Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

 
Sinash uchun savollar: 
1. Maksvel diski ishlash prinsipi haqida ma′lumot bering. 
2. Energiya saqlanish qonunini tushuntiring. 
3. Potensial energiyaning kinetik va aylanma harakat energiyasiga aylanishini 
tushuntiring. 
4. Inertsiya momentini haqida ma′lumot bering. 
 
 
 
 


64 
11-laboratoriya ishi 
HAVODAGI TOVUSH TEZLIGINING HARORATGA BOGʻLIQLIGINI 
OʻRGANISH 
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 2, 3, 5, 6, 32, 34, 36, 57.) 
 
Tajriba maqsadi: Muhitdagi tovush tezligining haroratga bogʻliqligini oʻrganish. 
Qisqacha nazariya: Tovush toʻlqinlari ham barcha toʻlqinlar kabi muhitda 
tarqaladi va boʻshlikda tarqala olmaydi. Shuning uchun ham vakuumdan tovush 
uzatilmaydi.
Gazlarda va suyuqliklarda tovush toʻlqinlari faqatgina boʻylanma boʻlishi mumkin. 
Chunki bu muhitlar faqatgina siqilish (choʻzilish) deformatsiyasiga nisbatangina 
elastiklik qobiliyatiga ega. Qattiq jismlar esa ham siqilish (choʻzilish) ham siljish 
deformatsiyalariga nisbatan elastik boʻlganliklari uchun ularda tovush toʻlqinlari 
ham boʻylanma ham koʻndalang boʻlishi mumkin. 
Bahorda avval chaqmoq chaqnashini keyin esa momaqaldiroq tovushini eshitamiz. 
Bu hodisa tovushning tezligi yorugʻlikning tezligidan juda kichik ekanini 
koʻrsatadi. 
Tovushning T=273K da havodagi tezligi V =331 
𝑚/𝑠 ga teng. Toʻlqinlarning 
tarqalish tezligi muhitga va haroratga bogʻliq. Bu xususiyat tovushning tarqalish 
tezligiga ham xosdir. 
Toʻlqinlar manbai va qabul qiluvchining bir-biriga nisbatan harakatlanishi 
natijasida qabul qilinayotgan toʻlqinlar chastotasining oʻzgarishiga Dopler effekti 
deyiladi. 
Mazkur tajriba tovush impulsining havodagi tarqalish tezligini gruppaviy va 
fazaviy tezliklari teng boʻlgan holda aniqlaydi. Tovush impulsi “titrovchi” 
membranali karnayga arrasimon kuchlanish berib hosil qilinadi. Bunda zarb 
natijasida havoda zarb toʻlqini hosil boʻladi. Tovush impulsi mikrofon yordamida 
karnaydan malum masofada qabul qilinadi. 
c-tovush tezligini aniqlash uchun biz, tovush impulsining karnayda hosil bolishi 
va mikrofonda qabul qilinishi orasidagi t vaqtini oʻlchaymiz. Karnayda 


65 
shakllanadigan impulsning aniq boshlanish nuqtasini toʻgʻridan-toʻgʻri aniqlab 
boʻlmaydi. Shuning uchun mikrofonni bir marta s
1
ikkinchi marta s
2
nuqtaga 
qoʻyib oʻlchash olib boriladi. Tovush tezligi 𝛥𝑠 = 𝑠
1
− 𝑠
2
yoʻllar farqi va oʻtish 
vaqtlari farqi 
𝛥𝑡 = 𝑡
1
− 𝑡
2
nisbati kabi quyidagicha aniqlanadi 
𝑐 = 𝛥𝑠/𝛥𝑡. 
Tovush qurilmasiga isitgichdan isitilgan havo yuboriladi shu bilan birga shu 
vaqtda bu qurilma oʻlchashga ta′sir qiluvchi tashqi faktorlar harorat farqi va havo 
konveksiyasi kabilarni blokirovka qiladi. Bu tizimda p bosim oʻzgarmas saqlanadi 
(atrof muhitning amaldagi bosimi). T harorat ortishi bilan ρ havo zichligi kamayadi 
va tovish tezligi ortadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling