Umumiy kimyo mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari
Kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalarning massasi reaksiya
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
daslabki tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- E=m c 2 bunda: E
- Tarkibning doimiylik qonuni.
Kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan moddalarning massasiga teng. A.Lavuazye bu qonun asosida muhim xulosa chiqarib, reaksiyada qatnashayotgan har bir element atomi massasi reaksiya davomida o‘zgarmasligini ta’kidlagan. Bu esa kimyoviy reaksiyada bir element atomining boshqa element atomiga aylanib ketmasligini bildiradi. Masalan, 8 g oltingugurt 14 g temir bilan reaksiyaga kirishib, 22 g temir sulfid hosil qiladi: Fe + S = FeS 14 g + 8 g = 22g 433,2 g simob oksid parchalanganda 401,2 g simob va 32 g kislorod ajralib chiqadi: 2 HgO = 2Hg + O 2 433,2g = 401,2g + 32g Massa bilan energiya orasidagi o‘zaro bog‘liqlik (u fizika kursida ko‘rib chiqiladi) Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi: E=m c 2 bunda: E—energiya, m — massa, c — yorug‘likning vakumdagi tezligi. Moddalar massasining saqlanish qonuni kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini tuzish uchun moddiy asos beradi. Unga asoslanib, kimyoviy tenglamalar bo‘yicha hisoblashlar o‘tkazish mumkin. Tarkibning doimiylik qonuni. J. Prust 1799-1808- yillardagi o‘z tekshirishlariga asoslanib, moddalar ma’lum miqdorlardagina o‘zaro birikadi, elementlar o‘zaro birikkanda faqat ma’lum tarkibli birikmalar hosil bo‘ladi, binobarin, murakkab moddalar bir xil tarkibga Shaxzod Qo’chqorov ega bo‘ladi, degan xulosaga keldi. Masalan, suv qanday yo‘l bilan olinishidan qat’iy nazar uning tarkibiga kirgan vodorod va kislorod miqdorlari o‘zaro 1 : 8 og‘irlik nisbatda bo‘ladi. Agar reaksiya uchun 2 og‘irlik qism vodorod, 8 og‘irlik qism kislorod olinsa, u holda 1 og‘irlik qism vodorod reaksiyaga kirishadi. Natijada bir og‘irlik qismi reaksiyaga kirishmay ortib qoladi. Yoki uglerod bilan kislorodni biriktirib olingan uglerod (IV) oksidda 3 og‘irlik qism uglerodga 8 og‘irlik qism kislorod to‘g‘ri kelishini ko‘ramiz. CO 2 ni uglerod bilan kislorodni biriktirib olinsa ham, CaCO 3 ni parchalab olinsa ham, CaCO 3 ga xlorid kislota ta’sir ettirib olinsa ham baribir uning tarkibi 3 : 8 nisbatda boʻladi. Demak, har qanday kimyoviy birikmaning tarkibi doimiydir. Tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflanadi: Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling