Piroklast jinslar
Piroklast (qaynoq bo ‘lak) jinslar magmatik va cho‘kindi tog‘
jinslari oralig‘ida bo‘lib, tarkibida magmatik va cho‘kindi material-
lar uchraydi.
Piroklast jinslarni hosil qiluvchi mineral vulqondan atmosfera-
ga otilib chiquvchi lavadir. Bu davrda lava turli katta-kichiklikdagi
quyidagi mayda b o ‘laklarga bo'linib ketadi. Bular quyidagilardan
iboratdir:
— vulqon bombalari 30 mm dan katta;
— lapillar (toshlar) 3 m m — 30 m m gacha;
— vulqon qumlari — 0,1 dan 3 m m gacha;
— vulqon k o llari — 0,1 m m dan kam.
Atmosferaga otilib chiqqan lava vulqon-shishasi kabi yoki
porfirli jins bo‘laklari kabi qotib qoladi.
Katta b o ‘laklar vulqonga yaqin yerga tushadi va vulqon
brekchiyasini va bombasini hosil qiladi. Vulqon qumlari va ko‘llarini
esa shamol uzoq masofaga olib ketadi va vulqon tuflarni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |