Umumiy kimyo mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari
Molekular strukturali, ya’ni molekulalardan tuzilgan birikmalaming tarkibi olinish
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
daslabki tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karrali nisbatlar qonuni.
Molekular
strukturali, ya’ni molekulalardan tuzilgan birikmalaming tarkibi olinish usulidan qat’i nazar o‘zgarmas bo‘ladi. Kimyoning rivojlanishi shuni ko‘rsatdiki, o‘zgarmas tarkibli birikmalar bilan bir qatorda, o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar ham bo‘lar ekan. N.S. Kurnakovning taklifiga ko‘ra, o‘zgarmas tarkibli birikmalar daltonidlar (ingliz kimyogari va fizigi Daltonning xotirasiga), o‘zgaruvchan tarkiblilari - bertollidlar (shunday birikmalar borligini oldindan 1808- yilda aytgan fransuz kimyogari Bertolle sharafiga) deb ataladi. Daltonidlaming tarkibi butun sonli stexiometrik indekslari bor oddiy formulalar bilan ifodalanadi. Masalan, H 2 O, HJ, CCl 4 , CO 2 . Bertollidlarning tarkibi o‘zgarib turadi va stexiometrik nisbatlarga muvofiq kelmaydi. Masalan, uran (Vl) oksidning tarkibi, odatda, UO 3 formula bilan ifodalanadi. Haqiqatda esa uning tarkibi UO 2.5 dan UO 3 gacha bo‘ladi. Olinish sharoitiga qarab, vannadiy (II) oksidning tarkibi VO 0.9 dan VO 1.3 gacha bo‘lishi mumkin. Yoki sirkoniy azot bilan birikib ZrN 0.59 , ZrN 0.69 , ZrN 0.74 va ZrN 0.89 nitridlar hosil qiladi. Bertollidlar, oksidlar, gidridlar, sulfidlar, nitridlar, karbidlar, silfidlar va kristall strukturaga ega bo‘lgan boshqa anorganik birikmalar orasida uchraydi. Nomolekular strukturali (atomli, ionli va metall panjarali) birlkmalaming tarkibi esa o‘zgaruvchandir va olinish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, vanadiy (II) oksidning tarkibi temperaturaga va sintezda ishlatiladigan kislorodning bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Elementlaming izotop tarkibini ham hisobga olish kerak: masalan, odatdagi suvda 11,19%, og‘irsuvda esa — 20% vodorod bo‘ladi. Karrali nisbatlar qonuni. Ko‘p elementlar bir-biri bilan birikkanda, ushbu elementlar massalari nisbati har bir holda bir-biridan farq qiluvchi aniq qiymatga ega bo‘lgan turli birikmalar hosil qiladi. Masalan, uglerod kislorod bilan ikki xil birikma hosil qiladi. Ulardan biri – uglerod (II)-oksid (CO) 42,88% uglerod va 57,12% kislorod tutadi. Ikkinchi birikma – uglerod (IV)-oksidi (CO 2 ) 27,29% uglerod va 72,71% kislorod tutadi. Shunday birikmalarni o‘rganish jarayonida J.Dalton 1803-yilda karrali nisbatlar qonunini kashf qildi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling