Umumiy doc
XII bob. ROSTLANUVCHI OB’EKTLAR
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
XII bob. ROSTLANUVCHI OB’EKTLAR 12.1 §. ROSTLANUVCHI OB’EKTLARNING XOSSALARI Kimyo va oziq-ovqat sanoatining texnologik jarayonlari o‘zlarining murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bunga sabab, ishlatiladigan xom ashyo turlarining ko‘pligi, zarur energiya manbalarining turlari va xom ashyoni qayta ishlash jarayoni bosqichlarining soni jarayon davrlari xarakteristikalarining vaqtdagi o‘zgarishlaridir. Kimyoviy texnologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan korxona boshqarish strukturasining dastlabki pog‘onasi kimyoviy va oziq-ovqat sanoati texnologiyasining muayyan apparat shaklidagi tipaviy jarayonlari va ularni lokal boshqarish tizimidan iborat. Jarayonlarni boshqarish sifatida ularning biror tipaviy jarayonga oidligi fizik- kimyoviy xususiyatlarining o‘xshashligidan aniqlanadi. Muayyan apparat shaklidagi har bir tipaviy jarayonlar ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar yig‘indisi o‘z kirish va chiqishiga ega bo‘lgan tizimlar kabi qurildi. Jarayonning kirish o‘zgaruvchilari g‘alayonlovchi va boshqaruvchi (nazorat qilinadigan va qilinmaydigan) ta’sirlarga ajratiladi. Har bir texnologik jarayon o‘zining kerakli yo‘nalishda o‘tishiga teskari ta’sir qilishga intilgan, ya’ni ichki va tashqi kuchlar ta’siriga uchraydi. Tizimning ishlash paytida jarayonning chiqish o‘zgaruvchilari berilgan shartlarga muvofiq bo‘lishi uchun tizimga boshqaruvchi (odatda, xom ashyo tarkibi yoki boshqa xususiyatlarni o‘zgartirish kabi) ta’sirlar ko‘rsatiladi. Tipaviy jarayonlar uzluksiz yoki diskret (uzlukli) bo‘lishi mumkin. Xom ashyo, energiya, katalizatorlar berilib, boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatilishi mobaynida texnologik jarayonda uzluksiz mahsulot ishlab chiqarilsa, bu jarayon uzluksiz deyiladi. Nisbatan qisqa vaqt, ya’ni minut, soat, kunlar oralig‘ida muayyan qiymatda (ko‘pincha donali) mahsulot ishlab chiqariladigan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 377 jarayon diskret (uzlukli) deyiladi. Bunda xom ashyo va yarim fabrikatlar reglamentda ko‘rsatilgan qiymatda avvaldan belgilangan ketma-ketlikda kiritiladi. Boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari ikkala jarayon uchun ham qo‘llaniladi, lekin so‘nggi vaqtlarda uzluksiz texnologik jarayonlarni boshqarish borasida katta yutuqlarga erishilmoqda. Tipaviy jarayonlarning boshqa tasnifi uchun qayta ishlab chiqariladigan xom ashyo agregat holatining belgisi va uning fazali o‘zgarishlari asos bo‘lishi mumkin. Bunga suyuq, gazsimon, bo‘tqasimon, qattiq, sochiluvchi, tolali materiallar oqimini boshqaruvchi tizimlarni misol qilish mumkin. Texnologik jarayondagi (mexanik, gidromexanik,issiqlik va massa almashuvchi, diffuzion, kimyoviy, mikrobiologik va kombinasiyalashgan) bog‘lanishlarga asoslangan tasnif mukammal tasniflardan biridir. Tipaviy jarayonlar, ko‘pincha, determinasiyalashgan tizimlardan iborat bo‘lib, kirish va chiqish o‘zgaruvchilari avvaldan ma’lum va o‘zgaruvchilar o‘rtasida muayyan bir ma’noli bog‘lanish mavjud. Texnologik jarayonlarni tiplarga ajratish ularning matematik tavsifini va apparaturali shakllanishining umumiyligini aniqlashdan iborat. Kimyoviy va oziq-ovqat sanoatining tipaviy jarayonlari quyidagilardan iborat: 1) mexanik jarayonlar – siljitish, tashish, tarozida tortish, granullash, dozalash, maydalash, aralashtirish, kovlash, boyitish; 2) gidrodinamik jarayonlar – suyuqliklarni uzatish va suyuq holdagi bir jinsli bo‘lmagan aralashmalarni ajratish (suyuq, bo‘tqasimon va sochiluvchi), materiallarni aralashtirish; 3) moddaning agregat holati o‘zgarmagan holda issiqlik, massa almashinuvi va termodinamik jarayonlar – siqilish, kengayish, qizish, sovish, giperfiltrasiya, kondensasiyalash, ventilyasiya; 4) moddaning agregat holati o‘zgaradigan issiqlik va massa almashinuvili (diffuzion) jarayonlar – gaz aralashmalarining bo‘linishi, ekstraksiya bug‘latish, kondensasiya, rektifikasiya, distillyasiya, quritish; 5) kimyoviy jarayonlar – oksidlanish, qaytarilish, gidrooksidlarning hosil bo‘lish, neytrallash, degidratasiya aromatlashtirish, sulfidlash, gidroliz, haydash, PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 378 filtrlash; 6) mikrobiologik jarayonlar – xom ashyoni tayyorlash va saqlash, achitish, sterilizasiya, fiksasiya, bug‘latish, haydash, dozalash. Avtomatlashtirish sxemasini ishlab chiqishda texnologik jarayon belgilovchi faktordir. Avtomatlashtirish bo‘yicha tipaviy sxemani ishlab chiqish har bir xususiy hol uchun avtomatlashtirishning prinsipial sxemasini tuzish vazifasini ancha engillashtiradi. Texnologik parametrlari optimal bo‘lgan, agregatlarning stasionar sharoitlarida yuqori sifatli ishlashini ta’minlash uchun jarayon haqida kerakli ma’lumotlarni etkazib berib, boshqarish aniqligini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan boshqariladigan kattaliklar va ularni nazorat qiladigan nuqtalarni to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Texnologik jarayonlarni tadqiq qilishda sanoat korxonalarini boshqarishning tashkiliy prinsiplari bilan bog‘liq bo‘lgan tizimlar strukturasini o‘rganish maqsadga muvofiq. Bunda tizimlar bir-biriga, buysunadigan tizimchalarga ajratiladi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlari uchun uch bosqichli boshqarish strukturasi xosdir. Bo‘ysunish tartibining dastlabki bosqichi tipaviy texnologik jarayonlarga asoslangan. Mahsulot ishlab chiqarishda muayyan texnologik vazifani amalga oshiruvchi jarayon va apparatlar yig‘indisi o‘rta bosqichni hosil qiladi. Umuman, sanoat korxonasi tartibining yuqori bosqichidir. Bu tartibning quyi bosqichi uchun boshqarishning vazifasi texnologik jarayonlarnlarni stabillashtirish va optimallashtirishdan iborat. Strukturaning o‘rta bosqichidagi sexlarni avtomatlashtirishda energetik va moddiy sarfning kichik qiymatda ishlab chiqarishni yuksaltirish vazifalari bajariladi. Uchinchi bosqich uchun boshqarishning vazifasi ishlab chiqarish texnika iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash masalalarini hal qilishdan iborat. SHunday qilib, bo‘ysunish tartibining birinchi bosqichi avtomatik rostlashning namunali jarayon va tizimlariga asoslangan. Ularning vazifasi texnologik rejimlarni stabillashtirishdir. Bo‘ysunish tartibining ikkinchi boqichini agregat, texnologik kompleks va texnologik jarayonlarni boshqarishdagi avtomatlashtirilgan tizimlari tashkil qiladi. Ular apparatlar ishini optimal koordinasiyalash va yuklarni ularning o‘rtasida o‘zaro optimal taqsimlash vazifalarini bajaradi. Uchinchi bosqichni sexlar PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 379 yig‘indisi ishlab chiqarish korxonasi, xom ashyo zahiralarini rejalashtirish va mahsulotni amalga oshirishlarini operativ boshqarish tizimi, ya’ni sanoat korxonasini avtomatik boshqarish tizimi tashkil qiladi. Rostlash jarayoniga rostlanuvchi ob’ekt va tizimning boshqaruvchi qismining xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi. Rostlanuvchi ob’ekt xususiyatlarini o‘rganish avtomatik rostlash tizimini asosli loyihalash imkoniyatini beradi. Rostlanuvchi ob’ektning asosiy xususiyatlari: o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish; sig‘im, yuk, tarqalish vaqti, tezligi va kechikish. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling