar rostlanuvchi ob’ektga g‘alayonlanuvchi yoki boshqariluvchi ta’sir ko‘rsatilsa, ob’ekt chiqishidagi rostlanuvchi kattalik shu zahoti emas balki birmuncha vaqt o‘tgandan so‘ng o‘zgaradi ya’ni ob’ektda jarayonning kechikishi hosil bo‘ladi. Modda (energiya) ning yaqinlashish yoki sarf o‘zgarishi bo‘yicha oniy (pog‘onali)g‘alayonlanishi ob’ekt uchun eng yomon holdir. SHuning uchun, rostlash tizimlari pog‘onali g‘alayonlanish uchun mos hisoblanadi. Ob’ektdagi kechikish qarshiliklar mavjudligi va tizimning inersionaligi bilan izohlanadi. Sof (transport) va oraliq (sig‘imli) kechikishlar mavjud. G‘alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatilgan paytdan boshlab rostlanuvchi kattalik ob’ekt chiqishida o‘zgara boshlagan paytgacha o‘tgan vaqt sof kechikish deyiladi. Bu vaqt ta’sir ko‘rsatilgan nuqta bilan rostlanuvchi kattalikning modda yoki energiya oqimining harakat tezligi va g‘alayonlovchi hozirgi qiymati o‘lchanadigan nuqta orasidagi masofada aniqlanadi. Sof kechikish tashqi ta’sirning shakl va qiymatiga ta’sir qilmay, faqat ob’ekt chiqishidagi reaksiyani vaqt mobaynida siljitadi. Agar kirish ta’siri sinusoidal xarakterga ega bo‘lsa, ob’ekt sof kechikishi mavjudligi chiqish signalining faza bo‘yicha kechikishiga olib keladi: . 2 m T m τ ω τ π ϕ = = Agar ob’ektdagi modda yoki energiya harakatining tezligini cheksiz kattalikkacha etkazish mumkin bo‘lsa, sof kechikishni nolga tenglashtirish mumkin bo‘lar edi. Sof kechikishni minimumga etkazish uchun datchik sezgir elementini va ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini bir-biriga hamda rostlovchi ob’ektga mumkin qadar yaqin joylashtirish lozim. Oraliq kechikish rostlanuvchi ob’ektda gidravlik va issiqlik qarshiliklari bilan ajratilgan bir yoki bir necha o‘zaro bog‘langan sig‘imlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Bu qarshiliklar ob’ektda modda yoki energiya harakatiga to‘sqinlik qilib, tarqalish egri chizig‘ining transformasiyasiga sabab bo‘ladi. Oraliq kechikishni ob’ektning tarqalish egri chizig‘ida grafik ravishda rostlanuvchi kattaliknnng o‘zgarishi boshlangan paytdan tarqalish egri chiziriga o‘tkazilgan urinmaning PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 386 abssissa o‘qi bilan kesishgan nuqtasigacha o‘tgan vaqt davri bilan aniqlash mumkin. Oraliq kechikish o‘tish jarayonining, ayniqsa, dastlabki davrida ob’ekt tarqalish egri chizig‘ining transformasiyasiga olib keladi. Oraliq kechikishning qiymati qancha katta bo‘lsa, g‘alayonlovchi ta’sir natijasida rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi shuncha past bo‘ladi. SHunday qilib, kichik o‘zgarishli o‘tish jarayonlarida oraliq kechikish avtomatik rostlash vazifalarini engillashtiradi. Oraliq kechikish ob’ektdagi sig‘imlar soni va oraliq qarshiliklar qiymati bilan aniqlanadi. Oraliq karshiliklarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi oraliq kechikish qiymatining ortishiga olib keladi. Rostlanuvchi ob’ektning to‘liq kechikish vaqti τ sof kechikish vaqti m τ bilan oraliq kechikish vaqti n τ ning yig‘indisidan iborat: n m τ τ τ + = Kechikish rostlash jarayonining sifatiga yomon ta’sir qilib, tizimning turg‘unlik koeffisientini kamaytiradi. Tuliq kechikish vaqti qancha ko‘p bo‘lsa, ob’ekt ishini rostlash shuncha qiyinlashadi. Ba’zan kechikishning haddan tashqari kattaligi ob’ektda rostlashni qiyinlashtiradi. SHuning uchun, to‘liq kechikish qiymatini iloji boricha kamaytirish maqsadga muvofiqdir. 12-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 1. O‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish 2. Sig‘im koeffisienti 3. Tarqalish vaqti 4. Inersionlik o‘lchovi 5. Sof kechikish 6. Sig‘im o‘lchovi 7. Oraliq kechikish 8. To‘liq kechikish vaqti NAZORAT SAVOLLARI 1. Rostlanuvchi ob’ekt deganda nimani tushunasiz? 2. Tarqalish vaqti nima? 3. Ob’ektning qanday xususiyati o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish deyiladi? PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 387 4. Bir va ko‘p sig‘imli ob’ektlar deganda nimani tushunasiz? 5. YUklama nima va u qanday aniqlanadi. 6. Ob’ektlarda kechikishlar qay xolatda bo‘lishi mumkin? 7. To‘liq kechikish vaqti deganda nimani tushunasiz? Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling