Simob (I) nitrat eritmasining normalligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Eritmadagi xlorid ionining miqdorini aniqlash.
Xlorid ionini aniqlash nitrat kislotali muhitda oxirigacha miqdoriy va stexiometrik boradigan quyidagi reaksiyaga asoslangan:
Analizni bajarish tartibi. 250 ml hajmli o'lchov kolbasidagi tekshiriladigan eritma kolbaning belgisigacha suv bilan suyultiriladi, eritma yaxshilab aralashtirilgandan so'ng undan pipetka yordamida alikvot qism olinib, simob (I) nitratning standart eritmasi yordamida titrlanadi. Titrlash tartibi yuqorida simob (I) nitratni kaliy xloridning birlamchi standart eritmasi bo'yicha standartlashda keltirilgan.
Analiz natijalari yuqoridagi kabi hisoblanadi. Xatoni hisoblash uchun xlorid ionining haqiqiy miqdorini o'qituvchidan biling.
11- Laboratoriya mashg’uloti
Ferrosianidometrik titrlash usulida ruxning miqdorini aniqlash
Darsning maqsadi:
|
Cho’ktirib titrlashning ferrosianidometriya usulida ruxning miqdorini aniqlash.
|
Nazariy qism
Ferrosianidometriya usuli ferrosianid ion bilan kam eriydigan cho'kmalar hosil qiladigan moddalarni aniqlash usuli bo'lib, quyidagi reaksiyaga asoslangan:
[Fe(CN)6]4- + 2 M2+ M2[Fe(CN)6]
Titrlashning oxirgi nuqtasi turli indikatorlar yordamida aniqlanadi.
Kaliy ferrosianidning 0,05 M eritmasini tayyorlash uchun K4[Fe(CN)6] namunasi qayta kristallanadi va 130 °C da'quritish shkafida quritiladi. Natijada olingan quruq modda dastlabki moddalarga qo'yiladigan talablarga javob beradi. Uning 0,05 M eritmasini tayyorlash uchun zarur bo'lgan namuna massasi
formula yordamida hisoblanadi. 250 ml eritma tayyorlash uchun 4,6045 g atrofida modda oldin texnik va keyin analitik tarozida tortib olinadi. Tortib olingan namuna 250 ml hajmli o'lchov kolbasida eritiladi. Hosil qilingan eritma kolbaning belgisigacha suyultirilib, yaxshilab aralashtirilsa, ishga yaroqli bo'ladi. Ko'pincha, kaliy ferrosianidning taxminiy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanib, uning titri rux sulfat yoki rux metalidan tayyorlangan eritma yordamida aniqlanadi.
0,1 M 1litr ZnS04 eritmasini tayyorlash uchun 6,5 g rux metali olib, uni 1 litr hajmli o'lchov kolbasida 2 N li H2S04 eritmasida eritib, eritmaning hajmini 1 litrga yetkazish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |