Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Kerakli asboblar va ashyolar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

 
Kerakli asboblar va ashyolar 
1. 
Dyuar idishi (386 48) – 1ta
2. 
Dyuar idishi gʻilofi (384 161) – 1ta


94 
3. 
Mis pitra, 200 g (384 35) – 1ta
4. 
Shisha pitra, 100 g (348 36) – 1ta
5. 
Qoʻrgʻoshin pitra, 200 g (315 76) – 1ta 
6. 
Oʻquv laboratoriya torozisi 610 Tare, 610 g (315 23) – 1ta 
7. 
Termometr -10 °C dan +110 °C gacha (382 34) – 1ta 
Tajribaning oʻtkazish tartibi: 
29-rasmda tajriba qurilmasi keltirilgan. 
29-rasm. Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sigʻimini aniqlash uchun tajriba 
qurilmasi. 
- Qizdirgichni shtativga oʻrnating.
- Bugʻ generatorini suv bilan toʻldiring va ehtiyotlik bilan qurilmani berkiting va 
uni silikon quvur yordamida qizdirgichning yuqorisidagi (bugʻ kirishi) shlangli 
birikmaga ulang.
- Silikon quvurni qizdirgichning pastidagi shlangli birikmaga (bugʻning chiqishi) 
ulang va quvurning ikkinchi uchini menzurkaga soling. Barcha birikmalarda 
silikon quvurlar ishonchli mahkamlaganini koʻzdan kechiring.


95 
- Qizdirgichning namunalar kamerasini qoʻrgʻoshin pitrasi bilan toʻldiring va 
imkoni boricha uni stopor bilan zich qilib berkiting.
- Bugʻ generatorini elektr tarmoqqa ulang, shundan keyin esa qizdirgichdagi 
pitralarni ular orqali bugʻ oʻtkazib 20-25 vaqt davomida qizdiring.
- Boʻsh Dyuar idishining massasini aniqlang, shundan soʻng unga taxminan 180 g 
suv quying.
- Dyuar idishini gʻilofga soling va mos ravishda termometr yoki temperatura 
datchigini qoʻying.
- Suv temperaturasini 
𝑇
2
oʻlchang. 
Dyuar idishining qopqogʻini oching va uni chetga suring; namunalar uchun 
moʻljallangan toʻrni Dyuar idishiga kiriting. Temperaturasi 100 °C boʻlgan 
pitralarni namunalar uchun moʻljallangan toʻrga tashlang, qopqoqni yoping va 
pitralarni suv bilan astoydil aralashtiring. Suv temperaturasi koʻtarilmay qolganda, 
aralashmaning temperaturasini aniqlang. Qoʻshimcha ravishda pitralarning 
massasini m aniqlang.
Mis va shisha pitralar bilan tajribani takrorlang. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling