Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish”


Tadqiqotning dissertasiya bajarilgan oliy ta’lim muassasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi


Download 0.59 Mb.
bet5/29
Sana26.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1655822
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Avtorefarat Buzrukov

Tadqiqotning dissertasiya bajarilgan oliy ta’lim muassasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq “Fizika va astronomiya fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishda virtual muhitni shakllantirish”
(2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy-tadqiqot loyihasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda uni o‘quv jarayoniga tatbiq etishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
O‘quvchilarda fizikadan turli tipdagi masalalar yechish orqali fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish modelini ishlab chiqish va kompetentlikning mezonlari hamda ko‘rsatkichlarini takomillashtirish;
o‘quvchilarda fizikadan masalalar yechish kompetentligini tadqiq etishda qo‘llaniladigan metodlarni tanlash va dastlabki empirik tadqiqotni o‘tkazish;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida masalalar yechish kompetentligini ta’minlovchi xususiyatlarni pedagogik nuqtai nazaridan asoslash va masalalar yechish kompetentligi tabiatining namoyon bo‘lish shart-sharoitlarini tadqiq etish;
tadqiq etilgan mavzu bo‘yicha umumiy nazariy va empirik xulosalar chiqarish amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’ekti umumta’lim maktab o‘quvchilariga fizikadan masalalar yechish kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirish jarayoni belgilanib, tajriba-sinov ishlariga Toshkent shahri Yangihayot tumani 8-, Mirzo Ulug’bek tumani 256-, Uchtepa tumani 296-, Surxondaryo viloyatining Termiz shahridan 3-,9-, Qiziriq tumanidagi 6-, Farg‘ona viloyatidagi Uchko‘prik tumani 14-,28-,30- umumta’lim maktablaridan jami 608 nafar o‘quvchi jalb etilgan.
Tadqiqotning predmeti umumta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar yechish kompetentligini shakllantirish metodikasi mazmuni, shakl, metod va vositalari.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling