Umumiy kimyo mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari


Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana24.12.2022
Hajmi1.19 Mb.
#1059682
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
daslabki tushunchalar

Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu 
birikmalardagi bir element massasiga to‘g‘ri keluvchi boshqa element massalari 
o‘zaro kichik butun sonlar nisbatida bo‘ladi.
 


Shaxzod Qo’chqorov 
Bu qonun elementlarning birikmalar tarkibiga aniq miqdorlarda kirishini bevosita 
tasdiqlaydi. Uglerod (II)-oksidi va uglerod (IV)-oksidi hosil bo‘lishida uglerodning bir xil 
massasi miqdori bilan birikuvchi kislorod massasi miqdorini hisoblab ko‘raylik. Buning uchun 
ikkala birikmadagi uglerod va kislorod miqdorini ko‘rsatuvchi kattaliklarni bir-biriga bo‘lib 
ko‘ramiz. 
 
Uglerod (II)-oksidi va uglerod (IV)-oksidining 
tarkibiy massa birliklari 
Birikma 
Miqdor, 
massa 
ulush % 
Uglerodning bir massa birligiga 
to‘g‘ri keladigan kislorod massa 
birliklari soni (O:C


CO 
57,14 
42,86 
1,33 :1 
CO
2
 
72,73 
27,27 
2,66 :2 
 
Gеy-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni  
Frantsuz olimi Gеy-Lyussak (1778—1850) ta’riflagan hajmiy nisbatlar qonuni atom 
massalar haqidagi masalani yеchishga katta yordam bеrdi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi
Kimyoviy rеaktsiyaga kirishuvchi gazlarning hajmlari ozaro va rеaktsiya 
natijasida hosil boladigan gazlarning hajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbati kabi 
nisbatda boladi. 

Masalan, 2 hajm vodorod 1 hajm kislorod bilan yuqori tеmpеraturada rеaktsiyaga 
kirishganda 2 hajm suv bug‘i hosil bo‘ladi. Masalan, 1 l xlor 1 l vodorod bilan birikib, 2 1 
vodorod xlorid hosil qiladi. Albatta, bunday rеaktsiyalarda ishtirok etgan gazlarning hajmlari 
bir xil bosim va bir xil tеmpеraturada o‘lchanilishi lozim.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling