Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish”


Tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 0.59 Mb.
bet4/29
Sana26.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1655822
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Avtorefarat Buzrukov

Tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Ushbu tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning I. “Axborotlashgan jamiyat demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublikamizda hozirga qadar maktab o‘quvchilarining fanni o‘zlashtirishga oid ilmiy kompetensiyalarni shakllantirishga oid bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilgan. Uzluksiz ta’lim tizimiga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishning konseptual va metodologik asoslari M.Vaxobov, O.Musurmonova, M.Mirsoliyeva, Sh.Urakov, M.Pardayevalar, o‘quvchilarda kreativ faollik va kreativlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari B.Mirzaaxmedov, Yu.Maxmudov, M.Djorayev, M.Qurbonov, J.Usarov, K.Inoqov, D.Yakubjanova kabilar tomonidan tadqiq etilgan.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan A.Volodarskaya, R.Gadjiyev, E.Zeer, N.Manko, Ye.Nikiforova, T.Ozerova, V.Simonenko, O.Smolina, A.Suslov, G.Xamatgaleyeva, E.Sharipova, G.Yarochkinalar va pedagog professional kompetentligining shakllanish shart-sharoitlari O.A.Abdulina, Y.K.Babanskiy, V.A.Kan-Kalik, K.M.Levitanlarning tadqiqot ishlarida o‘z ifodasini topgan.
Xorijlik olimlardan O.Autio, K.Zhang, Z.Li, S.Liou, B.Rienties, N.Brouwer & S.Lygo-Baker, Z.Tian, F.Tan Eng Han, T.Trust, B.Chenlar tomonidan o‘quvchilar va kattalarda fizikaviy-texnologik kompetensiyalarni rivojlantirish, texnologik kompetentlikni rivojlantirishda kollaborativ o‘qitish va loyihaviy faoliyatga o‘rgatishning o‘rni, texnologik va kasbiy ta’lim mazmunini integrasiyalashning nazariy-metodologik jihatlari yoritib berilgan.
Yuqoridagi tadqiqot ishlarida o‘qitishning turli yo‘nalishlari o‘rganilgan bo‘lsada, umumta’lim maktab o‘quvchilarida masala yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish masalalari yetarlicha o‘rganilmaganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun bu dissertatsiya “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish” mavzusi tanlab olindi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling