Umumiy gigiyena va ekologiya
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
dan boshqa davlat muassasalari bilan hamkorlikda olib boriladi).
Bu ishda Qizil Xoch va Qizil Yarimoy jamiyati, koðgina gazeta va jurnallar, radio va televideniye faol ishtirok etmoqda. Otkaziladigan hamma tadbirlar uchun hukumatimiz tomo- nidan mablag ajratiladi va bu tadbirlar aholini ijtimoiy rivojlan- tirishning umumdavlat komðleks rejasiga kiritilgan. Sanitariya maorifining ilmiyligi uning barcha qonun-qoida- larini hozirgi zamon talabiga kora, ilmiy jihatdan asoslab berish- da ifodalanadi. Faqat fanda isbotlangan va rasmiy ravishda tasdiqlangan dalillarnigina ommalashtirish mumkin. Fan yutuq- lari oddiy, hammaboð qilib bayon etilishi kerak. Sanitariya maorifining ðrofilaktik yonalishi uning asosiy tayanchi va eng muhim xususiyati hisoblanadi. Asosiy vazifa aholiga sani- tariya bilimlarini singdirish va sogliqni saqlash choralarini ko- rishga, kasalliklarning oldini olishga, demokratik jamiyat bergan afzalliklardan oqilona foydalanishga orgatish, tibbiyot faolligini oshirishga, aholining ozini muhofaza qilish tuygularini oshi- rishga komaklashish, tibbiy yordamga oz vaqtida murojaat qilishga orgatishdan iborat. Ommaviylik sanitariya maorifining ðrinsiði sifatida shaxsiy suhbatlar otkazish zarurligini inkor etmaydi. Biroq, tashviqot va targibot uslublari ancha ustun turishi lozim, bu usullar ommaviy tus olgan bolishi kerak. Aholini, jumladan, jamoat sanitariya faollarini uyushtirish yoli bilan uni soglomlashtirish 180 tadbirlarini otkazishga keng jalb ettirish juda muhim. Sanitariya faollarini Qizil Xoch va Qizil Yarimoy jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlash mumkin. 7.6-§. SANITARIYA MAORIFINI TASHKIL ETISH Mamlakatda sanitariya maorifi boyicha maxsus muassasalar tarmogi tashkil etilgan. Sogliqni saqlash vazirligi (tegishli sanitariya-eðidemiologiya boshqarmalari orqali) umumiy rah- barlik qiladi. Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligining sanitariya maorifi markaziy ilmiy-tadqiqot instituti sanitariya maorifi boyicha ilmiy va metodik markaz hisoblanadi. Institutda refe- rativ ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi bu ðlakatlar, metodik materiallar, diaðozitivlar ishlab chiqadi va nashr etadi; leksiyalar, konferensiyalar, seminarlar, korgazmalar tashkil etadi va hokazo. Joylarda tashkiliy rahbarlikni sanitariya maorifi uylari amalga oshiradi. Bu uylar (Resðublika, viloyat, shahar, tuman) otgan asrning 1920-yilidan mavjud. Sanitariya maorifi uylari jamoa- sining maqsadi sanitariya maorifi mazmunini sogliqni saqlash- ning umumiy va mahalliy vazifalariga muvofiqligini taminlashdir. Sanitariya maorifi uylari jamoasining vazifasi: mahalliy sogliqni saqlash sistemasida sanitariya maorifiga mamuriy va maxsus tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish; aholi ortasida bevosita sani- tariya-oqartuv ishlari olib borish; xizmat korsatiladigan hududda barcha sanitariya-oqartuv ishlarini rejalashtirish. Keyingi vaqtlarda shahar ðoliklinikalari qoshida ðrofilaktika bolimlari tarkibida sanitariya maorifi va gigiyenik tarbiya kabi- netlari tashkil etilmoqda. Ular metodik materiallar, radio quril- malar, ðroyeksion va tovush yozib oladigan aððaraturalar, ðla- katlar, esdaliklar toðlami, ilmiy-ommaboð adabiyotlar bilan jihozlangan. Sanitariya maorifi boyicha maxsus tayyorgarlikdan otgan orta maxsus tibbiyot xodimi kabinet instruktori qilib tayinlanadi. Instruktorlarning asosiy vazifalari: aholi ortasida sanitariya-gigiyena va tibbiyot bilimlarini targib qilishning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish hamda soglom turmush tarzi uchun kurashish; bemorlar va disðanser hisobida turadigan, kasalligi ancha xavfli kishilar ortasida guruhli va yakka-yakka, shaxsiy tartibda sanitariya-oqartuv ishlari olib borish; aholini sanitariya-gigiyenik jihatdan tarbiyalash tadbir- 181 larini otkazishga; tibbiyot xodimlarini tayyorlash uchun metodik, korgazmali va boshqa materiallar tanlash va saqlash; qilingan ishlarni hisobga olish, hujjatlarni yuritishdan iborat. Sanitariya maorifi uylari va kabinetlarining xodimlari dam olish joylarida targibot sifatida qiziqarli korgazmalar, viktorinalar, ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishga katta etibor beradi. Sanitariya maorifining uslub va vositalari. Uslub deganda aniq ish yuritish usullari tushuniladi. Ogzaki, bosma, korgazmali va aralash uslublar farq qilinadi. Ogzaki usul (maruza, munozara, konferensiya, suhbat va boshqalar) asosiy uslublardan biri hisoblanadi. Maruzaga yaxshilab tayyorlanish, uning mazmunini yozma bayon etish kerak. Maruzaga tayyorlanganda uch xil asosiy hujjat: reja, tezislar va konsðekt tuzish mumkin. Reja bu leksiyada bayon etiladigan tartibda yoritiladigan keng hajmli savollar royxatidir. Tezislar mavzudagi asosiy fikrlarning qisqacha bayoni. Konsðekt bu lektor uchun esdalik kochirmalar, raqamlar, misollar, korgaz- mali qurollarga izohlar keltirilgan rejadir. Maruza yoki suhbatlarning mazmuni (konsðekt yozish) va otkazilishiga qoyiladigan talablar. Har bir leksiyaning kirish, asosiy qismlari va xulosasi boladi. Leksiya mavzusi va tinglov- chilar xilma-xilligi (yoshi, jinsi, kasb-kori, umumiy va sanitariya madaniyati darajasi va h.k.) ga qarab, lektor adabiyotlar va rasmlarni togri tanlashi lozim. Bayonni oz leksiyasining qisqacha rejasi yoki mavzuning mohiyatini ochishdan boshlash mumkin. Leksiyaning asosiy qismida uning mazmuni yoritiladi; aniq, ancha muhim va ahamiyatli malumotlar bayon etiladi. Maruza hammaboð va ishonarli bolishi lozim. Malumotni izchil bayon etish va asosiy raqam hamda sitatalarni xotirada tiklash uchun konsðektdan foydalanish kerak. Lektor tinglov- chilarga razm solib qarashi, leksiya ularga qanday tasir korsa- tayotganligini sezishi lozim. Jamoa hayotidan, badiiy adabiyot- lardan olingan misollar bilan boyitilgan yoki kinofilmlar na- moyish qilish bilan otkaziladigan leksiyalar tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Leksiya oxirida aytilgan fikrlarga yakun yasash, xulosalar chiqarish va tinglovchilarni lektorning tavsiyalariga amal qilishga chaqirish lozim. Xulosani qisqa va iloji boricha kotarinki ruhda, tasirchan qilish kerak. 182 Suhbat targibotning samarali vositasi bolib, uni shifokor hamda tibbiyot hamshirasi otkazishi mumkin. Suhbatlar rejali va rejadan tashqari bolishi mumkin. Ular, odatda, 20 daqiqa- gacha davom etadi. Suhbatning qimmatli tomoni shundaki, u tinglovchilar bilan chambarchas aloqa ornatishga, ularning bilim va tajribalaridan foydalanishga imkon beradi. Mavzuga doir rejali ravishda guruhli (2530 kishigacha) suhbatlar otkazish uchun auditoriyadagilarning bilimi bir xil bolishi va tinglovchilarning yetarli darajada faollik korsatishi (savollar berishi, sozga chiqi- shi) juda muhim. Leksiyalarda quyidagi mavzulardan foydalanish mumkin: 1. Davlatimiz qarorlarida sogliqni saqlash masalalari. 2. Sogliqni saqlash sohasida resðublikamizda erishilgan yutuqlar. 3. Hushyor turmush tarzi. Ichkilikbozlikni tugatish. 4. Bolalar infeksion kasalligi va uning oldini olish. 5. Yurak-tomir kasalliklari va ularning oldini olish. 6. Soglom turmush tarzi salomatlik garovi. 7. Shikastlanish va uning oldini olish. 8. Uzoq umr korish asoslari. 9. Giyohvandlik asr vabosi. «Tibbiyot» mavzusida otka- ziladigan savol-javob kechalari juda ommalashgan. Tinglovchilar savollar berishadi, turli ixtisosdagi shifokorlar va kechani tashkil etgan tibbiyot hamshiralari javob berishadi. Ular korinarli joyga oldindan elon, afisha va savollar yozilgan xatlar tashlanadigan quticha osib qoyishadi. Sexlar, oshxonalar, klublarda otkazi- ladigan kechalar togrisida eslatishadi, savollar yigib, javoblar tayyorlashadi, kechada ham savollar beriladi. Matbuot aholi bilan ishlash uchun juda qulay va ancha oson usuldir. Uning eng keng tarqalgan shakl-xillari: broshura, kitob, jurnal, kalendar, varaqa, sanitariya bulleteni, esdalik, shior, buklet, gazeta (markaziy, mahalliy, devoriy), savol-javoblar taxta- si va boshqalar. Ularning koðchiligini aholi matbuotdan, kitob dokonlaridan sotib olishi, kutubxonalar, oquv zallarida oqishi, obuna bolib olishi mumkin. Davolash muassasalarida bemorlar stollar ustiga yoyib qoyilgan nashrdan chiqqan har xil malu- motlarni oqish imkoniga ega boladilar va h.k. Sanitariya devoriy gazetasi va sanitariya bulleteni keng tar- qalgan. Sanitariya bulleteni gazeta matnidan ancha qisqa bolib, biror muhim mavzuni (donorlik, griððning oldini olish, kocha- 183 dagi shikastlanishlar, raxit va boshqalarni) yoritadi. Xabar, ma- qola, surat va boshqa rasmlar katta taxta, vatman qogozga montaj qilinib, korinarli joyga osib qoyiladi. Devoriy gazetalar mavzulari muassasa ðrofiliga qarab aniqlanadi, odatda gazeta ilmiy-ommaboð ðlanning komðleks masalalariga bagishlanib, bunda kundalik axborotlar, oquvchilarning xabarlari, hayotdan olingan dalillar, tushunarli qilib bayon etilgan yumor, asoslangan maslahatlardan foydalaniladi. Sanitariya maorifining muhim metodi korgazmali metod (modellar, mulyajlar, maketlar, diagrammalar, diafilmlar, suratlar, diaðozitivlar, sxemalar, rasmlar va boshqalarni korsa- tish) hisoblanadi. U maruzalar, suhbatlar, dokladlar vaqtida va mustaqil qollanishi mumkin. Targibot va tashviqot ðlakatlari farq qilinadi. Tashviot ðlakati ochiq rangli bolishi lozim, unda kishilar salomatligiga tegishli biror muhim masala togrisida qisqacha tushuncha beriladi. Masalan, «Tozalik salomatlik garovi». Qiz bola yoki yigitcha- ning suv muolajasi qabul qilayotgan vaqtdagi soglom va xushchaqchaq qiyofasi katta qilib tasvirlangan bolishi mumkin. Targibot ðlakati oqilona va sermulohaza munosabatda bolishni talab etadi. Korgazmalar gigiyena va tibbiyot fanining biror sohadagi eksðonatlarni ommalashtirish maqsadida ularni namoyish qilish uchun har xil tartibda qoyilgan namunalar toðlami sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Korgazmalar statsionar yoki kochma bolishi mumkin. Statsionar korgazmalar sanitariya maorifi uylari, tibbiyot muassasalarida tashkil etiladi. Bir xil mavzudagi, mantiqan boglangan, gruððalari aniq ajratilgan har xil eksðonatlar bo- lishiga rioya qilish juda muhim. Kochma korgazmalar vagon- korgazmalar, santargibot avtomobillar va kichikroq yigma- kochma korgazmalar bolishi mumkin. Sanitariya-oqartuv ishlarini olib borishda tibbiyot hamshirasi katta rol oynaydi. U bemorning uyiga borganida, ðoliklinika, kasalxonalarda sogayib borayotgan bemorlar va ularning oila azolari bilan har kuni yakka tartibda suhbatlar otkazib turadi. Tibbiyot hamshiralari shifokorlar rahbarligida ishlaydilar. Shi- fokor suhbat otkazishda yordam beradi: adabiyotlar, korgazmali qurollar, rasmlar tavsiya etadi, konsðektni korib chiqadi, zarur bolganda yozma nutqini tasdiqlab beradi. Malaka oshirish 184 maqsadida tibbiyot hamshiralarining sanitariya maorifi meto- dikasi boyicha maxsus mashgulotlar, tibbiyot hamshiralari kengashlarida namunali suhbatlar otkaziladi va hokazo. Shifo- korlar va orta tibbiyot xodimlari oyiga 4 soat sanitariya-oqartuv ishlari bilan shugullanishlari; vaqt-vaqti bilan oz ishlariga yakun yasab turishlari kerak. Sanitariya maorifining samaradorligiga quyidagi mezonlar yordamida baho berish mumkin: sanitariya madaniyati, ayniqsa bolalar sanitariya madaniyatining darajasi, gigiyena bilimlari (uning qay ahvolda ekanligi, atrof-muhitning sanitariya holati, oiladagi turmush tarzi va maktabning gigiyenik jihatdan tasir darajasi)ni aks ettiradi. Nazorat savollari 1. Shaxsiy gigiyenaning vazifalari nimalardan iborat? 2. Kundalik rejimning inson salomatligiga tasiri nimalardan iborat? 3. Ogiz boshligini ðarvarishlashning ahamiyatini ayting. 4. Chiniqish deganda nimani tushunasiz? 5. Oyoq kiyimlariga qanday gigiyenik talablar qoyiladi? 6. Sanitariya maorifining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 7. Savol-javob kechalari qanday uyushtiriladi? TEST SAVOL 1. Usti yoðiq chomilish hovuzlarida (basseyn) suv harorati qancha bolishi kerak? A. 1618°C. B. 1820°C. D. 2325°C. E. 2728°C. Mustaqil ish Giyohvandlik va OITS kasalligi mavzusida maruza va nafas yollari hamda ichak infeksiyalari mavzulari boyicha devoriy gazeta tayyorlang. Eslab qoling! Chiniqtirish organizmning iqlim sharoitlarining keskin ozgarishlariga chidamliligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tizimi. Kundalik rejim insonning kun davomidagi turli-tuman ish faoliyatini muayyan tartibda bajarishi. 185 VIII BOB MEHNAT GIGIYENASI, KASBGA ALOQADOR KASALLIKLAR Mehnat gigiyenasi umumiy gigiyena fanining bir bolagi bolib, mehnat jarayoni va ishlab chiqarish muhiti sharoitlarining organizmga tasirini organadi hamda mehnatkashlarning sog- ligini saqlash, qobiliyatini va mehnat unumdorligini oshirishni taminlaydigan gigiyenik va davolash-ðrofilaktika tadbirlarini ishlab chiqadi. Mehnat gigiyenasi quyidagi masalalarni organadi: 1. Ish jarayonida organizmda sodir boladigan fiziologik ozgarishlarni aniqlash. Ishchining korxonadagi mehnat qilish qobiliyatini aniqlash, shu asosda oqilona mehnat va dam olish tartibini tuzish. 2. Korxonada fizik, kimyoviy, radiologik va boshqa omil- larning ishchilar organizmiga tasirini organish natijasiga qarab, ularning gigiyenik meyorlarini tavsiya qilish. Texnologik jarayon- ni organib, ish joylarining jihozlanishi, ishlatiladigan mahsulot va chiqindilarning organizmga tasirini organish. 3. Ishchilar ortasida kasallanish hodisalari sabablari va ish jarayonidagi omillarning organizmga tasirini aniqlab, tegishli ðrofilaktik tadbirlar tavsiya qilish. «Mehnat» va «ish» tushun- chalarini bir-biridan farq qilish lozim. Ish deganda, turli mu- shaklar faoliyati: yugurish, chomilish va shunga oxshashlar tushuniladi, mehnat esa ishchi kuchining aniq, foydali mehnatni bajarishga sarflanishidir. Mehnat organizmda sodir boladigan biologik jarayonlarning meyorida kechishi, shuningdek odamning ijtimoiy faoliyatini bajarishi uchun zarur. Biroq, odam qulay ijtimoiy va fiziologik- gigiyenik sharoitlarda mehnat qilganidagina bu jarayon unga ijobiy tasir korsatadi. Shuning uchun ish joylarini soglom- lashtirishga qaratilgan aniq tadbirlar ishlab chiqilishi kerak. Bular faqat ishchilar salomatligini saqlabgina qolmay, balki ular kelgusida ham sihat-salomat bolishi va mehnat unumdorligining oshishiga olib boradi. 186 Ishchi salomatligiga salbiy tasir qiladigan va ish qobiliyatini ðasaytiradigan har xil kasalliklar ðaydo qiladigan sharoitda ishlasa, bu kasb zararli hisoblanadi. Kasbiy zararlarni 3 guruhga bolish mumkin: 1. Mehnatni notogri tashkil qilishga aloqador zararlar: asab sistemasining ortiqcha zoriqishi; tananing uzoq vaqtgacha bir vaziyatda bolishi; harakat aððaratlari va ayrim sezgi azolari (korish, eshi- tish) ning ortiqcha zoriqishi; notogri mehnat tartibi. 2. Ishlab chiqarish jarayoniga aloqador zararlar: fizik omillar (noqulay mikroiqlim, atmosfera bosimining ozgarishlari va b.); kimyoviy va fizik-kimyoviy omillar (gazlar, chang, buglar); biologik omillar (mikroorganizmlar, gijjalarning tuxumlari va b.); radiologik omillar va hokazo. 3. Mehnat sharoitiga aloqador zararlar. Bunga havo alma- shinishi, ventilatsiya, yoritilishi, maydon sathi, kubatura va boshqalarning yetarli bolmasligi kiradi. Ishchilar organizmiga kasb omillarining tasiri natijasida kasbga aloqador kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bu kasalliklar organizmda oziga xos ogir ozgarishlar ðaydo qilib, ular meh- nat qobiliyatini yoqotish oqibatida olimga olib borishi mumkin. Benzol bilan surunkali zaharlanishda qon hosil qilish azolari zararlanishi, tebratuvchi (vibro) asboblar bilan ishlaganda vib- ratsion kasallik, shaxtyorlarda oðkada erkin kremniy (II) oksid changi toðlanishi natijasida silikoz ðaydo bolishi shunday kasal- liklarga misol boladi. Uzoq yillar davomida tik turib ishlash oqibatida, chunonchi, toqimachilik dastgohi oldida, oyoq venasining kengayishi ham kasb kasalligiga kiradi. Bazan, kasb omillari kasallik ðaydo qilmasa ham, orga- nizmning immun-biologik xususiyatiga salbiy tasir korsatib, tashqi muhit tasiriga chidamsiz qilib qoyadi. Masalan, revmatizm, ðoliartritlar baliqchilarda va shaxtyor- larda koð uchraydi va hokazo. Kasbga aloqador salbiy omillarni bilish kasb kasalliklarining oldini olish uchun chora-tadbirlar qollash imkonini beradi. 187 8.1-§. MEHNAT JARAYONIDA AYRIM AZOLAR VA SISTEMALARDA ROY BERADIGAN FUNKSIONAL OZGARISHLAR Mehnat jarayonida organizmda muhim morfologik, fiziologik va kimyoviy ozgarishlar ðaydo boladi. Jismoniy va aqliy mehnat farq qilinadi. Aqliy mehnatda zoriqish, asosan, asab siste- masining oliy bolimi bosh miya katta ayrim sharlari va ðost- logiga tushadi. Jismoniy mehnatda markaziy nerv sistemasidan tashqari, asab, mushak aððarati, yurak tomirlari, nafas va issiq- likni idora etadigan sistemalar katta ish bajaradi. Ish kunlari, hatto ish boshlashdan avval organizmda moddalar almashinuvining oshishi, ðuls va nafas olishning tezlashuvidan iborat shartli refleks korinishidagi funksional siljishlar kuzatiladi. Bunda ishlab chiqarish sharoiti va vaqt shartli tasirlovchilar bolib hisoblanadi. Markaziy nerv sistemasidan mushaklarga yetib keladigan nerv imðulslari tasirida mushaklarda ularning qisqarishini keltirib chiqaradigan oziga xos jarayonlar roy beradi. Ishlayotgan mushaklarning kislorodga va oziq moddalarga ehtiyoji oshishi shunga olib keladiki, jismoniy mehnatda organizmning koðgina fiziologik sistemalari faoliyati sezilarli ozgaradi. Yurak-tomir sistemasida talaygina ozgarishlar roy beradi; yurak qisqarishlari tezlashadi va ishning ayrim turlarida ðuls bir minutda 90150 marta va bundan koð uradi. Yurakning sistolik hajmi ham oshadi. Natijada yurak hay- daydigan minutlik qon hajmi 35 dan 3040 l gacha yetadi. Eng yuqori arterial bosim 530 mm simob ustunigacha ko- tarilishi mumkin. Ish tugagandan song organizmda roy bergan ozgarishlar darrov yoqolmaydi. Malum vaqtgacha nafas va ðuls tezlashgan holda qoladi. Ish tugash davridan boshlab organizmning dastlabki holatga qaytgunicha otadigan vaqt tiklanish davri deyiladi. Tiklanish davrida ishlab turgan azolarda oksidlanib ulgurmagan moddalar almashinuvi mahsulotlari yigilib boladi. Ish jarayonida ozgarish faqatgina nafas, yurak-tomir sistemasidagina emas, balki deyarli barcha sistemalarda yuzaga keladi. Ogir, notinch davomli ishda yoki ish notogri tashkil qilinganda odam juda toliqib qoladi. 188 8.2-§. TOLIQISH VA UNING OLDINI OLISH Toliqish organizmning alohida fiziologik holati bolib, uzoq vaqt yoki zor berib ishlash natijasida yuzaga keladi va ish qobiliyatining ðasayishi bilan ifodalanadi. U qator fiziologik diqqat funksiyasining yomonlashuvi, mushaklar chidamliligining ðasayishi, ish bajarish bilan bogliq jarayonlar muvozanatining buzilishi va biokimyoviy (qonda qand miqdorining kamayishi, sut kislota darajasining oshishi va hokazo) korsatkichlar bilan aniqlanadi. Toliqish qaytar hodisa. Tegishli hordiq chiqargandan song toliqish yoqoladi va organizmning ish qobiliyati asli holiga keladi. Toliqish natijasida ðaydo boladigan subyektiv charchoq sezgisi dam olish zarurligidan xabar beradi. Mehnat tartibiga rioya qilinmasa, toliqish holdan toyishga olib keladi. Holdan toyish ðatologik holat hisoblanadi. Ogir yoki uzoq davom etadigan ishda, uzoq vaqt davomida dam olinmaganda va ish qobiliyati tiklanmaganda shunday hodisa yuz beradi. Toliqishda markaziy nerv sistemasining ota qozgalishi (muhofaza tormoz- lanishining yetarli emasligi) kuzatiladi, natijada odamning kay- fiyati yomonlashadi, jahldor boladi, uyqusizlik ðaydo boladi. Ota toliqish nevrozlarga, yurak-tomir kasalliklari, giðertoniya, meda yarasi kasalligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Holdan toygan organizmning himoya kuchlari ðasayib ketadi. Bunday ðaytda miriqib, toyib uxlab, hordiq chiqarish kerak, bazan davo tadbirlari korish ham zarur boladi. Koð charchash aksari mehnat jarayonini notogri tashkil qilish, katta asab-ruhiy quvvat va koð energiya sarflashni talab etadigan yoki nisbatan koð bolmagan mushaklar guruhining jadal faoliyati, noqulay ish holati (vaziyat) bilan bogliq ishlarni bajarish oqibati deb hisoblanadi. Toliqish va holdan toyishga qarshi kurashish boyicha tadbirlar ishlab chiqish mehnat gigiyenasining muhim vazifasi hisoblanadi. 8.3-§. TOLIQISHGA QARSHI KURASHISH VA MEHNAT JARAYONINI TOGRI TASHKIL QILISH Toliqishning rivojlanishida markaziy nerv sistemasining funk- sional holati yetakchi orin tutishi isbotlangan. Aniq va ðuxta reja tuzib, ishlab chiqarish jarayonini ðuxta, togri tashkil etish, 189 ish joyining saranjom-sarishta bolishi, sanoat estetikasi vositalari va boshqa ijobiy omillar ish qobiliyatining oshishiga olib keladi. Ishni togri tashkil qilinmasligi, aniq maqsad, reja bolmasligi, gigiyena sharoitlarining yomonligi ruhiyatga salbiy tasir qiladi, Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling