8- Laboratoriya mashg’uloti
Yodomеtriya.
Ishchi eritmalar tayyorlash va ularni standartlash
Darsning maqsadi:
|
Yodomеtriyada qo’llaniluvch ishchi va birlamchi eritmalar tayyorlash va ularni standartlash.
|
Nazariy qism
Titrimetrik analizning yodometrik usuli erkin yodning yodid ioniga va aksincha, yodid ionining erkin yodga aylanishi bilan bog'liq bo'lgan quyidagi oksidlanish-qaytarilish jarayoniga asoslangan:
Yodometriya usuli yordamida oksidlovchilarni ham, qaytaruvchilarni ham aniqlash mumkin. Bunda oksidlovchilar yodid ionni yodgacha oksidlaydi, qaytaruvchilar yodni yodid iongacha qaytaradi. Oksidlovchi kislotali muhitda ortiqcha kaliy yodid bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan,
Bu reaksiyada aniqlanadigan oksidlovchi ekvivalentining mollar soni ajralib chiqqan yod ekvivalentining mollar soniga teng boiadi. Ajralib chiqqan yod natriy tiosulfatning standart eritmasi bilan titrlanadi. Natriy tiosulfatning titrini aniqlashda kaliy dixromat birlamchi standart modda bo'lib xizmat qiladi.
Titrlash uchun eritmalar tayyorlash
Natriy tiosulfatning ishchi eritmasini tayyorlash. Natriy tiosulfatning erkin yod bilan reaksiyasida ekvivalentining molyar massasi
ga teng.
Demak, 500 ml 0,05 N li eritma tayyorlash uchun 6,2045 g tuz kerak bo'ladi. Odatda laboratoriyada natriy tiosulfatning 5 yoki 10 % li eritmasi tayyor holda bo'ladi. Masalan, 5% li eritmadan taxminan necha ml olish kerakligi quyidagicha hisoblanadi:
0,05 N eritmani tayyorlash tartibi. 500 ml hajmli o'lchov kolbasiga 124 ml 5 % li natriy tiosulfat eritmasidan olib, eritmaning hajmi distillangan suv bilan kolbaning belgisiga yetkaziladi va eritma yaxshilab aralashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |