Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom


Download 95.5 Kb.
bet9/9
Sana22.04.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1377250
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Янги Ватанпарварлар Ватан таянчи б н 10 03 2023

9-bob. Yakuniy qoidalar

37. Mazkur nizomga musobaqaning tegishli bosqichiga tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.


38. Davlat va nodavlat tashkilotlar musobaqada homiylik qilishlari mumkin.
39. Mazkur musobaqaning birinchi va ikkinchi bosqichlari bilan bog‘liq barcha hujjatlar (materiallar) harbiy okruglarda (mudofaa ishlar boshqarmalarida), yakuniy (respublika) bosqichi bo‘yicha hujjatlar (materiallar) Mudofaa vazirligi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasida saqlanadi.
40. Musobaqa yakunida kotib tomonidan bayonnoma rasmiylashtiriladi
va bayonnomani hay’at a’zolari imzolaydi, hay’at raisi tasdiqlaydi. Har bir sport turining natijalar qaydnomasi hakamlar tomonidan imzolanadi.
41. Musobaqa hay’ati a’zolariga (hakamlariga) jamoalarning kattalari
va ishtirokchilar tomonidan yozma yoki og‘zaki ravishda apellyatsiya berilishi mumkin. Ushbu apellyatsiya asoslangan va musobaqaning mazkur Nizom shartlari doirasida bo‘lishi hamda musobaqa sharti yakunlanganidan so‘ng, bir soatgacha berilishi lozim.
42. Musobaqada ishtirok etuvchi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari (har bir jamoadan 7 nafar o‘g‘il bolalar va 3 nafar qiz bolalar), har bir maktab jamoasiga 1 nafar katta (jamoa kattasi) va 2 nafargacha murabbiylardan tashqari, ya‘ni agar jamoa tarkibida belgilangan tarkib sonidan ortiqcha ishtirokchilar kelganligi aniqlansa musobaqada ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
43. Hay’at a’zolari (hakamlar) olingan apellyatsiyani qisqa vaqt ichida ko‘rib chiqib, zudlik bilan yoki 1 soatgacha vaqt mobaynida apellyatsiya beruvchiga javob berishi lozim. Hay’at raisi apellyatsiya bo‘yicha yakuniy qaror chiqaruvchi organ hisoblanadi.



Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling