5-laboratoriya ishi
AYLANMA ELASTIK VA NOELASTIK TOʻQNASHUVDA BURCHAK
MOMENTINING SAQLANISHINI KUZATISH
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 10, 29, 34, 56.)
CASSY Lab 2 tomonidan tavsifnoma Namuna tajribalari va parametrlarni yuklash
uchun CASSY Lab 2 help ma′lumotnomasidan foydalaning.
Tajriba maqsadi: Aylanma elastik, noelastik toʻqnashuvlarda burchak
momentining saqlanishi. Burchak momenti va energiyaning saqlanishi (aylanma
toʻqnashuv)
Qisqacha nazariya: Aylanuvchi modelda ikki jismning
𝜔 burchak tezligi
toʻqnashuvdan oldin va keyin yorugʻik datchli ayrilar orasidan oʻtyotganda
oʻlchanishi mumkin. Shu usulda burchak momentining elastik va noelastik
toʻqnashuvdagi burchak momentining saqlanish qonunini va shuningdek energiya
saqlanishi qonunini elastik aylanma toʻqnashishda tekshirish mumkin.
Kerakli asbob va jihozlar:
1.
Sensor-CASSY (524 010 yoki 524 013) – 1ta
2.
CASSY Lab 2 (524 034 yoki 524 074) – 1ta
3.
Taymer bloki yoki Taymer S -1ta
4.
Aylanuvchi model – 1ta
5.
Ayriga oʻrnatilgan yorugʻlik datchiklari (337 46) – 2ta
6.
Koʻp oʻzakli kabel, 6-qutbli, 1.5 m (501 16) – 2ta
7.
Laboratoriya shtativi II (300 76) – 1ta
8.
Windows XP/Vista/7/8 OT kompyuter -1ta
Tajriba qurilmasi (11-rasmga qarang) Aylanuvchi model va yorugʻlik
datchigi ayrisining dastlabki vaziyati shunday boʻlsinki, toʻqnashudan keyin
aylanuvchi jismlarga oʻrnatilgan yorigʻlik toʻsgichlar yorugʻlik datchigi ayri
ichidan oʻtsin. Yorigʻlik toʻsgichlar ayri ichidan oʻtayotganda yorugʻlikni toʻsib
oʻtishlari zarur.
37
11-rasm. Tajriba qurilmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |