Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Chorvachilik fermalarida ishlarni
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziqa tayyorlash va tarqatish.
Chorvachilik fermalarida ishlarni
mexanizatsiyalashtirish Chorvachilikni jadallashtirishning yo‘llaridan biri chorva- chilik korxonalarida qoramollar parvarishi uchun korxona butunlay mexa nizatsiyalashgan – avtomatlashgan bo‘lishi kerak. Bunday kor xonalarda bir vaqtning o‘zida yuz minglab qoramollarni parva rishlash mumkin. Chorvachilik unumdorligini oshirish qoramol nasliga, oziqlani shiga va ularni saqlash sharoitlariga bog‘liq. Fermer xo‘jaliklarida sut fermalarida jonivorlarni saqlash va texnologiya jarayonini mexanizatsiyalash muhim. Oziqa tayyorlash va tarqatish. Jonivorlar uchun oziqa moddalari va mahsulotlarini kimyoviy tarkibi bilan birga hazm bo‘lishi ham muhim. Fermalarda mahsulotlarni aralashtirib oziqa tayyorlash uchun maxsus aralashtirgichlar mavjud. Masalan, sog‘in sigir uchun 4 kg dan 6 kg gacha somon, 25 kg silos, 15 kg il- dizmeva, 6 kg konsentrat va mineral vitaminlar aralashtirilgan ozuqa tayyorlanadi. 222 Sigirlarni qo‘l bilan yoki mashina bilan sog‘ib olish usul- lari qo‘llaniladi. Sigirni sog‘ishga tayyorlash ishlari uchun bir daqiqa vaqt ajratiladi. Sigirni mashina bilan sog‘ish vaqti 4–7 daqiqani tashkil etishi lozim. Chorvachilik rivojlangan mamlakatlarda qoramolchilik bi- lan bir qatorda qo‘ychilik, echkichilik va yilqichilikda ham sog‘ish qurilmalaridan foydalaniladi. Hayvonlarning anatomik va fiziologik hamda sut tarkibining farqi faqat sog‘ish qurilmalari, sog‘ish apparatlarining kon- struktiv parametrlariga ta’sir ko‘rsatadi. Qoramollarni sog‘ish qurilmalari tuzilishini o‘rganish orqali boshqa hayvonlar uchun mo‘ljallangan sog‘ish qurilmalari to‘g‘risida ham tushunchaga ega bo‘lish mumkin. Individual sog‘ish agregatlaridan kichik va oilaviy fermer xo‘jaliklarida sigirlar soni kamida 25 boshga yetganda foyda- laniladi. Chorvachilik fermalarida sigirlar qo‘lda va sog‘ish qurilma- lari yordamida sog‘ib olinadi. Suvga ehtiyojni aniqlashda chorvachilik fermasidagi hay- vonlar soni, tarkibi, yoshi, boqish usuli e’tiborga olinadi. Chorvachilik fermasidagi suv iste’moli yil fasliga, oyiga, haf- ta kuniga qarab o‘zgaradi. Shu sababli ham iste’mol uchun tavsiya etiladigan ko‘rsatkichlar ma’lumotnomalarida suv sarfi bir kecha-kunduzlik o‘rtacha qiymati sifatida beriladi. Daryo- lar suv sathining mavsumiy ravishda o‘zgarib turishi, loyqa- lanishi, tarkibida ko‘plab organik moddalar, bakteriyalarning uchrashi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga daryolar suvi tar- kibida mineral tuzlar miqdori kam bo‘ladi. 223 Berktarmoq iste’molchilarga suvni faqat bir tomondan yet- kazib beradi. Bu tizimdan iste’molchilar har tomonda joylash- ganda foyda laniladi. Aylanma suv ta’minoti iste’molchilar joylashgan har bir nuqtani ikki tomonlama suv bilan ta’minlash imkoniyatiga ega. Chorva va parranda go‘ngi o‘simliklar uchun foydali or- ganik o‘g‘it hisob lanadi. Uning tarkibida o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan barcha moddalar mavjud. Biroq chorvachilik fermalari chiqitlari, go‘ng, oqova suvlar va boshqalar tash- qariga chiqarilganda atrof-muhitni ifloslantiradi. Shu sababli go‘ngni tozalash, yig‘ish, ishlov berish, zararlantirish uchun alohida muhandislik tizimlari mavjud va ular ham chorvachi- lik fermalari ishlab chiqarish tarkibiga kiradi. Go‘ng tarkibida qattiq, suyuq va gazsimon moddalar mavjud. Shu bilan birga go‘ng tarkibiga to‘shamalar (somon, yog‘och qirindisi) tushib qoladi. Go‘ng kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlar uchun yaxshi muhit sanaladi. Shu sababli go‘ngdan foydalanishdan avval uni zararsizlantirish kerak. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling