Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom


Download 95.5 Kb.
bet5/9
Sana22.04.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1377250
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Янги Ватанпарварлар Ватан таянчи б н 10 03 2023

6-bob. Musobaqa jarayoni

29. Musobaqaning asosiy bosqichlari quyidagicha o‘tkaziladi:




1-bosqich “Mohir mergan”.
Musobaqada ishtirokchilar TOZ-8 rusumli pnevmatik qurolidan maxsus belgilangan nazorat otish mashqini bajaradi.
Har bir jamoa musobaqaga mezbonlik qilayotgan harbiy okrug tomonidan qurollar bilan ta’minlanadi. Jamoalarga о‘zlari bilan qurol va о‘q-dori olib kelish taqiqlanadi.
Musobaqada har bir jamoadan 2 nafardan ishtirokchi qatnashadi (1 nafar o‘g‘il bola va 1 nafar qiz bola).
Musobaqa quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
har bir ishtirokchi mashqni navbat bilan yotgan holda bajariladi;
dastlab ishtirokchilar 3 dona o‘q-dori bilan nazorat otishni amalga oshiradi;
keyingi navbatda ishtirokchilar 10 dona o‘q-dori bilan sinov otishni bajaradi. Sinov otish natijalari asosiy hisoblanadi.
Ishtirokchilar 50 metr masofadagi 2-raqamli sport nishonga o‘q otadi. Otish vaqti cheklanmagan. Sinov sharti bo‘yicha 10 dona o‘q-dori bilan bajarilgan mashq ballariga ko‘ra ishtirokchilar o‘rni aniqlanadi.
Mashq faqat kunduzi, jihozlangan tirda bajariladi.
Otish jarayonida otuvchining aybi bo‘lmagan to‘xtalishlardagi va texnik sabablarga ko‘ra otilmagan o‘q-dorilar hakamning ruxsati bilan boshqasiga almashtiriladi. Otish natijalarini ko‘rish uchun musobaqa hakami va o‘q otishni bajargan ishtirokchilarga ruxsat beriladi.
2-bosqich “Harbiylashtirilgan estafeta”.

Harbiylashtirilgan estafeta bahslarida ishtirokchilar AK-74 rusumli qurolni to‘liqsiz yoyish va yig‘ish, gazga qarshi niqobni kiyish va 12,00-20 o‘lchamdagi


ZIL-131 rusumli avtomobil g‘ildiragini aylantirib yugurish.
Har bir shart oralig‘ida 100 metrga yugurish sharti bajariladi.
Ushbu shartda 4 nafar ishtirokchi qatnashadi.
Musobaqa shartlari dala kiyimida, yuqori qo‘njli botinkada bajariladi.
Musobaqa futbol maydoni yugurish yo‘lagi yoki boshqa bir tekis hududda o‘tkaziladi.
Shart quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
start berilgach hakam tomonidan sekundomer bosiladi, har bir jamoa ishtirokchilarining dastlabki vakillari AK-74 rusumli qurolni noto‘liq qismlarga yoyishadi (o‘qdon yechilib qurol saqlagichdan olinadi, zatvor orqaga tortilib o‘qsizlantirish uchun otish tepkisi bosiladi; stvol qutisi qopqog‘i yechiladi; qaytaruvchi mexanizm yechiladi; zatvor ramasi yechiladi; zatvor zatvor ramasidan ajratiladi; gaz trubkasi yechiladi; shompol olinadi; penal qundoqdan chiqariladi) va 100 metr masofaga yuguradi hamda estafeta tayoqchasini keyingi nuqtadagi jamoasining navbatdagi a’zosiga topshiradi. Navbatdagi ishtirokchi bahslarga estafeta tayoqchasini olgandan so‘ng qo‘shiladi va gazga qarshi niqobni kiyishga kirishadi. Hakam gazga qarshi niqobni to‘g‘ri va to‘liq kiyilganini tasdiqlagach, ishtirokchi 100 metrga gaz niqobini kiygan holda yuguradi, masofa bosib o‘tilgach estafeta tayoqchasini keyingi ishtirokchiga topshiradi. Estafeta tayoqchasini olgan navbatdagi ishtirokchi 12,00-20 o‘lchamdagi
ZIL-131 rusumli avtomobil g‘ildiragini 100 metrga aylantirib yuguradi va belgilangan chiziqqa yetib kelgach estafeta tayoqchasini keyingi ishtirokchiga beradi. Mazkur ishtirokchi noto‘liq yoyilgan AK-74 rusumli qurolni to‘liq yig‘adi (gaz trubkasi o‘rnatiladi; zatvor zatvor ramasiga joylanadi; zatvor ramasi qurol qutisiga o‘rnatiladi; qaytaruvchi mexanizm o‘rnatiladi; stvol qutisi qopqog‘i qo‘yiladi; shompol joylashtiriladi; penal qundoqga joylanadi; otish tepkisi bosilib, qurol saqlagichga qo‘yiladi; o‘qdon qurolga o‘rnatiladi) va 100 metr masofaga yuguradi va marra chizig‘ini kesib o‘tadi. Ishtirokchilar musobaqa shartlarini to‘liq bajaribmarraga yetib kelgach hakam tomonidan sekundomer to‘xtatiladi. Jamoa natijasi barcha ishtirokchilarning ko‘rsatgan vaqti bilan hisoblanadi.
Musobaqani o‘tkazish tartibiga ko‘ra futbol maydoni yugurish yo‘lagi
(yoki boshqa tekis hudud)ning har 100 metrida estafeta shartini bajarish bo‘yicha quyidagi nuqtalar jihozlanadi: birinchi nuqtada - AK-74 rusumli qurolni noto‘liq qismlarga yoyish joyi; ikkinchi nuqtada - gazga qarshi niqobni kiyish joyi; uchinchi nuqtada – avtomobil g‘ildiragini aylantirish joyi; to‘rtinchi nuqtada - AK-74 rusumli qurolni to‘liq yig‘ish joyi.
AK-74 rusumli qurolni noto‘liq qismlarga yoyish yoki yig‘ishni bajarish vaqtida ketma-ketlik tartibi о‘zgartirilishiga ruxsat beriladi.
Natijasi bo‘yicha musobaqa shartlarini to‘liq bajargan holda eng kam vaqt sarflagan jamoa estafeta g‘olibi hisoblanadi.



Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling