Umumiy geologiya


Magmatik  tog‘ jinslarining  mineral  tarkibi


Download 32.16 Kb.
bet6/11
Sana08.01.2022
Hajmi32.16 Kb.
#248214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Geologiya mustaqil ISH3

Magmatik  tog‘ jinslarining  mineral  tarkibi
Magmatik tog‘ jinslarini ta ’riflashda ularning mineral tarkibini 
aniqlash  birinchi  darajali  ahamiyatga egadir.  Buning uchun shuni 
nazarda tutish kerakki, bir xil minerallar magmaning qotishi vaqtida 
hosil  b o ‘lsa,  boshqalari  esa  keyinchalik,  tayyor jins  ichida  hosil 
b o ‘ladi.  Shunga  k o ‘ra  jin sla rn i  tashkil  qilgan  m in erallarn i 
(birlamchi-singenetik) va ikkilamchi  (ya’ni epigenetik)  m inerallar 
deb yuritiladi.
M agma  tog‘  jinslarni  tashkil  qilgan  birlam chi  minerallarga 
tem ir va magneziyli minerallar, kaliyli dala shpatlari, plagioklazlar,
133

nefelin,  kvars  va  boshqalar  kiradi.  Ikkilamchi  m inerallar  keng 


tarqalgan avtometamorflashgan jarayonlar natijasida hosil  bo‘ladi. 
Ular quyidagilardan  iboratdir:
K aolinlanish  —  kaliyli  dala  shpatlari  hisobiga  jin sn in g  
alumsilikatlardan  kaolinitning  hosil  boMishi.  Bunday  vaqtlarda 
ko‘pincha  kaolinlashgan  jinsning  ayrim   joylarida  kaliyli  dala 
shpatining  donachalarini  yoki  zich  yuzalarda  ularning  qoldiq 
(relikt)  strukturasini  uchratish  mumkin.
Seritsitlanish  — jinsning  plagioklazlar hisobi  ga  seritsit  (juda 
mayda  muskovit)  bilan  almashinishi.
Epidotlanish — jinsdagi asos plagioklazlar hisobiga epidotning 
hosil bo ‘lishi,
Xloritlanish  — magma jinslardagi  b a’zi  b irx il  minerallarning 
va  vulqon  shishasining  xlorit  bilan  almashinishi.
Serpentinlanish  —  olivinning  serpentinga  aylanishi.  Bu  asos 
va  o ‘ta  asos  jinslar  uchun  xosdir.  Buning  natijasida  o ‘ta  asos 
jinslar  serpentinitlarga  aylanib  qoladi.  Bu jarayonlarni  o ‘rganish 
katta ahamiyatga ega.  Chunki jins hosil bo‘lgandan so‘ng u qanday 
sharoitda boMganini  ko‘rsatib  beradi.
M agm atik  jinslarning  ichidagi  yot  jinslar  ksenolitlar  deb 
ataladi.  Ular ko‘pincha magma o‘chog‘ining yuqori  qismini, ya’ni 
«tomini  o ‘pirilishi»  natijasida  hosil  bo‘ladi.  Demak,  ksenolitlar 
bir talay cho‘kindi va boshqa jinslarning  magma ichidagi bo‘laklari 
b o ‘lib,  ular ba’zan magmaning tarkibini  ham o ‘zgartirib yuboradi. 
Ksenolitlarni  aniqlash  ancha  osondir.  Chunki  ularning  rangi, 
ayniqsa strukturasi va mineral tarkibi butunlay boshqacha bo‘ladi. 
Ksenolitlar har xil  kattalikda  bo'ladi.
Intruziv  m agm atik  jinslarning  m ineral  tarkibini  aniqlash 
uchun  quyidagi jadvaldan  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.
P lyus  ish o rasi  m in e ra ln in g   b o rlig in i,  m in u s  ish o ra si 
mineralning  yo‘qligini,  ikki  xil  ishora  (yo)  mineralning  odatda 
b o ‘lishligini,  lekin  b o ‘lmasligi  h am   m um kinligini;  (yo)  esa 
aksincha,  odatda b o ‘lmay,  lekin bo‘lishi  mumkinligini ko‘rsatadi.
Katta  chuqurlikda  hosil  bo‘lgan  intruziv  to g ‘  jinslarining 
mineral  tarkibini  turli  chizm a  va  jadvallar  yordamida  aniqlash 
mumkin.

Download 32.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling