108
9-laboratoriya ishi
DOIMIY BOSIMDA GAZ HAJMINING TEMPERATURAGA
BOGʻLIQLIGI (GEY - LYUSAK QONUNI)NI OʻRGANISH.
(
Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 7, 8, 9, 12, 35, 36, 47, 58.)
Tajriba maqsadi: Doimiy bosimda p gaz hajmining V temperaturaga bogʻliqligini
aniqlash. Tajriba natijalarini past temperaturalar tarafga ekstrapolyasiyalash yoʻli
bilan temperaturaning absolyut shkalasini aniqlash
Qisqacha nazariya: ν mol miqdordagi ideal gazning holati tajribada aniqlanishi
mumkin boʻlgan bosim, hajm va temperatura qiymatlari bilan toʻliq
ifod Bu uch
miqdor orasidagi munosabat asosiy gaz qonuni bilan aniqlanadi:
𝑝𝑉 = 𝜈𝑅𝑇 (2.37)
bu yerda r – bosim; V - hajm; T – temperatura; ν – ideal gazning moldagi miqdori;
R - universal gaz doimiysi (8,31 Dj/(K
⋅mol).
Agar miqdorlardan biri- bosim, hajm
yoki temperatura doimiy qolsa, qolgan ikki
miqdorni bir biridan mustaqil tarzda oʻzgartirib boʻlmaydi. Masalan,
doimiy
bosimda holatlarning Gey-Lyussak munosabati oʻrinli boʻladi:
𝑉 ∼ 𝑇 (2.38)
Mazkur tajribada bu qonun gazli termometr yordamida tasdiqlanadi. Gazli
termometr shisha kapillyardan tashkil topgan boʻlib, uning bir uchi ochiq.
Havoning ma′lum miqdori kapillyar ichida simobning
tomchisi bilan zich
berkitiladi. Tashqi p
0
bosimda, kapillyar ichidagi havo
𝑉
0
hajmga ega.
Gazli termometr temperaturasi taxminan t ≈ 90 °C ga yaqin suvga
joylashtiriladi va
bu sistema asta - sekin sovutiladi (34-rasm). Gazli termometrning ochiq uchi atrof
muhitning bosimi ta′sirida boʻladi. Shunday qilib,
qamalgan havo ustunining
bosimi tajriba vaqtida doimiy qoladi. Hajm quyidagicha aniqlanadi:
𝑉 = 𝜋
𝑑
2
4
ℎ (2.39)
bu yerda d = 2,7 kapillyarning ichki diametri, h – havo ustunining balandligi.