Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

Tayanch so‘zlar: foydali qazilma, tog‘ jinsi, mineral,
yonuv chi foydali qazilma, rudali foydali qazilma, noru-
da foydali qazilma.
1. Tog‘ jinslariga nimalar kiradi? Minerallarga-chi? 
2. Foydali qazilma deb nimaga aytiladi? 
3. Yonuvchi foydali qazilmalarga nimalar kiradi? Ru-
dali va noruda foydali qazilmalarga-chi?
4. O‘lkamiz hududida qanday foydali qazilma konlari 
mavjud? Ularning asosiylarini xaritadan ko‘rsating. 
5. Foydali qazilmalarni muhofaza qilish uchun nima-
lar qilish kerak?
Daftaringizga tog‘ jinslari, minerallar, foydali qazilma-
larning turlarini yozing.


42
XARITALAR
Yer yuzini va uning ayrim qismlarini xaritadan foy-
dalanib o‘rganish qulaydir. Globusda Yer yuzi shar 
sirtida tasvirlansa, xaritada joylar yassi shaklda tas-
virlanadi.
Xarita – Yer yuzi yoki ayrim qismlari ning kich-
ray tirilgan yassi tasviridir.
Globus sirtini ikkiga bo‘lib, doira shaklidagi ikkita 
yarimshar xaritasi tuziladi. 
Yer shari sirtining ikkiga bo‘lingan doira shak-
lidagi tasviri yarimsharlar xaritasi deyiladi.
Ulardan biri – g‘arbiy yarimshar xaritasi, ikkinchi-
si – sharqiy yarimshar xaritasi deyiladi. Bu haqda 
yuqori sinfl arda bilib olasiz.
Xaritalarda okean, dengiz, ko‘l kabi suv havzalari 
ko‘k rangda tasvirlanadi. Daryolar ko‘k rangdagi egri 
chiziqlar bilan aks ettiriladi.
Quruqliklar, ya’ni materiklar va orollar balandligiga 
qarab yashil, sariq, jigarrangda tasvirlanadi.
Xaritalarda Yer yuzi yoki uning qismi necha marta 
kichraytirilgani maxsus shartli belgi orqali ko‘rsatiladi. 
Bunday shartli belgi masshtab deb ataladi. Masshtab 
turli xilda beriladi. Masalan, 46–47-betlarda berilgan 
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida mas-
shtab «1 sm – 52 km» shaklida berilgan. Bu de-
makki, xaritaning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi 1 sm 
uzunlik Yer yuzining o‘sha ikki joyi orasidagi masofa 
52 km ga teng.


43
Tabiiy xarita
Yer yuzidagi barcha dengizlar okeanlarga tutash-
gan. Shuning uchun Yer yuzidagi barcha dengiz va 
okeanlarning sathi bir xil bo‘ladi. Yer yuzidagi quruq-
liklarning balandligi ana shu dengiz sathiga nisbatan 
hisoblanadi. Yer yuzidagi quruqliklar sirti notekisdir, 
ba’zi joylar pastroq bo‘lsa, boshqa joylar balandroq 
bo‘ladi. Ayrim joylar esa juda balanddir. Yer yuzining 
baland-pastligi tabiiy xaritada ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling