Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


ANIQLASH  (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 8, 9, 11, 44, 45, 47, 57


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

ANIQLASH 
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 8, 9, 11, 44, 45, 47, 57.) 
 
Tajriba maqsadi: Qizdirilgan mis, qoʻrgʻoshin va shishani sovuq suv bilan 
aralashtirish va aralashmaning temperaturasini oʻlchash. Mis, qoʻrgʻoshin va 
shishaning issiqlik sigʻimini aniqlash. 
Qisqacha nazariya: Issiqlik oʻtkazuvchanlik. Biror metall tayoqchaning bir 
uchidan ushlab turib, ikkinchi uchini alangada qizdirsak, bir oz vaqt oʻtgandan 
soʻng ushlab turilgan birinchi uchining ham isiy boshlaganini sezamiz. Suv 
solingan metall idishni plita ustiga qoʻysak, avval metall idish devorlari isib, undan 
soʻng suv isiy boshlaydi. Shunga oʻxshagan koʻpgina issiqlik uzatilishi hodisalarini 
misol tariqasida keltirish mumkin. Bu misollar quyidagicha tushuntiriladi. Issiqlik 
berilayotgan jismni yoki jism qismlarini tashkil qilgan molekulalarning harakat 
tezligi ortib temperaturasi koʻtariladi. Bu molekulalar tartibsiz harakatlari tufayli 
qoʻshni jism yoki jism qismlarini tashkil qiluvchi molekulalar bilan toʻqnashib, 
ularga o ′z energiyalarining bir qismini beradi, ikkinchi jism molekulalarining 
energiyasi ortadi. Bu holda issiqlik jismning qatlamidan qatlamiga uzatiladi. 
Bunday issiqlik uzatilishi issiqlik oʻtkazuvchanlik deb ataladi. Demak, issiqlik 
oʻtkazuvchanlik hodisasi ham molekula (atom)larning harakati tufayli sodir boʻlar 
ekan. Metallarning issiqlik oʻtkazuvchanligi gaz va suyuqliklarning 
oʻtkazuvchanligidan katta boʻladi, chunki metallarda molekulalar zich 
joylashgandir. Molekulalari siyrak joylashgan moddalar, masalan, gazlar, 
shuningdek, gʻovak moddalar issiqlik izolyatorlari boʻlib hisoblanadi. 
Jism qizishida yoki sovushida yutilgan yoki ajralgan issiqlik miqdori 
𝛥𝑄 
temperaturaning oʻzgarishiga 𝛥𝑇 va massaga m proporsional: 
𝛥𝑄 = 𝑐𝑚 ⋅ 𝛥𝑇 (2.22) 
bu yerda proporsionallik koeffitsiyenti c – jismning solishtirma issiqlik sigʻimi 
deyiladi va uning qiymati materialning turiga bogʻliq. Mazkur tajribada pitra 


93 
shaklidagi turli materiallarning solishtirma issiqlik sigʻimi koeffitsiyenti 
aniqlanadi. Har bir hol uchun pitralar torozida tortiladi va 
𝑇
1
temperaturagacha 
qizdiriladi, keyin massasi torozida tortib aniqlangan 
𝑇
2
temperaturali suv quyiladi. 
Yaxshi aralashgandan keyin issiqlik almashinuvi evaziga pitra bilan suv umumiy 
temperaturaga erishadi 
𝑇
𝑚
. Bunda pitradan ajralgan issiqlik miqdori ΔQ
1
𝛥𝑄
1
= 𝑐
1
⋅ 𝑚
1
⋅ (𝑇
1
− 𝑇
𝑚
) (2.23) 
(bu yerda m
1
pitra massasi, 
𝑐
1
- pitraning solishtirma issiqlik sigʻimi) suv yutgan 
issiqlik miqdoriga 
𝛥𝑄
2
teng 
𝛥𝑄
2
= 𝑐
2
⋅ 𝑚
2
⋅ (𝑇
𝑚
– 𝑇
2
) (2.24) 
bu yerda 
𝑚
2
– suv massasi. 
Bu yerda suvning solishtirma issiqlik sigʻimi koeffitsiyenti 𝑐
2
aniq, temperaturasi 
esa bugʻ temperaturasiga teng deb faraz qilinadi. Noʻmalum 𝑐
1
ning qiymati 
oʻlchangan 𝑇
𝑚

𝑇
2

𝑚
1
va 
𝑚
2
ning qiymatlari boʻyicha quyidagi formula orqali 
hisoblanadi: 
 
𝑐
1
= 𝑐
2
𝑚
2
(𝑇
𝑚
− 𝑇
2
)
𝑚
1
(𝑇
1
− 𝑇
𝑚
)
(2.25) 
Kalorimetrning idishi ham pitradan ajralgan issiqlikning bir qismini yutadi. 
Demak, kalorimetrning issiqlik sigʻimi quyidagiga teng boʻladi 
𝐶
𝑘
= 𝐶
2
𝑚
𝑘
(2.26) 
Shunday qilib, kalorimetr idishining suv ekvivalenti m
k
hisoblashlarda hisobga 
olinadi. (2.24) formula bilan hisoblangan yutilgan issiqlikning miqdori ancha 
aniqroq hisoblanadi 
𝛥𝑄
2
= 𝑐
2
⋅ (𝑚
2
+ 𝑚
𝑘
) ⋅ (𝑇
𝑚
– 𝑇
2
) (2.27) 
va uni hisobga olgan holdagi (2.25) formula quyidagi koʻrinishga keladi: 
𝑐
1
= 𝑐
2
(𝒎
𝟐 
+𝒎
𝒌
) (𝑻
𝒎
− 𝑻
𝟐
)
𝒎
𝟏
(𝑻
𝟏
− 𝑻
𝒎
)
(2.28) 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling