Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
-bob. Musobaqa ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari
Download 95.5 Kb.
|
Янги Ватанпарварлар Ватан таянчи б н 10 03 2023
3-bob. Musobaqa ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari
19. Musobaqa ishtirokchilari quyidagilarga majbur: musobaqani o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom talablarini bilishga va unga so‘zsiz rioya qilish; musobaqa davomida o‘zini munosib tutishga va boshqalarni ham nomunosib xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligini ta’minlash; musobaqalarni o‘tkazish joyida ko‘rsatilgan vaqtda belgilangan kiyim turida bo‘lish; musobaqalar ishtirokchilari va hakamlar hamda hay’at a’zolariga doimo xushmuomala munosabatda bo‘lish; zarurat tug‘ilgan hollarda hakamlar hamda hay’at a’zolariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilish; musobaqa uchun belgilangan kun tartibi va boshqa tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish; hakamlar va hay’at a’zolarining ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarish; musobaqa davomida o‘rnatilgan kun tartibi, musobaqalar shartlari va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga. 20. Musobaqa ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega: musobaqalar oldidan hakamlar va hay’at a’zolari ruxsati bilan mustaqil ravishda badantarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish, musobaqa qurollari, maxsus vosita va jihozlar bilan yaqindan tanishish; musobaqa jarayonida hakamlar hamda hay’at a’zolariga Nizom talablaridan kelib chiqqan holda og‘zaki yoki yozma ravishda murojaat qilish (ariza va shikoyat berish); musobaqa davomida nohaqlik yoki shaffoflik ta’minlanmayotganligi aniqlangan hollarda hakamlar hamda hay’at a’zolariga ma’lumot berish; musobaqalar davomida ko‘rsatgan natijalari bilan tanishib borish. 21. Musobaqada ishtirok etayotgan har bir maktab jamoasiga 1 nafar katta (jamoa kattasi) va 2 nafargacha murabbiy tayinlanadi. Jamoa kattasi va murabbiylar ishtirokchilarning intizomi, sog‘ligi va ular tomonidan xavfsizlik talablari hamda musobaqada belgilangan tartib-qoidalarni qat’iy bajarilishi uchun javob beradi. Musobaqa jarayonida jamoa tomonidan musobaqa shartlarini to‘g‘ri bajarilishini nazorat qiladi. Hakamlar va hay’at a’zolari tomonidan qabul qilingan qaror va berilgan ko‘rsatmalarni o‘z jamoasi a’zolariga zudlik bilan yetkazadi. Jamoa kattasi hakamlar va hay’at a’zolaridan o‘z jamoasi a’zolarining natijalariga aniqlik kiritish, zarurat bo‘lgan hollarda yozma yoki og‘zaki ravishda murojaat qilish huquqiga ega. Nizomda ko‘rsatilmagan tartibda hakamlar va hay’at a’zolarining qarorlariga qarshilik ko‘rsatish, ularga bo‘ysunmaslik hamda jamoa a’zolariga qoidalarga zid ravishda yordam berish taqiqlanadi. 22. Musobaqada mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda yakka tartibda suhbat o‘tkazish bo‘yicha tanlov kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilishi mumkin. Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling