Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom


-bosqich “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”


Download 95.5 Kb.
bet6/9
Sana22.04.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1377250
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Янги Ватанпарварлар Ватан таянчи б н 10 03 2023

3-bosqich “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”.
Bosh hakamning “Olg‘a” buyrug‘iga ko‘ra jamoaning 2 (ikki) nafar ishtirokchisi
50 (ellik) metr masofaga zambil ko‘tarib yugurib boradi. U yerda yotgan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam, ya’ni “O‘ng oyog‘i katta va kichik boldir suyaklari ochiq singan, asorati tashqi qon ketishi. Jabrlanuvchining o‘ng oyoq son sohasining pastki uchligiga jgut (turniket) bog‘lanadi va shina qo‘yiladi”. Jabrlanuvchini zambilga yotqizib 50 (ellik) metr masofaga yugurib olib keladi. Barcha jarayonlar tibbiyot xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.
Shart sifatli va to‘g‘ri bajarilmagunga qadar hakamlar shart bajarilayotgan nuqtada ishtirokchilarni ushlab turadi.
Natijasi bo‘yicha musobaqa shartlarini to‘liq bajargan holda eng kam vaqt sarflagan jamoa ushbu shart g‘olibi hisoblanadi.


4-bosqich “Safda qo‘shiq aytish”:
Jamoa (muxlislar bilan birgalikda) a’zolari safda, shaxdam qadamlar bilan yurgan holda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni ijro etadilar. Ushbu shartda chiroyli yurishlar bilan mazmunli va jarangdor ovozda qo‘shiq aytgan jamoa 8-10 ball, saf yurishlar bir xil bo‘lmagan va jarngdor ohangda qo‘shiq aytmagan jamoa 5-7 ball,
saf yurishida pala-partish harakat qilgan va past ovozda, jo‘r bo‘lib aytmagan jamoa
4 ballgacha baholanadi. Belgilanmagan va tasdiqlanmagan namunadagi saf qo‘shiqlarini aytgan jamoaga 0 ball qo‘yiladi. Yuqori ball olgan jamoa g‘olib bo‘ladi.


5-bosqich “Temur tuzuklari bilimdoni”:
“Amir Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovidan kompyuterda “MY test” dasturi orqali 15 tadan 30 tagacha bo‘lgan test savollarini topshirishadi.
Tanlovda har bir jamoadan 3 nafardan ishtirokchi qatnashadi (2 nafar o‘g‘il bola va 1 nafar qiz bola).
Ishtirokchilarning savollariga javob berish vaqti va baholanishi “MY test” dasturi orqali amalga oshiriladi.
To‘g‘ri javob uchun “1” ball, noto‘g‘ri javob uchun “0” ball qo‘yiladi. Bunda yuqori ball olgan jamoa g‘olib bo‘ladi.



Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling