Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom


-bob. Musobaqada qatnashish shartlari


Download 95.5 Kb.
bet4/9
Sana22.04.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1377250
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Янги Ватанпарварлар Ватан таянчи б н 10 03 2023

4-bob. Musobaqada qatnashish shartlari

23. Ishtirokchilar: 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari (har bir jamoadan 7 nafar o‘g‘il bolalar va 3 nafar qiz bolalar) bir xil turdagi harbiy dala kiyimida, yuqori qo‘njli botinkada ishtirok etadi.


Harbiy dala kiyimini dizaynga oid har qanday о‘zgartirishlarni kiritish, dala formasini ochish yoki qayta chizish (yamoq chо‘ntaklari, yenglari, yoqasi
va boshqalar yо‘q), shuningdek ularni yengillashtirish uchun standart dala botinkalarini baland tо‘piq etiklari bilan о‘zgartirish taqiqlanadi.
Kiyim rusumida kо‘rsatilgan kamchiliklardan boshlagan ishtirokchiga ogohlantirish beriladi, uni yо‘q qilish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi, ikkinchi marta qoidalarni buzgan ishtirokchi (jamoa) shartdan chetlatiladi.

24. Musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi shart:


shaxsini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma);
yashash va o‘qish joyidan ma’lumotnoma (fotosurati muhrlangan holda);
qatnashuvchilarni musobaqaga saralab olinganligi va musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat beruvchi tegishli buyruqlardan ko‘chirma;
ishtirokchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari.
25. Musobaqa o‘tkazish kuniga qadar ishtirokchilar 18 yoshdan oshmagan bo‘lishlari shart. Barcha ishtirokchilar musobaqa boshlanishidan oldin mandat komissiyasidan o‘tadi.


5-bob. Musobaqani o‘tkazish tartibi

26. Musobaqa dasturi mazmuni:


a) Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining tantanali ochilishi;
b) Musobaqa bosqichlarini tashkil etish;
v) Musobaqaning asosiy bosqichlarini baholash va g‘oliblarni aniqlash;
g) Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash.
27. Musobaqalarning asosiy bosqichlari shartlari:
1) “Mohir mergan”;
2) “Harbiylashtirilgan estafeta”;
3) “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”;
4) “Safda qo‘shiq aytish”;
5) “Temur tuzuklari bilimdoni”;
6) “Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari a‘lochisi”.
28. Musobaqa ishtirokchilari quyidagi qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi:
“Eng kuchli sportchi”;
“Eng yaxshi mergan”;
“Amir Temur tuzuklari bilimdoni”.



Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling