Umumiy kimyo kafedrasi Miqdoriy analiz metodlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari
Tarozining nolinchi nuqtasini topish va tortish
Download 483.39 Kb.
|
Miqdoriy analiz Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdoriy analiz laboratoriyasida ishlash qoidalari
Tarozining nolinchi nuqtasini topish va tortish. Analitik tarozilarning ayrimlarida tarozi strelkasi shkala bo'ylab, ayrimlarida esa shkala qo'zg'almas chiziq bo'ylab o'ngga va chapga tebranadi. Strelkaning shkala yoki shkalaning chiziq bo'ylab tebranishi to'xtagandan keyingi turish nuqtasiga tarozining nolinchi nuqtasi deyiladi. Har xil tasodiflar tufayli tarozining nolinchi nuqtasi o'zgarib turganligi uchun tortishdan awal nolinchi nuqta topiladi. Amalda natijasida yo'l qo'yiladigan xatolarning ta'sirini yo'qotish uchun ikki marta tortish, o'rin almashtirib tortish va tarozining maksimal tortishga mo'ljallangan massali buyumni tortish (Mendeleev usuli) usullaridan foydalaniladi.
Jismning haqiqiy massasini topish uchunformuladan foydalaniladi. Bu yerda, Po- jismning bo'shliqdagi haqiqiy massasi; ph- havoning zichligi; p -jismning zichligi; t-toshlarning zichligi. Havoning zichligi bosim, namlik va haroratga bog'liq. Ko'pchilik hollarda uni 0,0012 deb olish mumkin. Toshlarning zichligi ular yasalgan metallga bog'liq bo'lib, jezdan yasalgan toshlarning zichligi 8,4, alyuminiydan yasalganiniki 2,6 ga teng. Tortishning to'g'riligi tarozi toshlari massasining nominalga mosligiga bog'liq. Tarozi toshlari aniq massali qilib yasalsa-da, ulardan foydalanish jarayonida massalari biroz kamayishi mumkin. Shuning uchun toshlarning massalari vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi (odatda bu ish davlat etalon korxonalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi). 2 g massali toshning massasi ikkita 1 g massali toshlar massalariga teng bo'lishi kerak. Toshlarning massalarini tekshirish uchun ikki marta tortish usulidan foydalaniladi. Miqdoriy analiz laboratoriyasida ishlash qoidalari Miqdoriy analiz laboratoriyasida qilinadigan har qanday amal aniq natijalar olishga qaratilganligini, buning uchun esa ko'p vaqt va mehnat sarflanishini unutmang. Ish joyingizni hamma vaqt toza va saranjom tuting. Ishni bajarish uchun zarur bo'lgan idishlar, reaktivlar va boshqa jihozlar oldindan yaxshilab tayyorlab qo'yilgan bo'lishiga e'tibor bering. Ish stolingizda turgan idish, reaktiv va boshqalarni shunday joylashtiringki, ulardan foydalanish qulay bo'lsin, ular hech kimga xalaqit bermasin. Laboratoriyada ishlaganda hech qachon keskin harakat qilmang. Moddani cho'ktirish, filtrlash, quritish, kuydirish, tortish, titrlash va boshqa amallarni bajarganda ishni, yaxshilab hovliqmay, moddalarni ortiqcha qo'shmay yoki to'kib yubormay bajaring. Aks holda og'ir mehnat evaziga qilingan ish behuda bo'lib qolishi mumkin. Ishni bajarish uchun taqdim etilgan qo'llanmadagi har bir ko'rsatmaga qat'iy rioya qiling. Ishni doimo bekamu ko'st bajarishga o'zingizni o'rgating. Bajargan har qanday ishingizni maxsus laboratoriya jurnaliga erinmay yozib boring. Miqdoriy analizda olinadigan asosiy analitik signal raqamlar bilan ifodalanganligi uchun barcha raqamlarni aniq yozib boring. Hech qanday raqam yozilmasdan qolmasin. Siz olishingiz talab etilgan natijalar ana shu raqamlar yordamida olinishini hech vaqt unutmang. Laboratoriya jurnali qancha osoyishta va tushunarli yuritilsa, siz oladigan natijalar ham shuncha to'g'ri va aniq bo'ladi. Laboratoriya jurnali Sizning madaniyatingizni ham ko'rsatishini unutmang. Har bir laboratoriya ishi jurnalda aniq rasmiylashtirilishi kerak. Buning uchun unga ishning nomi, qisqacha mazmuni, o'lchovlar, kuzatishlar va hisoblashlar natijalari kiritilishi kerak. Miqdoriy analizda olinadigan natijalar statistik ishlangan bo'lishi kerak. Statistik ishlangan natijalar quyidagi shaklda (9.1-jadval) taqdim etilishi tavsiya qilinadi: 1-jadval Download 483.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling