6-bosqich “Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari a‘lochisi”.
Yo‘l harakati qoidalaridan bilimlarni sinash maqsadida, har bir jamoadan 3 (uch) nafar ishtirokchilar (o‘quvchilar) ishtirok etadi.
Test savollari jami 20 ta savoldan iborat bo‘ladi.
Har bir o‘quvchiga 20 ta savol uchun 20 daqiqa (ya’ni har bir savol uchun bir daqiqa) beriladi.
Savollar oldindan ishlab chiqilgan va kompyuterlarga joylashtirilgan bo‘ladi. Ya’ni test savollari “My test” dasturiga kiritilgan bo‘lishi lozim.
To‘g‘ri javob uchun “1” ball, noto‘g‘ri javob uchun “0” ball qo‘yiladi. Bunda yuqori ball olgan jamoa g‘olib bo‘ladi.
Test savollarining natijalarini kompyuter jamlanmasi avtomatlashtirilgan tizimda hisoblab chiqaradi.
30. Musobaqa o‘tkazilayotganda hakamlar musobaqaning asosiy bosqichlarini sarhisob qiladi. Ishtirokchilar musobaqaning keyingi bosqichlariga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rishlari lozim.
7-bob. Musobaqada jamolarning joylashuvi va ovqatlanishi
31. Jamoalarning joylashuvi harbiy qism va muassasa bazasida joylashtiriladi. Mazkur ishlar “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan, harbiy okrug qo‘mondonlari va harbiy-ma’muriy sektor rahbarlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
32. Jamoalarning ovqatlanishi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari
va hududiy harbiy-ma’muriy sektorlarning rahbarlari bilan kelishuv asosida qoplab beriladi hamda harbiy qism, muassasa (dala o‘quv maydoni) hududida amalga oshiriladi.
33. “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari va hududiy harbiy-ma’muriy sektorlarning rahbarlari bilan kelishuv asosida ishtirokchilarning jamoat transportlarida harakatlanishi ta’minlanadi.
34. Musobaqalarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar (yotoqxona, oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport, kommunal, sovrindorlarni taqdirlash va boshqalar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |