Umumiy doc
Tahlil qilishning potensiometrik usuli
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Шиша ва каломел электродлари
Tahlil qilishning potensiometrik usuli
Potensiometrik usul muayyan indikator elektrodlar hosil qilgan EYUK ni 6.22-расм. Контактсиз юқори частотали кондуктометрнинг ўзгарткичлари: а – сиғили; б – индуктивли. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 227 o‘lchash yo‘li bilan ionlar konsentrasiyasining aniqlashga asoslangan. Bu erda, konsentrasiyani bevosita potensiallari farqini o‘lchash bilan aniqlash mumkin. Texnologik jarayonlarda eritma konsentrasiyasi, ko‘pincha, rN ning qiymati bo‘yicha o‘lchanadi: agar rN<7 bo‘lsa, kislotali; rN = 7 bo‘lsa, neytral; rN>7 bo‘lsa, ishqorli eritma bo‘ladi. Avtomatik asboblarda rN ni o‘lchash uchun elektr usuldan foydalaniladi. U tekshirilayotgan eritmaga botirilgan, shishadan tayyorlangan o‘lchash elektrodining eritma rN qiymatiga ko‘ra elektrod eritma chegarasida potensiallar farqini o‘zgartirishiga asoslangan. Biroq, faqat bitta elektrod va eritma o‘rtasidagi potensiallar farqini o‘lchab bo‘lmaydi, chunki o‘lchash asosi ulanganida asbobni eritmaga ulaydigan o‘tkazgich bilan eritma orasida ham potensiallar farqi hosil bo‘lib, u ham eritmadagi vodorod ionlari konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli elektrod potensiallarini o‘lchashda o‘lchash elektrodi bilan bir qatorda yordamchi elektroddan ham foydalaniladi, uning potensiali o‘zgarmas bo‘lib, eritmaning hossalariga bog‘liq bo‘lmaydi. YOrdamchi elektrod sifatida kalomel yoki kumush xlorid qoplangan elektrodlar ishlatiladi. Har ikki elektrod galvanik element hosil qiladi. Suvli eritmalarga tatbiq etiladigan Nernst tenglamasiga ko‘ra bunday galvanik elementining EYUK i, agar yordamchi elektrodning potensiali nolga teng bo‘lsa, quyidagi ifodadan aniqlanadi: E =-2,3 (RT/F)∙rN, (6.18) bu erda R — universal gaz doimiysi; T — eritmaning mutloq harorati, 0 K; G‘ - Faradey soni. (6.18) tenglama shuni ko‘rsatadiki, shisha elektrodning EYUK eritmaning rN miqdoriga va uning haroratiga bog‘liq ekan. Eritmaning harorati o‘zgarmas bo‘lganida, shisha elektrodning EYUK faqat eritmaning rN miqdori funksiyasidan iborat bo‘ladi. Bu tenglamaga R, T va G‘ ning son qiymatlarini qo‘yib, 20°S uchun shisha elektrodning potensiali qiymatini (V hisobida) topamiz. E = -0,0581 ∙ rN. (6.19) 6.23-rasmda tekshirilayotgan eritma 10 ga tushirilgan shisha 1 va kalomel elektrodlar 7 dan foydalanilgan holda eritmaning rN miqdorini o‘lchash sxemasi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 228 ko‘rsatilgan. Ulardan hosil bo‘lgan potensiallar farqi eritmaning rN miqdoriga mutanosib bo‘lib, potensiometr 4 bilan o‘lchanadi. SHisha elektrod shisha naychadan iborat bo‘lib, uchi elektrod shishasidan yasalgan yupqa devorli (0,1—0,2 mm) ichi kavak zoldir kavsharlab qo‘yilgan. Zoldirga rN miqdori ma’lum bo‘lgan eritma 3 to‘ldirilgan bo‘lib, eritmaga esa kumush xlorid qoplangan kontaktli yordamchi elektrod 2 botirilgan, u zoldirning ichki sirtida potensiallar farqini olish uchun xizmat qiladi. SHisha elektrodlarning xususiyati shundan iboratki, ularning ichki elektr qarshiligi juda katta bo‘lib, 20°S da 100—200 mOm ga etadi. Kalomel elektrod 7 dielektrikdan tayyorlangan, ichiga kimyoviy toza simob 5 to‘ldirilgan bo‘ladi. Uning ustida yomon eriydigan kalomel pastasining qatlami 6, to‘yintirilgan kaliy xlorid eritmasi 8 joylashtirilgan. Elektr kontakt hosil qilish uchun kam o‘tkazadigan to‘siq 9 o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali kaliy xlorid asta-sekin sizib o‘tadi va bu bilan tekshirilayotgan eritmadan yordamchi elektrodga chet ionlar o‘tib qolishining oldini oladi. SHunday qilib, shisha va kalomel elektrodlardan iborat rN- metrning elektr zanjiri ketma-ket ulangan elementlar qatoridan tashkil topgan bo‘lib, ularning potensiali o‘lchash asbobi qayd etadigan yig‘indi EYUK ni beradi: 6.23-расм. Шиша ва каломел электродлари 7> Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling