Analizni bajarish tartibi.
Taxminan 30 ml hajmli 0,1 N HC1 eritmasini neytrallashga qariyb yetadigan ammoniy tuzi tortimi o'lchab olinadi. O'lchab olingan tortim voronka yordamida hajmi~ 1 l bo'lgan dumaloq jo'mrakli kolbaga solinadi va unga bir necha dona maydalangan farfor bo'laklari (qaynashning ravori bo'lishi uchun) tashlanadi. Jo'mrakli kolba shtativga taxminan 20 sm, gaz gorelkasi sig'adigan balandlikda joylashtiriladi. Uning bo'g'zi maxsus tomchilash voronkasi o'rnatilgan tiqin bilan berkitilib, voronkaga ishqor eritmasi solinadi. Kolbaning jo'mragi nishob nay yordamida tikka o'rnatilgan sovitgichning yuqori qismidagi uchiga zich berkitiladi. Sovitgichning pastki uchi konussimon kolbadagi xlorid kislotaning 50 ml hajmli standart eritmasiga (2-4 tomchi metiloranj yoki metil qizili tomizilgan) taxminan 1-1,5 sm botiriladi. Tomchilash voronkasidagi 50 % li ishqor eritmasidan taxminan 50 ml jo'mrakli kolbaga solinib, voronkaning krani berkitilgandan so'ng kolbadagi aralashma qizdira boshlanadi. Gorelka alangasi aralashmaning bir tekis va sekin qaynashini ta'minlashiga e'tibor berilgan holda o'rnatilishi kerak. Qizdirish davomida idishdagi havo chiqib, havo tugagach konussimon kolbaga tushirilgan sovitgichning pastki uchi bo'ylab xlorid kislota eritmasi ko'tarila boshlaydi (bunga e'tibor bermaslik kerak). Konussimon kolbadagi kislota eritmasi ammiakni haydashdan keyin ham qizilligicha qolishi kerak. Agar eritma sarg'aya boshlasa, unga yana biroz o'lchangan kislota eritmasi solinishi kerak. Odatda jo'mrakli kolbadagi eritmaning 2/3 qismi konussimon kolbaga o'tmagunicha haydash davom ettiriladi. Haydash tugagandan so'ng sovitgichning uchi konussimon kolbadan chiqarib olinadi va u distillangan suv bilan yaxshilab yuvilib, yuvindi suv shu kolbaga oqiziladi. Shundan keyin eritma natriy ishqorining standart eritmasi bilan to'q sariq rang paydo bo'lguncha titrlanadi.
Analiz natijalarini hisoblash. Ammiakning massa ulushi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
6- Laboratoriya mashg’uloti
Do'stlaringiz bilan baham: |