Kaliy dixromatning standart eritmasini tayyorlash. Kaliy dixromat kaliy yodid bilan reaksiyaga kirishganda 6 ta elektron biriktirib oladi:
u holda K2Cr2O7 ekvivalentining molyar massasi
Demak, 250 ml eritma tayyorlash uchun m(K2Cr2O4)=0,05.0,25.49,032 = 0,6129 g modda tortib olish kerak bo'ladi.
Analitik tarozida kaliy dixromatdan taxminan 0,6 g atrofidagi modda aniq tortib olinadi va u to'liq 250 ml hajmli o'lchov kolbasiga solinadi. Bo'sh idish va modda yuqi qolgan idish massalari farqi asosida kaliy dixromatning aniq massasi topiladi. O'lchov kolbasiga o'tkazilgan modda eritilib, kolbaning belgisigacha suv qo'shilgandan keyin hosil qilingan eritma yaxshilab aralashtiriladi. Tayyorlangan eritmaning normalligi
formula yordamida hisoblanadi.
Natriy tiosulfat eritmasini kaliy dixromatning birlamchi standart eritmasi bo'yicha standartlash. Titrlash kolbasiga kaliy dixromatning standart eritmasidan pipetka yordamida alikvot qism (20 ml) olib, unga menzurka yordamida 15 ml 2 N li sulfat yoki xlorid kislota eritmasi va 10-15 ml 10 % li kaliy yodid eritmasi qo'shiladi. Kolbani soat oynasi bilan berkitib, qorong'i joyda quyidagi reaksiya
6J- + Cr2O7 2- + 14H+ 2Cr3+ + 3J2 + 7H2O
oxiriga yetishi uchun 5 daqiqa saqlanadi. So'ngra kolbaga taxminan 200 ml suv solib, ajralib chiqqan yod standartlanadigan natriy tiosulfat eritmasi bilan to'q qo'ng'ir rangli eritma och sariq rangga kirguncha titrlanadi. Shundan so'ng bu eritmaga 3-5 ml kraxmal bo'tqasi eritmasi qo'shilib, eritmaning havo rangi och yashil rangga kirguncha titrlash davom ettiriladi. Titrlash 3-4 marta takrorlanadi. Bunda titrlashga sarf bo'lgan tiosulfat hajmining farqi 0,1 ml dan oshmasligi kerak.
Titrlash natijalari yuqoridagi tartibda laboratoriya jurnalida qayd qilinadi. Natriy tiosulfatning normalligi yuqoridagi tartibda hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |