Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish”


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati


Download 0.59 Mb.
bet3/29
Sana26.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1655822
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Avtorefarat Buzrukov

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda taʼlim muassalalarida aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish, o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish muammosi bo‘yicha alohida ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xorijiy mamlakatlarda tabiiy fanlarni o‘qitishda PISA, PIRLS, TIMSS kabi baholash dasturlarini ishlab chiqishda turli tipdagi masalalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. YUNESKOning tabiiy fanlar sektori (UNESCO`s Natural Sciences Sector)ning strategik rejalarida o‘quvchilarning ijodkorlik va muhandislik qobiliyatlarini shakllantirishda turli tipdagi masalalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, umumta’lim maktab o‘quvchilarida fizikadan masalalarni yechish orqali fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi takomillashtirish jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ularning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Dunyoda o‘quvchi va talabalarning fanga oid kompetensiyalarining pedagogik asoslari, professional-pedagogik kompetentlikning ijtimoiy jabhalari, innovatsion ta’lim muhitida fanlarga doir kompetentlikni shakllantirish, o‘quvchilarga bilimlarni o‘zlashtirish kompetentligini tarkib toptirishning pedagogik shart-sharoitlari, o‘quvchining fanga oid kompetensiyasini rivojlantirishga oid texnologiyalarni joriy etish, o‘quvchilarda fanga oid kompetentlikni shakllantirishga loyixaviy yondashuvni joriy etish muammolari doirasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlar fizikadan masalalar yechish kabi pedagogik kompetentlikni rivojlantirish mezonlari, uni tarkib toptirishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, shuningdek, o‘quvchining fanlarni o‘zlashtirishga doir kompetentligini shakllantirishning pedagogik xususiyatlarini ishlab chiqishda ilmiy-nazariy hamda metodologik asos vazifasini bajarmoqda.
Mamlakatimizda umumta’lim maktablari o‘quvchilarning fizikadan ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, fizik hodisa, jarayon, qonun va qonuniyatlarning mohiyatini chuqur mushohada yuritish orqali anglab yetish, o‘quvchilar faolligini oshirish va fizik qiziqishlarini oshirish hamda hisoblash ishlarini bajarishda masalalar yechishning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Binobarin, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish”, “Ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish”1 kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Hozirgi kunda bu muammolarning dolzarbligi yanada oshib, ta’lim sohasida ota-onalar hamda o‘quvchilar tomonidan ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan zamonaviy talablar ta’limni innovatsion usullarda yangi mazmun bilan to‘ldirish zarurligini taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida quyidagi “Fizika va uni o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalariga alohida etibor qaratib 2021-yilda fizika va chet tillarini o‘rganishni ustuvor yo‘nalish etib belgilashni” taklif etdilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonlari, 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PQ-5032-son Qarorlari hamda mazkur faoliyatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling