Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi. Tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro va 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 15 ta ilmiy ish chop etilgan, 1 ta o‘quv qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasida falsafa fanlari doktorlik dissertasiyalari (PhD) ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 8 ta maqola, shundan 6 tasi respublika, 2 tasi xorijiy jurnallarda nashr qilingan.
Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertasiya ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati va ilovalardan iborat. Dissertasiya hajmi 125 betni tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon qilingan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, shuningdek, ob’ekti va predmeti olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, ochib berilgan. Shuningdek, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi va hajmi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobida «O‘quvchilarda fizikadan masalalar yechish kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslari» deb nomlangan bo‘lib, zamonaviy ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati, umumta’lim maktablarining fizika darslarida masalalar yechishning psixologik-pedagogik nazariy asoslari bayon qilingan.
Kompetentlik va kompetensiya o‘rtasidagi asosiy farqli jihatlar tahlilini
A.V. Xutorskiyning izlanishlarida uchratish mumkin. Muallifning “Asosiy va predmetli kompetensiyalarni loyihalash texnologiyasi” maqolasida “kompetensiya”, “kompetentlik” va “ta’lim kompetensiyasi” tushunchalari orasidagi farqni ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |