Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari


Download 483.39 Kb.
bet27/38
Sana18.06.2023
Hajmi483.39 Kb.
#1569984
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
Miqdoriy analiz Lab

10- Laboratoriya mashg’uloti


Xloridlarni mеrkuromеtrik aniqlash.



Darsning maqsadi:

Xloridlarni mеrkuromеtrik aniqlash.



Nazariy qism
Titrimetrik cho'ktirish usullari
Titrimetrik cho'ktirish usullari qiyin eriydigan birikmalar hosil bo'ladigan reaksiyalarni qo'llashga asoslangan. Titrimetrik analizda qo'llaniladigan cho'ktirish reaksiyalarida ishlatiladigan cho'ktiruvchining nomi asosida usulning nomi yasaladi. Masalan, cho'ktiruvchi kumush birikmalari bo'lganda - argentometriya, simob (I) birikmalari bo'lganda - merkurometriya, ferrosianid bo'lganda -ferrosianidometriya va hk.
Juda ko'p cho'ktirish reaksiyalari ma'lum bo'lsa-da, titrimetrik analizda ularning ba'zilarigina qo'Haniladi. Buning qator sabablari bor. Ulardan biri quyidagi shartlarning bajarilishidir:

  1. cho'kma amalda erimaydigan bo'lishi lozim;

  2. cho'kma tez tushishi, o'ta to'yingan eritmalaming hosil bo'lishi yuz bermasligi kerak;

3) adsorbsiya hodisalari titrlash natijalariga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi kerak;
4) titrlashda ekvivalentlik nuqtasini topish oson bo'lishi kerak.
Bu shartlar titrimetrik analizda qo'llanishi mumkin bo'lgan reaksiyalar sonini kamaytirib yuboradi. Bulardan tashqari, qo'llaniladigan reaktivlarning tannarxi, inson organizmiga ko'rsatadigan zaharli ta'siri va boshqalar usullar qo'llanilishini ancha cheklaydi.


Merkurometriya
Merkurometriya usuli simob (I) ion bilan cho'kma hosil qiladigan anionlarni aniqlashda ishlatiladi. Bu usul quyidagi reaksiyaga asoslangan:

Merkurometriya usuli argentometriya usuliga ko'ra ayrim afzalliklarga. ega: tannarxi arzon, qimmatbaho reaktivlar talab etmaydi; simob (I) birikmalari kumush birikmalaridan kamroq eriydi; merkurometrik aniqlashlarni kislotali eritmalarda o'tkazish mumkin.
Usulning kamchiligu — simob birikmalarining zaharluligidir. Titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun Fe(SCN)3 (qizil rangli eritma rangsizlanadi) va difenilkarbazon (ko'k rangli cho'kma tushadi) ishlatiladi.



Download 483.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling