Effuziv tog‘ jinslarining struktura va teksturalari:
a — porfirli struktura, hol-hol tekstura (andezit-porfirit);
b — katta porfirli struktura, flyuidal tekstura (liparit).
131
M a g m a n in g te z q o tis h i n a tija s id a m o d d a la r t o ‘da
kristallanishga ulgurmaydi va shishasimon struktura hosil qiladi.
Shishasimon strukturaga ega bo‘lgan effuziv jinslar chig‘anoq-
simon sinishga egadir. Vulqon oynasi obsidian strukturasini esa
shishasimon deb yuritiladi.
Ba’zan magmatik jinslar pegm atit strukturali boMadilar. U lar
ikkita aralashmaning kristallanishidan hosil bo ‘ladilar. Masalan,
kvars bilan dala shpati (ortoklaz) birga o'sganda ana shunday
struktura paydo bo‘ladi.
M agma jin slam i birinchi m arta m ikroskopik usul bilan
ko'zdan kechirganimizda aniq kristallangan donador strukturani
intruziv jinslar, effuziv jinslar, afanit yoki porfir strukturali
jinslarni effuziv jinslar deb aytsak, katta xato qilmagan b o ‘lamiz.
Magma jinslar teksturasi zich yoki g‘ovakli bo'ladi. Zich jinslar
bir-biriga yopishgan minerallardan tuzilgan bo‘ladi. G ‘ovak jinslarda
chuqurchalar, b o ‘shliqlar yoki oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin
bo ‘lmagan mayda g‘ovaklar, teshikchalar bo‘Iadi. Bunday tekstura
effuziv jinslardan pemza va shunga o ‘xshash jinslar uchun xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |