45
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
TABIIY XARITASI
O‘zbekiston Respublikasining
tabiiy xaritasida turli
shartli belgilar keltirilgan (46–47-betlardagi 26-rasm).
Xaritadagi balandlik shkalasi yordamida o‘lkamiz hu-
dudining yer yuzasi tuzilishini aniqlash mumkin.
Tabiiy xaritada mamlaka
timiz hududining g‘arbiy
qismi, asosan, yashil rangda tasvirlangan. Bu joylar-
ning balandligi dengiz sathidan 200 m gachadir.
Mamlakatimiz hududining g‘arb qismini egal-
lagan pasttekisliklar Turon pasttekisligi deb
ataladi.
Turon pasttekisligining
sharq tomoni sariq rangda
tasvirlangan. Bu joylar balandligi 200 m dan 500 m
gacha bo‘lgan qirlardir. Bunday qirlar Turon pasttekis-
ligining o‘rtalarida ham bor. Pasttekislik va qirlarning
katta qismi qumli cho‘l
lardan iborat. Pasttekislikning
g‘arbiy qismida sho‘rxoklar ham bor.
Xaritada tasvirlangan
sariq joylarni sharq tomon-
dan pushti rangda ifodalangan joylar o‘rab turadi.
Balandlik shkalasidan bilish mumkinki, pushti rangda
tasvirlangan bu joylar dengiz sathidan 500
m dan
1
000 m gacha balandlikda bo‘lgan yassi tog‘larni
tashkil etadi.
Qir va yassi tog‘lar ham pasttekislik kabi tekislik-
ka kiradi. Qir va yassi tog‘larda ham katta joylarni
egallagan tekis yerlar mavjud.
Mamlakatimizdagi
shahar va qishloqlar, ekin may-
48
donlari, asosan, qir va yassi tog‘larda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida mam-
lakatimiz
hududining sharqiy qismi, asosan, jigarrang-
da tasvirlangan. Bu rangda tasvirlangan joylar turli
balandlikdagi tog‘larni tashkil etadi.
O‘lkamiz
tabiiy xaritasida katta daryo, kanal, ko‘l va
suv omborlari ko‘k rangda tasvirlangan. Xaritadagi shart-
li belgilar yordamida o‘lkamiz hududidagi qo‘riqxonalar
nomlarini, ularning joylashgan o‘rnini ham bilib olish
mumkin. Xaritadan o‘lkamiz
hududidagi asosiy foydali
qazilma konlari qayerda joylashganligini ham aniq-
lash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: