Magmatik jinslarining rangi va solishtirma og‘iriigi
Har bir magmatik jinsning tekstura va strukturasidan tashqari
uning rangini va taxminan nisbiy solishtirma og‘irligini aniqlash
katta ahamiyatga egadir. Jinslarning rangi uning mineral tarkibiga
ko‘ra oq rangdan to qoragacha bo ‘ladi. Y a’ni jinsning rangi
ko‘pchilikni tashkil qiluvchi mineral va siyrak tarqalgan, ko‘pincha
ikkilamchi tartibda hosil bo‘lgan minerallar aralashmasiga bog‘liqdir.
M agniy-temirli minerallarga boy bo‘lgan o ‘ta asos jinslar,
hosil bo'lish sharoitidan q at’i nazar to ‘q-yashil va qora rangda,
alumasilikatlarga (dala shpatlariga) boyroq bo‘lgan nordon va o ‘rta
jinslar esa och-kulrang, yashil, qizg'im tir rangda b o ‘ladi.
N ordon (granit) jinslarning solishtirma og‘irligi 2,5 dan 2,7
gacha; o ‘rta jins (diorit) larniki 2,7 dan 2,8 gacha, asos jinslarniki
2,9 dan 3,1 gacha va o ‘ta asos (peridotit) jinslarning solishtirma
og‘irligi 3,1 dan 3,25 gacha bo‘ladi.
132
V ulqon-shishalarda m ineral kristallari bo‘lmaganligi uchun
ularni aniqlash qiyinroq, lekin solishtirma og‘irligiga qarab ajratish
m um kin. N o rd o n vulqon-shishasi (obsidian) ning solishtirm a
og‘irligi 2,35 dan 2,45 gacha, o ‘rta shishaniki 2,5 dan 2,6 gacha
va asos shisha (bazalt shishasi) niki 2,7 dan 2,8 gacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |